Oilaning felitsitologik funktsiyasi . Xozirgi zamon oilasining tobora ahamiyati ortib borayotgan funktsiyalardan biri uning felitsitologik funktsiyasidir(italyancha “felitsite”-baxt degani). SHaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida kup jihatdan xal kiluvchi omil bo’lib bormokda. Baxt nima o’zi? Xozirgi zamon oilasi o’z a’zolarining baxtini ta’minlash qanday rol uynaydi? Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila kuriga undaydi. Inson o’ziga ato etilgan baxtning turtdan uch kismini oiladan, choraktaga etar-etmas kismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini tulik tushunish-ularning o’zlarini baxtli xis kilishlarini ta’minlaydi. SHuningdek, o’zidagi mavjud tibbiy-ijodiy imkoniyatlar (iktidor)ni ruyobga chikarish, jamiyat va oila doirasida sarflash xam insongao’zini baxtli xis etish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi xam ortib bormokda. Lekin ba’zan nopok yullar bilan pul topish orqali baxtli bulishga intilish yoki o’zgalar hisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy xolatlar xam uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarning (ayniksa: er-xotinning)shaxsiy baxtga o’z maylicha intilishi oilalarda noxush xolatlar (xiyonat kabi)ni xam keltirib chikarishi mumkin. SHuning uchun xar bir shaxs o’zida ko’proq vijdonlik, poklik, xalollik kabi ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berilish lozim.
Oilaning regulyativ funktsiyasi . Oilaning regulyativ funktsiyasi oila a’zolari urtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obruni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat kilish va ularni moddiy xamda ma’naviy tomonidan kullab-kuvatlash nazarda tutiladi. Utgan zamonlarda oilaning boshqarish funktsiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab xam kuyilgan. Unga kura, oilada kim xonadon boshligi bulishiga, uning obrusi va ustunligi kayd etilgan va oilaning shua’zosi (asosan ota) butun umri davomida o’z farzandlari va oila a’zolari xatti-xarakati, xulki uchun javobgar bo’lgan. Unda ota-onasiga buysunmaganlarni jazolash xollari xam nazarda tutilgan.
Xozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funktsiyasi asosan ahloqiy me’yorlar, oila a’zolarning shaxsiy obrusi va birinchi navbatda, ota-onalarning bolalarga nisbatan bo’lgan munosabatlardagi obrusi qabilar yordamida amalga oshiriladi. SHungakura, ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik kilish oila a’zolarning qizikish va imkoniyatlarini hisobga olgan xolda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda(er-xotinning aloxida-aloxida) etakchilikka intilish natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning xar tomonlama e’tibordan chetda kolishi, natijasida jinoyatchilik kuchasiga kirib ketishi qabilar kuzatiliadi. Ba’zi oilalarda ayol ustunligining mavjudligi o’g’il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kupayib borishiga olib kelishi mumkin.
SHu bilan birga oilaning boshqaruv funktsmyasioila a’zolarining xulki, masuliyati, majburiyati qabilarni xam boshqarishni, nazorat kilishni o’z ichiga oladi. Odam oila kurgandan sung, albatta, uning ijtimoiy mavkei o’zgaradi. Endi u “uylanmagan yigit”,”turmushga chikmagan qiz” emas, balki “oilali” odamdir. SHunga kura u o’zining xatti-xarakatlari, xulkini xam oilali odamga xos tarzda kaytadan kurib chikadi. Oila kurish tufayli uning ma’suliyati ortadi. Erning va xotining xulki xam endi o’ziga xos tarzda boshqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |