16
15
14
2
3
4
5
1
GK-485-L qayta tarash mashinasining texnologik sxemasi
1-uzatuvChi silindrlar; 2-piltabirlashtiruvChi stolCha; 3-yo’naltiruvChi valik; 4-Charm mufta; 5,13-o’z og’irlikli valiklar; 6-ta’minlash qutisi; 7,10-tiskilar; 8-shiber; 9-ustki taroq; 11-ustki qiliCh; 12-riflangan silindr; 14-ziChlovChi voronka; 15-yoyuvChi valiklar; 16-ChiqaruvChi valiklar; 17-Charm tarmoq; 18-tarash maydoni; 19-qisqiCh; 20-Chetka; 21-qayta tarash barabanChasi; 22-Chetkali valik; 23-ChiqaruvChi valik; 24-uruvChi taroqCha.
Ta’minlash orqa uChlarni tarash davrida ta’minlash qutisi Chiqarish tomonga G’ kattalikka siljiganda amalga oshiriladi.
Zig’ir qayta tarash mashinalari bitta ChiqaruvChiga ega. GK-485-L mashinasida 1 daqiqada 115-125 ta sikl bajariladi, ta’minlash uzunligi 18, 20 mm, Chiqayotgan piltaning Chiziqiy zichlik 16-18 kteks bo’ladi. GK-485-L1 mashinasida 1 daqiqada 60-80 sikl bajariladi, ta’minlash uzunligi 15, 20, 25, 30 mm, Chiqayotgan piltaning Chiziqiy zichlik 7,5 dan 36 teksgaCha bo’ladi.
Piltalash mashinasida piltalarni tekislash
Piltalash mashinalari piltalarni ingiChkalashtirish, tekislash va aralashtirish uchun mo’ljallangan. Bundan tashqari piltalash mashinasi tarash maydoniga ega bo’lgan Cho’zish asbobida uzunligi bo’yicha texnik tolalarni maydalash va titish, hamda tolalarni o’zakdan, Changdan, momiqdan tozalash amalga oshiriladi.
Piltalash mashinalari tarash maydonlari konstruksiyasiga ko’ra ikki turga bo’linadi: taroqli plankalar aylanayotgan chervyak bo’ylab yuradigan chervyakli mashinalar; taroqli plankalar zvezdochkadan harakat olib bir-birini yurg’izadigan itaruvchi taroqli mashinalar.
Chervyakli mashinalar kichik chiqarish tezligiga (25-50 m/min) ega, itaruvChi taroqli piltalash mashinalarining chiqarish tezligi esa ancha yuqori (80-120 m/min), shuning uchun bu mashinalarni yuqori tezlikli deb atashadi.
Piltalash mashinalarining ishlatilishiga qarab quydagi o’lCham turlarida bo’ladi:
1) LCH-2-L, LCH-Z-L, LCH-4-L, LCH-5-L va LP-500-L taralgan zig’irdan olingan piltani ishlatish uchun mo’ljallangan, LCH-5-L piltalash mashinasi quruq piliksiz yigirishda ishlatiladi;
2) L-1-P, L-2-P, L-Z-P, LCH-2-LO, LCH-3-LO1 kalta tolalar va tarandidan tayyorlangan piltatalrni ishlatish uchun mo’ljallangan, LCH-3-LO1 piltalash mashinasi quruq piliksiz karda yigirish sistemasida ishlatiladi.
Taralgan zig’ir va tarandidian tayyorlangan piltalarni ishlatuvchi piltalash mashinalarining asosiy farqlari tarash maydoni o’lchamlaridadir. Bu maydon taralgan zig’ir piltasini ishlatuvchi piltalash mashinasida ancha uzun, chunki taralgan zig’irning tolalri ham uzun.
Yuqori tezlikli piltalash mashinasiing texnologik sxemasi
1-piltali taz; 2-yo’naltiruvchi silindrlar; 3-ta’minlovchi voronka; 4,6-silindrlar, 5-o’z og’irlikli valik; 7,8,9,10,-oraliq juftliklar; 11-cho’tka; 12-tarash maydoni; 13,14-chiqaruvchi juftlik; 15-cho’zuvchi voronka; 16-piltabirlashtiruvchi taxta; 17-zichlovchi voronka; 18,19-yoyuvchi valiklar; 20-taz
Mashinaning o’ziga xosligi valiklar ko’rinishida ishlangan bir qator ignalar bilan presslangan itaruvchi taroqlardan tashkil topgan tarash maydonining borligi. Ignalarning zichlik 1 sm ga 2 dan 5 tagacha to’g’ri keladi.
Pilikning shakllanishi. Zig’ir yigirish sanoati piliklash mashinalarining o’ziga xosligi pastki tarash maydonli bir polli cho’zish asbobining o’rnatilishi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda savalgan zig’irni yigirish sistemasida RN-213-L2, RN-216-L va R-164-L piliklash mashinalari, kalta tolalarni va tarandini yigirish sistemasida – RON-216-L2, R-216-LO va RO-164-L piliklash mashinalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |