41. Qur’oni Karimning tuzilishi va uning jamlanishi haqida nimalarni bilasiz . Qur’on» - arabcha «qara’a» (o’qimoq) fe’lidan olingan. Qur’on suralardan iborat. Sura Qur’ondan
bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura
mavjud. Oyatlar soni esa, Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto
6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli ekanligini emas, balki undagi
oyatlarning turlicha taqsimlanganligini bildiradi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni xronologik tartibiga qarab
emas, balki hajmiga ko’ra - avval katta suralar, undan so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v.
ko’rsatmalariga binoan joylangan. Suralarning hajmi ham har xil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada
286 oyat bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Islomshunoslik va Qur’onshunoslik xulosalari asosida suralarning xronologik tartibini quyidagicha
shaklda tasavvur qilish mumkin:
1. Makka davri (610-615 yillar). Yevropa olimlari bu davrda nozil bo’lgan suralarga «Nazmiy
suralar» deb nom berganlar.
2. Makka davri (616-619 yillar), Muhammad s.a.v. va ularning izdoshlari doimiy ta’qib ostida
yashagan va ko’pchilik Habashistonga ko’chib ketgan muhitda nozil bo’lgan. Bu suralarda Ollohning
«Rahmon» sifatida ko’p tilga olinganligi sababli Yevropa olimlari ularni «Rahmon suralari» deb
ataganlar.
3. Makka davri (610 yil boshlaridan 622 yil sentyabrigacha). Bu davrda ham Muhammad s.a.v. va
sahobalar ta’qib ostida yashaganlar, maxfiy ravishda, ko’pincha shahardan tashqarida ibodatga
to’planganlar. Bu davr suralarida islomning aqoidiga keng o’rin berilgan.
Tarixiy voqealar aniqroq ko’zda tutilgan holda Madina davriga oid 24 ta surani besh davrga ajratish
ma’qulroqdir:
1-Madina davri (622 yil oktyabrdan 624 yil gacha). Muhammad s.a.v. Madinaga ko’chib
kelganlaridan makkaliklar bilan birinchi yirik to’qnashuv - Badr jangigacha nozil bo’lgan 4 sura bu
davrga kiradi.
2-Madina davri (624 yil martidan 625 yil martigacha). Badr jangidan keyin Uhud jangigacha o’tgan
bir yil ichida nozil bo’lgan 3 surani o’z ichiga oladi.
3-Madina davri (625 yil martida - 627 yil martigacha). Uhud jangidagi talofotdan keyin Xandaq
jangigacha o’tgan ikki yil ichida 5 ta sura nozil bo’lgan.
4-Madina davri (627 yil aprelidan 630 yil yanvarigacha). Xandaq jangidan so’ng Makkaning
olinishigacha o’tgan salkam uch yil ichida nozil bo’lgan 8 sura shu davrga kiradi.
5-Madina davri (630 yil fevralidan 632 yil mayigacha). Makka fath qilinganidan keyin Muhammad
s.a.v. vafotlarigacha o’tgan ikki yildan ortiqroq davr ichida nozil bo’lgan 4ta sura shu davrga kiradi.
Qur’on 5553 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar o’lchami 68x53 sm., matn hajmi 50x44
sm.dir. Sahifalar kiyik terisidan ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv
bitilgan. Ko’p varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz sahifalar bilan to’latilgan.
Tataristonlik islom olimi Shihobuddin al-Marjoniyning (1818-1889) aytishicha, Qur’onni qayta
tiklash Samarqandda joylashgan «Mug’ak masjidi» imomi Abdurrahim ibn Usmon (vaf. 1838 y.)
tarafidan bajarilgan.
Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni mutoala qilib o’tirganlarida
o’ldirilgan. U kishining qoni Qur’onga to’kilgan. Shu tufayli ham Usmon Qur’oni asl nusxaligi va xalifa
qoni to’kilganligi bilan musulmon dunyosida muqaddas kitob hisoblanib, alohida e’tiborga sazovordir.
Bizdagi, ya’ni Toshkent shahridagi Usmon Qur’onida ham qon izlari bo’lib, shu nusxa xalifa Usmonga
tegishli degan fikrlar mavjud.
Qurʼoni Karimning taʼrifi
Qurʼoni karim Alloh taolo o‘zining bandasi va rasuli sayyiduno Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilgan hamda musʼhaflarga bitilgan, qalblarda hifz, tillarda qiroat qilingan holda hech bir o‘zgarishsiz, uzluksiz uzatish orqali yetib kelgan ilohiy kitobdir. U Muhammad sollallohu alayhi vasallamga berilgan va qiyomatgacha abadiy bo‘lgan mo‘jizadur.
Qurʼon noz
43 Qur’onning Usmon Mushafi haqida nimalarni bilasiz?
Hazrati Usmon ibn Affon (roziyalyaohu anhu) davrida ko‘chirilgan Qur’oni karim nusxasi (Mus’hafi Usmon)ning yurtimizga kelib qolishi haqida turli taxmin-farazlar va dalillar mavjud. Atoqli olim shayx Ismoil Maxdum Sotti Oxund Namangoniy “Toshkentdagi Usmon Mus’hafining tarixi” asarida Mus’hafning Movarounnahrga keltirilishususida bir necha mulohazalarini bildirganl
XIII asrda Volga bo‘ylarida tashkil topgan va rivojlangan qudratli Oltin O‘rda davlatining mo‘g‘ul hukmdorlari birin-ketin Islom dinini qabul qilganlar. Ular vaqt o‘tishi bilan turklashib, dinimizni rivojlantirib bordilar. Ulardan birinchi bo‘lib Berkaxon (1257 — 1266) musulmon bo‘lgan edi. Hatto u Buxoroda bo‘lib, taniqli din peshvolari bilan suhbatlashgan. Berkaxon hukmdorlik qilgan vaqtdan boshlab, dinimiz ravnaqi ayrim xorijiy mamlakatlar diqqatini jalb etdi. Xususan, Oltin O‘rda davlati tashkil topgan mintaqadan Misrga borib, hokimiyatni qo‘lga olgan qipchoqlar (mamluklar) o‘z ona yurtlarida dinimizning yuksalishini zo‘r qiziqish va mamnuniyat bilan qarshi oldilar. Natijada Berkaxon bilan Misr podshohi Baybars o‘rtasida elchilik va do‘stlik aloqalari shakllandi. Mamluklar asl vatanlarini qo‘msab, uning ravnaqi uchun imkoni boricha yordam berish maqsadida Oltin O‘rda bilan yaqin aloqalar o‘rnatishgan. Baybarsning elchi orqali Berkaxonga yuborgan sovg‘alari ham shundan dalolat beradi. Bular quyidagilar edi: «Xalifa Usmon (roziyallohu anhu) ko‘rsatmasiga ko‘ra jamlangan muqaddas Qur’on, rang-barang yostiqlar, masjid gilamlari, Venetsiya matolari va Livan liboslari, teridan ishlangan ilgichli va xom teridan ishlangan gilamlar, naqshli kaljur qilichlari, oltin suvi berilgan gurzilar, frank dubulg‘alari, katta shamdonlar, Xorazm egarlari, joynamozlar, yuganchalar — bularning hammasiga oltin va kumushdan naqsh chekilgan, halqali yoylar, tosh yoylar, neft solib otiladigan yoylar, qamish va yog‘och nayzalar; sandiqlarga solingan yoy o‘qlari, qozonlar, oltin va kumush zanjirli chiroqlar, qoratanli malaylar va oqsoch oshpazlar, uchqur arab otlari va Nubiya tuyalari, tezyurar uy hayvonlari, maymunlar, to‘tiqushlar va boshqa turli buyumlar bor edi. Shuningdek, uzunbo‘yin (jirafa), Misr eshaklari, Xitoy ko‘zalari, Iskandariya kiyimlari ham sovg‘aga qo‘shib yuborilgan».
Ko‘rinib turibdiki, Misr podshohi, qanday bo‘lmasin, Berkaxonni o‘ziga jalb etish uchun nihoyatda qimmatli, nodir narsalarni yuborgan. Hatto Qur’oni karimning asl nusxasini ham ayamagan. Mana, o‘sha vaqtdan buyon ko‘p asrlar o‘tdi, lekin uning qayerdaligi haqida hech gap yo‘q. Tarixchi olim Hamid Ziyoyevning fikricha, Amir Temur To‘xtamishni mag‘lubiyatga uchratib, poytaxtni egallaganidan keyin, o‘sha Qur’onni qo‘lga kiritib, Samarqandga olib kelgan. Bunga dalolat shundan iboratki
Do'stlaringiz bilan baham: |