8. Onam, opam va singlim bilan mehmonga bordim. Qaysi gap bo‘lagi uyushgan?
A) ega B) to‘ldiruvchi C) ot D) aniqlovchi
9. Uyushiq bo‘lakli sodda gap berilgan qatorni aniqlang.
A) Soy guvillab oqar va uning muzdek shamoli qirg‘oqda tartibsiz o‘sgan o‘tlarni silkitar edi. B) Gap tashuvchilarni, tirnoqdan kir izlovchilarni, chaqimchilarni men yomon ko‘raman.C) Bahor keldi, gul ochildi, chaman bo‘ldi yurtimiz. D) Ilmli ming yashar, ilmsiz bir yashar.
10. Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchilar ishtirok etgan gapni toping.
A) G‘o‘za shoxlari oqish, pushti rang gullar bilan bezangan. B) Yosh terak va tollarning yashil bargi shamolda tebranmoqda.C) Bayram oldida maktabning ichki va tashqi tomonlarini bezatdik. D) Ko‘l bilan qishloq o‘rtasida bepoyon yashil maydon cho‘zilib ketgan.
11. Uyushmagan sifatlovchi-aniqlovchi qaysi gap tarkibida qo‘llangan?
A) Quyosh bulutlarning yumshoq, momiq ko‘rpasida erkalanib yumalar edi. B) Shu pallada darvozadan katta qora sigir yugurib chiqdi. C) Nafis gullarning, xushbo‘y giyohlarning hidlari anqiydi. D) Biz oq, qizg‘ish va kul rang toshlarni terdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |