Avvalgidek, mashg‘ulotlar davomida katta kishilar nutqi asosiy rol o‘ynaydi.Bolalarmaxsus terminlar bilan tanishtiriladi. Aqli zaif bolalarda har xil predmetlar rasmini chizish turli xil qiyinchiliklarga olib keladi. Shuning uchun applikasiya yopishtirishga qaraganda rasm chizish chegaralangandir.

.Musiqiy tarbiya.Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga estetik tarbiya berishda musiqa mashg‘ulotlari ham katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarni guruh tarbiyachisi bilan birga musiqa xodimi olib boradi. Musiqiy tarbiya ishlarida korreksion-tarbiyaviy ishlar amalga oshadi. Musiqiy-korreksion tarbiya ishlariga quyidagilar kiradi: bolaning eshitish idrokini o‘stirish, musiqa ritmlarini his qilishni o‘stirish, ashula aytishni hamda musiqali harakatlarni tarbiyalab borish.
.Musiqiy tarbiya. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga estetik tarbiya berishda musiqa mashg‘ulotlari ham katta ahamiyatga ega. Bu mashg‘ulotlarni guruh tarbiyachisi bilan birga musiqa xodimi olib boradi. Musiqiy tarbiya ishlarida korreksion-tarbiyaviy ishlar amalga oshadi. Musiqiy-korreksion tarbiya ishlariga quyidagilar kiradi: bolaning eshitish idrokini o‘stirish, musiqa ritmlarini his qilishni o‘stirish, ashula aytishni hamda musiqali harakatlarni tarbiyalab borish.
Bu ishlar individual va frontal mashqlar asosida o‘tkaziladi. Musiqa xodimi katta guruh bolalari bilan haftada ikki marta frontal mashg‘ulot o‘tkazadi.
Bu ishlar individual va frontal mashqlar asosida o‘tkaziladi. Musiqa xodimi katta guruh bolalari bilan haftada ikki marta frontal mashg‘ulot o‘tkazadi.
Bog‘chada musiqadan individual mashg‘ulotlar esa bir oyda 2-4 marta o‘tkaziladi. Bolalarni estetik tarbiyalashning ijodiy hisoboti sifatida «Bayram ertaliklari» o‘tkaziladi. Ommaviy bog‘chalar kabi maxsus bog‘chalarda ham umuman xalq bayramlarini o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. Bayramlarni nishonlash uchun o‘tkaziladigan «Bayram ertaklari» aqli zaif bolalarda Vatanga mehr-muhabbat va xalqona urf-odatlarga hurmat malakalarini rivojlantirish, shakllantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga aqli zaif bolalar jamoaga o‘rganadi. Ular xursandshilik kayfiyatlarini, mamnunlik tuyg‘ularini his