Godvin – nikohlar, uning asoschisi bo’lgan ingliz sotsial-monarxi U.Godvin (1756-1836) nomi bilan bog’liq. U bunday oilani ideal deb hisoblagan, chunki bunday oilalar, asosan, ota-onaning xohish-irodasiga ko’ra paydo bo’ladi, yoshlarning istaklari bunda inobatga olinmaydi. Bunday nikohlarda jinsiy yaqinlik ko’zda tutilmaganligi sababli, o’zaro hurmat va bir tom ostida alohida yashashga mo’ljallangan bo’ladi, er va xotin bir-birlarining oldida faqat ma’naviy jihatdan majburiyatlarga ega xolos. To’g’ri, bir qarashda bunday nikoh bizdagi sovchilik yo’li bilan quriladigan oilaga o’hshab ketadi, lekin bizda zurriyod qoldirish, birga yashash talab etiladi. SHuning uchun yigit va qiz bir-birlarini sevmagan bo’lsalar-da, nikoh o’qilayotganda ularning rizochiliklari so’raladi, javob ijobiy bo’lgach, ular chimildiqqa kiritiladi. Godvin tipidagi nikohlar ko’pincha O’zbekistonda keksalar o’rtasida rsmiylashtiriladi. Masalan, kampiridan uning qazosi tufayli juda bo’lgan otaxon o’zaro kelishuv natijasida o’zga bir beva ayolga uylanadi, ular o’rtasidagi munosabatlar o’zaro samimiyat, hurmat, qo’llab-quvvatlov, keksalikni bezashga yo’naltirilgan. Lekin bu oila o’zidan zurriyod qoldirish kabi haqiqiy oilaga xos funktsiyalarning barchasini bajarmaydi. Bunday oila Islom dini arkonlariga ham mos bo’lib, bu ikki keksa odamning bir-birlari umrlarini cho’zishga qaratilgan samimiy munosabatlari majmuidir.
Qo’shxotinlilik ham alternativ nikoh turlaridan biri bo’lib, bunda bir erkak ko’pincha hufyona o’z qonuniy nikohidagi ayoldan tashqari yana boshqasi bilan shar’iy nikohda yashaydi. Qo’shxotinlilik ko’proq Osiyo va SHarq mamlakatlari aholisiga xos deb hisoblansa-da, hozirda bunday oilalar hattoki, Rossiyada ham kuzatilmoqda. Lekin bunday oila turi qonunan man etilgan.
Oilaning iqtisodiy funktsiyasi. Oilaning iqtisodiy funktsiyasi uning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Oila iqtisodiy, budjeti, daromadini rejali sarflash, kundalik xarajatga, zarur buyumlarga pul ajratish, bir necha yildan so’ng olinadigan narsalarga mablag’ yig’ish, tejamli ro’zgor yuritish er-xotinning katta tajriba, malakaga ega bo’lishiga bog’liq. SHuningdek, oilada o’sayotgan farzand xam mana shu malaka va ko’nikmalarga ega bo’lib borishi zarurligini unutmagan xolda o’g’il-qizga iqtisodiy masalalarni xal etishni o’rgata borish lozim. Keyingi yillarda ro’zgorda yuzaga kelayotgan iqtisodiy muammolar oiladagi shaxslararo munosabatlarga salbiy ta’sir etishi bilan birgalikda farzandlar bilim saviyasining pasayishiga xam olib kelmoqda. Bunday noxush xolatlarning oldini olish maqsadida moddiy kiyinchiliklar tufayli xosil bo’ladigan muammolarni bartaraf etishda odamlarga psixologik yordam ko’rsatish lozim.
Oila o’zining shu funktsiyasi tufayli jamiyatga, davlatga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Masalan, bola tarbiyasi, bolani iqtisodiy ta’minlash borasidayok uning jamiyatga keltirgan foydasi katta miqdorini tashkil etadi. Buni davlat tomonidan, davlat muassasalarida (bolalar uylarida) bir bolani 16-18 yil tarbiyalab, ishchi kuchi sifatida etishtirish uchun (uni bokish, kiyintirish, o’qitish, moddiy ta’minlash va sh.k ) davlat tomonidan har bir bolaga sarflanadigan mablag’ va aynan shunday ishchi kuchini oilada tarbiyalash uchun beriladigan nafaqa pullari miqdorini solishtiradigan bo’lsak, o’rtadagi farq birinchilar foydasiga bir necha yuz ming so’mni tashkil qiladi.
Tasavvur qilishga osonroq bo’lishi uchun aytish mumkinki, har bir bolani voyaga etkazish uchun oila davlatga kamida bitta “Neksiya” avtomashinasi qimmati miqdorida iqtisodiy foyda keltiradi. Bu boradagi, ya’ni xar tomonlama kamol topgan ma’naviy-ahloqiy etuk, jismoniy-psixologik sog’lom shaxsni shakllantirishning ma’naviy-ahloqiy qimmatini esa xech qanday iqtisodiy mezon bilan ulchab bo’lmaydi.
Bu oilani iqtisodiy funktsiyasini atiga birgina shaxsni shakllantirishdagi foydasini ko’rsatish xolos. Oilda xo’jalik yumushlarini yuritish, ro’zgorning yulga kuyilishi, oilada moddiy ne’matlar ishlab chikarish, fermer xujaligi, shaxsiy ishlab chikarish qabilar uning jamiyat oldidagi iqtisodiy funktsiyasi va ahamiyatini tobora ortiraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |