21-мавзу: Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси. Режа: Xorijda ijtimoiy ishchilarning nazariy modellari



Download 55,87 Kb.
bet6/6
Sana11.06.2022
Hajmi55,87 Kb.
#654685
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8ac4cd48188e4579f8abdbc350687035 Фанлар тизимида ижтимоий иш назарияси.

Xulosalar – Amaliy ijtimoiy ish jarayoniga bezovtalik va ehtiyojga javob sifatida qaraladi. ehtiyojlarni aniqlash jarayonlar ular inson taraqqiyoti, odamlar o’rtasidagi tafovutlar, ijtimoiy tizimlar, ekotizimlar va kuchli jihatlar yondashuvlari to’g’risidagi bilimlaridan foydalanadilar. Ijtimoiy xizmatlarning nimaga qaratilishi haqidagi masala ehtiyojining qondirilishiga aynan nima to’sqinlik qilayotganiga hamda nima o’zgarishiga – mijoz, vaziyat yoki har ikkalasi ham o’zgarishi kerakligiga bog’liq bo’ladi.
Zamonaviy sharoitlarda ijtimoiy ish nazariyasi doimiy munozaralar sharoitida rivojlanadi. Ayniqsa, fanlar tizimida uning roli haqidagi masala ancha keskin muhokama qilinadi. Ijtimoiy ishning ishnazariyasi fanning barcha strukturaviy belgilariga ega: tadqiqotning o’ziga xos predmeti, tadqiqot ob`ekti, faoliyatning unga xos bo’lgan tushunchalari, kategoriyalari, printsiplari va metodlari. SHu bilan birga uni amaliy fanlarga kiritadigan va oraliq fan deb tavsiflaydilar.
Ijtimoiy ishning olimlar tomonidan qarab chiqiladigan turli xillarining nazariy asoslari, qoida bo’yicha, oraliq fanlarga tayanadi. Ijtimoiy ish nazariyasining maqomi haqiqatda xanuz belgilanmagan. «Ijtimoiy ish» ilmiy o’quv fanining unda umumnazariy, tarmoqli amaliy masalalar, shuningdek o’rta darajadagi nazariyalar mavjudligi nuqtai nazaridan ichki strukturasi nazariy bilim darajalari aniqlanmagan.
Ijtimoiy ish ilmiy fani sifatida ilmiy maqomiga baho berishda Rossiyada ikki yondashuv ustunlik qiladi: birinchisining tarafdorlari ijtimoiy ishning nazariy asosini inson va jamiyat haqidagi bir necha oraliq fanlar tashkil etadi degan fikrni yoqlaydilar (ijtimoiy falsafa, antropologiya, tibbiyot, huquq, psixologiya, etika va boshqalar): ikkinchi yondashuv tarafdorlari ilmiy o’quv fani sifatida ijtimoiy ishning mustaqil ekanligini isbotlashga harakat qiladilar, uning doirasida nazariy va amaliysini ajratadilar.
Ijtimoiy ishning nazariy asoslarini qarab chiqishda shu bilan ikki oqim vujudga keladi. Ulardan biri amaliy tajribani, aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatish amaliyotining muammolarini anglashga tayansa, boshqasi ijtimoiy ishning turli xillarini asoslovchi umumiy va alohida nazariyalarni anglash jarayonida shakllanadi.
Bunday ko’p qirrali bilan har bir konkret fan butun bir ob`ektni emas, balki uning muayyan sohasini, muayyan tipdagi xususiyatlar, aloqalar, munosabatlar, qonuniyatlar paydo bo’ladigan o’z «parcha» sini o’rganadi.
Ijtimoiy ish fan sifatida ijtimoiy jarayonlarga va jamiyatning ijtimoiy rivojlanishiga xos bo’lgan, ijtimoiy jamoalar, guruhlar, shaxsning xatti-harakatiga, rivojlanishiga iqtisodiy, psixologik, pedagogik va boshqaruvchilik ta`sirining tabiati va natijaviyligini shart qilib qo’yadigan muhim zaruriy aloqalar va ko’rinishlarni aniqlaydi va o’rganadi: turli ijtimoiy guruhlar bilan ijtimoiy ish yuritishning qonuniyatlari, printsiplari va metodlari; ijtimoiy ishning funktsiyalarini samarali amalga oshirishning, uni kadr va axborot bilan ta`minlashning yo’llari va usullari; ijtimoiy himoya va aholiga ijtimoiy xizmat ko’rsatishning turli ijtimoiy va davlat institutlari faoliyatining strukturaviy – funktsional tahlili; ijtimoiy ish tizimida ijtimoiy boshqarish mexanizmining ishlash printsiplari.
Bunda ijtimoiy muammolarni ijtimoiy jarayonlar rivojini modellashtirish va ijtimoiy prognoz va ijtimoiy qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni oqilona hal etish yo’llarini topish imkoniyatlari orqali kompleks tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega.
Muammolarni hal etish tabiatiga ko’ra ijtimoiy ish falsafa, tarix, siyosatshunoslik, huquqshunoslik, iqtisodiyot kabi jamiyat haqidagi fanlar orasida alohida o’rinni egallaydi, u psixologiya, sotsiologiya, tibbiyot fanlari bilan chambarchas bog’liq.
SHunday qilib, ijtimoiy falsafaning umumnazariy qoidalari ijtimoiy ishning ancha xususiy masalalarini ilmiy darajada hal etishning qandaydir metodologik asosi rolini o’ynaydi.
SHu munosabat bilan quyidagiga e`tibor berishni istardik. Fan sifatida ijtimoiy ishning nazariy va metodologik (uslubiy) asoslari haqda gapirganda, biz inson va uning ijtimoiy aloqalari haqidagi fan sifatida uning chuqur mohiyatiga daxldor bo’lamiz. Aynan insonning ijtimoiy ahvolini yaxshilash, uning hayot sharoitlarini yaxshilash, munosib sotsologiya mavjudlikni ta`minlash ijtimoiy ishning bevosita amaliy vazifalariga tegishlidir. Oilada, jamoada, millatlarda, umuman jamiyatda munosabatlar butun tizimini uyg’unlashtirish ancha chuqur, ijtimoiy asos eng muhim masala hisoblanadi. SHunday qilib, ijtimoiy ishning amaliy mohiyati uning fan sifatidagi mazmunini belgilab beradi.
Kishilar hayotiy faoliyati u yoki bu ijtimoiy munosabatlar fanida rO’y berar ekan, ijtimoiy ish ularni o’z nuqtai nazari bilan qarab chiqadi. Bunda O’rganish predmeti bo’lib jamiyat hayotining ijtimoiy sohasida harakat qiluvchi va ijtimoiy munosabatlarning butun birligi kontekstida (shu jumladan iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy-axloqiy va boshqalar) qarab chiqiladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
Bunday yondoshuv fan sifatida ijtimoiy ish masalalarini faqat aholinining ma`lum qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish yoki ijtimoiy yordam ko’rsatish zarurligini, shu muammolar bo’yicha tavsiyalar va fikrlarning qandaydir to’plamini asoslashga borib taqashni istisno etadi. Bunday qisqa tushuntirish ijtimoiy ish haqiqiy mazmunini soddalashtirib qo’yadi va uning ijtimoiy mohiyatini to’liq ochib bermaydi. SHubhasiz, ijtimoiy yordam, aholi ijtimoiy himoyalash kabi amaliy faoliyat sifatida va fan sifatida ijtimoiy ishning muhim yo’nalishlaridir. Biroq, uning ijtimoiy mohiyati juda chuqur va uni faqat keng ijtimoiy pozitsiyalardan, shu jumladan ijtimoiy falsafiy dunyoqarash pozitsiyasidan turib tushunish mumkin.
Ijtimoiy ish ijtimoiy sohaning (ijtimoiy guruhlarning, jamoalarning, shaxsning, ijtimoiy institutlarning va hokazo) konkret muammosini tahlil etishda ijtimoiy falsafiy bilish printsilarini qo’llaydi.
U konkret ijtimoiy fanlardan farq qilgan holda mummolarni o’ziga xos belgilari, shuningdek, integrativ xususiyatlari nuqtai nazaridan turib qarab chiqadi. Ijtimoiy ish o’ziga oldindan axborot to’plash, ob`ekt haqida tizimli tahlil, gipotezalarni ilgari surish, faktlarni taqqoslash, riojlanish, modellarini tuzishni kiritadi.
SHunday qilib, ob`ekt muammolarini uning tomonlari va xususiyatlarining integrallanishini to’liqligicha sifatiy aniqlashning butun bir jarayoni rO’y beradi.
Ijtimoiy ishning sotsiologiya bilan o’zaro aloqasni qarab chiqib, qo’yidagilarni qayd etamiz: sotsiologiya jamiyatni o’ziga xos guruhlar-oilalar, bolalalr, erkaklar, ayollar, deviant xulq-atvorli shaxslar, qari yoshdagilar va hokazolarning xulq-atvorini masalagini o’rganadi. Sotsiologiya sohasidagi bilimlar ijtimoiy xodimga ijtimoiy muamolarini tadqiq qilishga interpersonal ko’nikmalar va texnikalarni egallashni ta`minlashga imkon beradi. Masalan, ijtimoiy soha mutaxassisning asosiy ko’nikmasi – interv’yu olish, u yoki bu muammoga duch kelgan odam bmlan, u qalbini ochishi ishonishi, O’zini xavfsizlikda sezishi uchun bu odam bilan qanday suhbatlashishni oldindan bilishdir. Axborot to’plab va uni tahlil qilib, ijtimoiy xodim harakatlari rejasini tuzadi, u bu bilan muammoni hal etishga mulohazakorlik bilan yondashadi. SHunday qilib, sotsiologiyani, ayniqsa amaliy sotsiologiyani bilish ijtimoiy ish uchun foydalidir, lekin uning o’rnini bosmaydi. SHuning uchun aholining kundalik ongida bu ikkinchi tushunchani birlashtirish to’g’ri bo’lmaydi.
Sotsiologiyadan tashqari ijtimoiy xodimlar boshqa akademik O’quv fanlarining ma`lumotlaridan foydalanadilar, masalan, psixologiyaning ma`lumotlaridan. Bu O’quv fani ijtimoiy ish bilan chambarchas bog’liqlikda. Psixologlar individlarni O’rganar ekan, ular rivoji mexanizmini, ularning psixikasiga va xatti-harakatiga, shuningdek jamoalar psixologiyasiga ta`sir etuvchi muhim omillarni tushunishga harakat qiladilar.
Ijtimoiy ish va va psixologiya O’rtasidagi farqlarni aniqlash uchun birinchisini kishilar O’rtasidagi va ular muhiti munosabatlari bilan bog’langan kasb degan ta`rifni qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu ta`rifdan kelib chiqadiki, ijtimoiy xodimlar sotsiologiyaning ham, psixologiyaning ham bilimlaridan mijozlar muammolarini hisobga olishda, zaruriy aralashishning rejalarini amalga oshirishlarida foydalanishlari kerak.
SHu bilan birga ijtimoiy xodimlar psixologlarga o’xshab e`tiborlarini faqat individga yoki sotsiologlarga o’xshab e`tiborlarini faqat ijtimoiy muhitga qaratishlari kerak emas, balki ular muammollarning u yoki boshqa doirasining turli tomonlarini o’rganadilar, ularni amaliy hal etishga yordam beradilar.
Ijtimoiy ish ijtimoiy ekologiya bilan ham shunday o’zaro bog’langan. Uning ham insonga, hg’am atrof-muhitga qaratilgani yoki undan ham kengroq – inson va tabiatga qaratilgani uning ekologik mohiyatini shartlaydi. U organizmlar va ularning muhiti o’rtasidagi munosabatlari modelini aniqlashga imkon beradi. Buning uchun faqat sotsiologiya va psixologiya bilimlari emas, balki biologiyaning bilimlari ham kerak, u reproduktiv jarayonlarni va O’tkazish va qabul qilishga genetikaning ta`sirini ham kiritgan holda inson organizmi qanday ishlashini tushunishga yordam beradi.
Ijtimoiy ish uchun psixiatriya oraliq hisoblanadi, bu insonning ichki rivojini o’rganadi, individni o’ylashga, his qilishga, o’zini unday emas, bunday tutishga nima majbur qilishini aniqlashga o’rganadi.
Ijtimoiy ish bilan bog’langan keyingi soha – bu urbanizatsiya masalalaridir. Agar shahar ishlari bo’yicha mutaxassis shahar hayotining xususiyatlarini va keng shahar muhitini yaxshi bilsa, jamiyatga aralashish jarayonida ishtrok etsa, o’zgarishlarning uchog’i individ emas, balki keng tizim bo’ladi.
Ijtimoiy ish xodimlarini o’qitishning ko’pgina dasturlari etarlicha puxta tibbiy tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan, G’arbda vujudga kelgan mehnatga terapevti kasbi (bevosita nogironlar bilan ishlaydigan mutaxassis) tibbiyot va reabilitatsion maslahat sohasidagi bilimlarga ega bo’lishini talab etadi.
Ijtimoiy ish xodimi kasbiga ega bo’lish uchun yana bir oraliq fan, huquqshunoslikni bilishi zarur. Qonun chiqarish aktlarini, oila, jinoyat, pensiya ta`minoti va hokazolar huquqlarining nazariy va amaliy jihatlarining asoslarini bilmasdan turib mijozga maslahat berish, uning hayot muammolarini hal etishda yordam berish, ular manfaatlarini himoya qilish mushkul bo’ladi.
Ijtimoiy ish bo’yicha mutaxassis faoliyati mazmunining ko’p rejaliligi va ko’p variantliligi boshqarish sohasiga ham borib taqaladi. SHuning uchun menejment boshqa O’quv fanlari qatorida mutaxassislarni tayyorlashda oldingi o’rinlardan birini egallaydi.
Ijtimoiy ish uchun nazariya va amaliyotning birligi printsipial ahamiyatga ega.
Ilmiy bilimlar tizimi masalalarni hal etishdagi yo’liga qarab fundamental va amaliyga bo’linadi. Fundamental fanlar ko’proq gnoseologik masalalarni, amaliy fanlar ijtimoiy faoliyatni o’zgartirishga yo’naltirilgan. SHu nuqtai nazardan ijtimoiy ish amaliy fanlar guruhiga kiradi.
Konkret ijtimoiy jarayonlar va ko’rinishlarni, ijtimoiy hayotning turli faktlarini kuzatish, tadqiq qilish uchun mazmuni bo’yicha empirik materiallar yig’ish va tahlil qilish uchun amaliyot boshlang’ich manba hisoblanadi. U ijtimoiy ish tajribasini anglash va nazariy umumlashtirish ko’rinishida, ya`ni ilmiy bilimlar tizimi shaklida to’plashga imkon beradi.
Download 55,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish