4. Uyushgan egalar shaxsni anglatsa, kesim qanday shaklda bo‘ladi?
A) Kesim ko‘plik shaklda qo‘llanadi. B) Kesim birlikda qo‘llanadi. C) Kesim fe’l bilan ifodalansa, ko‘plikda, sifat, ravish, son bilan ifodalansa, birlikda qo‘llanadi. D) Kesim birlikda ham, ko‘plikda ham qo‘llanishi mumkin.
5. Bosh bo‘laklar uyushib kelgan gapni toping.
A) Saida kitob bilan, she’r bilan dardlashardi. B) Quyosh, havo – tanga davo. C) Havo salqin, toza. D) O‘rmonlar, bog‘lar uni quvontirdi, to‘lqinlantirdi.
6. Vaziyat (ravish) holi uyushib kelgan gapni toping.
A) Zamiraning baland, ammo mayin ovozi bor edi. B) Qo‘qon, Farg‘ona va Andijonda yaxshi bir odat bor. C) U mayda-chuyda ishlarni ham aniq va puxta bajarardi. D) U tanib, bilib, keyin so‘rasha boshladi.
7. Gapda qaysi bo‘laklar uyushib kelgan? Yangi mafkuraning asosi, negizi bormi, yo‘qmi?(I.A.Karimov)
A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) ega va kesim.
Do'stlaringiz bilan baham: |