26.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni estetik va musiqiy jihatdan tarbiyalash - 26.Mavzu: Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni estetik va musiqiy jihatdan tarbiyalash
- Reja:
- Aqli zaif bolalarda estetik tarbiyaning ahamiyati
- Aqli zaif bolalarning musiqiy tarbiyasi
Estetik tarbiya. Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo‘lib unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kabi jarayonlar kiradi. Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning hayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Estetik ehtiyoj bolalarni go‘zallik to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rgatishga undaydi. - Estetik tarbiya. Estetik tarbiya juda keng tushuncha bo‘lib unga tabiat, mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni tarbiyalash kabi jarayonlar kiradi. Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa axloqiy tarbiya bilan uzviy bog‘liqdir. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning hayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Estetik ehtiyoj bolalarni go‘zallik to‘g‘risidagi fanning rivojlanishi qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rgatishga undaydi.
«Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjuddir. Bolalardagi estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli – «ko‘rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrokda narsalarning ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo‘lmay, balki ularning ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi – idrok qilanayotgan narsaning obrazi. Uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi. - «Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya» tushunchasi ham mavjuddir. Bolalardagi estetik tasavvurning o‘ziga xosligi shundaki, idrokning boshqa turlariga qaraganda narsalarni his qilish shakli – «ko‘rinadigan» va «eshitiladigan» narsalar butunlay boshqa mazmun kasb etadi. Oddiy idrokda narsalarning ko‘rinishi, ohangdorligi unchalik muhim bo‘lmay, balki ularning ahamiyati muhimdir. Estetik idrok qilishda esa eng muhimi – idrok qilanayotgan narsaning obrazi. Uning ifodali tomonlarini, nozik ranglarini ko‘ra bilish talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |