Texnologik moslamalar
ishlab chiqarish jarayonining texnik ta’minlash elementi sifatida
asosiy va yordamchi texnologik amallarni jihoz bilan birgalikda yoki mustaqil ravishda ish qobiliyatini
oshirish, ishchining muskul kuchini kuchaytirish hamda bajarilayotgan amalni sifatini yaxsxilash
maqsadida ishlatiladigan alohida qurilmadir. Ularni birinchisi maxsus uskunalar bo’lib, ular oddiy,
ya’ni qo’l kuchi yordamida foydalaniladigan yoki mexanizatsiyalashgan bo’ladi. O’z navbatida ular
hammabop va maxsuslashgan turlarga ajraydi. Maxsuslashgan uskunalar o’lchash, ishlov berish hamda
ajratish-yig’ish ishlari uchun ishlatiladi. Masalan, har xil yechkichlar, opravkalar, detallarni presslash
va chiqarish vintli moslamalari, elastik detalli yig’ma birikmalarni ajratish va yig’ish uchun qisqichlar,
nazorat shablonlari, ustqo’yma va boshqalar.
Tashkiliy-texnologik uskunalar
ishchi mehnat sharoitini yaxsxilash va ishlab chiqarish
madaniyatini oshirish uchun mo’ljallangan. Bu guruhga aravachalar, avtomobildan yechib olinadigan
agregat va detallar, asboblar uchun harakatlanuvchi konteynerlar, teleskopik va kalitlar uchun
aylanuvchi kronshteynlar, diagnostik apparaturalar uchun maxsus harakatlanuvchi ustuncha- tagliklar
va boshqalar. Uskunalar stanoklar uchun, texnologik jarayon uchun va tashkiliy ishlar uchun
mo’ljallangan bo’lishi mumkin.
Avtotransport korxonasida avtomobillarga TXK va ta’mirlash vaqtida mavjud moslama va
uskunalarni sharoitga moslashtirish, unga kichik o’zgartirishlar kiritish hamda yangisini yaratish kabi
masalalarga duch kelinadi. Shuning uchun nostandart uskuna va moslamalarni hisoblash, loyihalash va
yasash masalalariga alohida bobda batafsil to’xtalib o’tamiz.
2. Avtotransport vositalarini diagnostikalash, texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash
ishlarida foydalaniladigan texnologik jihozlarning bajaradigan vazifasi bo’yicha tasnifi
Bajaradigan vazifasi bo’yicha texnologik jihozlar shartli ravishda sakkiz guruhga bo’linishi
mumkin:
I-guruh.
Tozalash-yuvish jihozlari: qo’l bilan shlangda tozalash – yuvish supurish jihozlari;
agreget, uzel va qismlarni yuvish – tozalash jihozlari; yengil avtomobillarni yuvish, quritish jihozlari;
yengil avtomobillarni yuvish, quritish avtomatik qatorlari; yuk avtomobillarini yuvish, quritish
qurilmalari; avtobuslarni yuvish, quritish qurilmalari.
II-guruh.
Moylash va ta’mirlash jihozlari: moylovchi otgichlar; suyuq moy bilan ta’minlash va
yuvish jihozlari; kompleks moylash va ta’minlash jihozlari; texnik suyuqliklar bilan ta’minlash
jihozlari; havo bilan ta’minlash jihozlari; garaj kompressorlari; garaj sig’imlari va vannalar.
III-guruh.
Ko’tarish-tashish jihozlari: garaj domkratlari; avtomobillarni ko’tarish qurilmalari;
uzel va agregatlarni yechish, qo’yish, tashish jihozlari; ko’rish chuqurliklari ucun ko’targichlar; yengil
avtomobillar uchun ko’targichlar; ag’dargichlar; yuk avtomobillari va avtobuslar uchun ko’targichlar;
konveyerlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |