21-mavzu: diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili


Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri



Download 69,52 Kb.
bet8/10
Sana14.06.2022
Hajmi69,52 Kb.
#666487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-MAVZU DINIY TOLERANTLIK MADANIYATI, UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI. KIBERMAKONDA DIN OMILI

3. Ijtimoiy tarmoqlarning yoshlarga ta’siri: Kiberterrorchilik, elektron dasturlar tahdidlari va virtual o‘yinlarning zararlari. Axborot(informatsion) urushi(ingl, information war; information – “axborot”, war – “urush” ) – o‘zga davlat tinch aholisi va (yoki) harbiylariga muayyan axborot (informatsiya) tarqatish yo`li bilan ta’sir o‘tkazish. “Axborot-ruhiy urushi” atamasi AQSH harbiy doiralari lug‘atidan qabul qilingan. Ushbu atama ingliz tilida shu bilan birga “Axborotlar qarama-qarshiligi” tushunchasini ham anglatib keladi.
Axborot (arab, axbor — xabarlar, ma’lumotlar) — muayyan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi xabar yoki ma’lumot, ularni tushuntirish, tushunish va idrok etishda qadim zamonlardan buyon qo‘llanib kelinayotgan, kibernetika va informatikaning taraqqiyoti tufayli keyingi vaqtda yangi, keng ma’no kasb etayotgan tushuncha. OAV orqali e’lon qilinadigan ko‘rsatuv va eshittirishlarning nomi, jurnalistika sohasidagi maxsus janr ham shunday ataladi. Biron voqea haqidagi batafsil ma’­lumot, davlatlar o‘rtasidagi muzokaralar natijasida tuzilgan bitim yoki shartnomalar to‘g‘risidagi rasmiy xabar ham axborot deyiladi. Xalqaro huquqda ikki va undan ortiq davlat o‘rtasida olib boriladigan diplomatik muzokaralar natija­sida tuzilgan bitimlar, shartnomalar yoki qabul qilingan boshqa qarorlar haqidagi xabar ikki yoki undan ortiq davlat­lar tomonidan e’lon qilinadi. Ikki davlat o‘rtasida olib boriladigan muzo­karalar haqidagi axborot odatda qo‘shma axborot deb ataladi. Kundalik hayotda biror narsa (jarayon, ish, hodisa) to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lish uchun kerak bo‘ladigan ma’lumot yoki yangiliklar ham axborotdir.
Hozirgi kunda ko‘plab mamlakatlarda internetdan foy­dalanish ko‘nikmalari fakultativ dars sifatida maktab dasturiga kiritila boshladi. Buni ham grifingga qarshi kurashishning o‘ziga xos usuli sifatida ko‘rsatish mumkin. Negaki, fakultativ darslar orqali bolalar internetdan olinadigan ma’lumotlarning qanchalik haqqoniy va to‘g‘ri ekanini tekshirishga o‘rgatiladi. Bunday darslar, ayniqsa, o‘smirlar uchun zarur. Internetda grifingdan tashqari o‘smir yoshlar uchun yana bir qancha xavflar ham bor. YA’ni bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, ekstremistik xarakterdagi sekta va uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligi, virtual firibgarlikka keng yo‘l qo‘yilganini ham e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga etaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog‘ligiga xavf soluvchi ma’lumotlarni ko‘rishiga olib kelishi tabiiy.
Informatsion tahdidlar. Bu turdagi tahdidlar insonning ijtimoiy ongini noto‘g‘ri shakllantirish va shu tariqa o‘zligiga ega bo‘lmagan olomonni tarkib toptirishni ko‘zlaydi. Bugungi kunda informatsion tahdidlar asosan Internet vositasida chetdan turib uyushtirilmoqda va uning asosiy ko‘rinishlari quyidagilardir: davlatning milliy siyosatini atayin tanqid qilish, soxta xabarlar tarqatish, kichik muammoni katta (yirik) muammo sifatida tasvirlash, muxoliflarni gij-gijlash, rahbarlarni zolim qilib ko‘rsatish, milliy qadriyatlarni noto‘g‘ri talqin qilish, yoshlarni chalg‘itish. Informatsion tahdidlar – ba’zida axborot xuruji deb ataladi – shaxsni ikkilantiradi, uni muammolar girdobiga tashlaydi. Natijada fuqarolarning ijtimoiy ongi zaharlanib, jamiyatda ijtimoiy xastalik vujudga keladi.1 Elekt­ron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy ta’sir o‘tkazib, bolalarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas. Bank yoki kredit kartochkasidagi hisob raqamlarni bilgan bolakaylar onlayn savdolarda qatnashish imkoni bilan birga kichik o‘yinchoqdan tortib to eng so‘nggi rusumdagi mashina sotib olish xuquqiga ham ega bo‘ladi. Bu esa ularni virtual firibgarlarning nishoniga aylantiradi. SHu sabab, global tarmoqdan foydalanuvchilar ko‘p bo‘lgan Belorusda bu kabi muammolar qator yangi kasblarning vujudga kelishiga ham turtki bo‘lgan. YAngi turdagi mazkur mutaxassislarning vazifasi oilada internetdan foydalanish madaniyatiii joriy etadigan hamda bolalarga psixo­logik, ma’naviy hamda jismoniy zarar etkazmaydigan ochiq va xavfsiz axborot makonini yaratishdan iborat.
SHuningdek, ko‘plab jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va xususiy kompaniyalar o‘z faoliyatini internetning bolalarga ta’siri va undan bo‘ladigan zararning oldini olish usullarini o‘rganishga qaratgan. Jumladan, internet mazmunini baholash assotsiatsiyasi (ICRA) mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lib, asosiy vazifasi ota-onalarni ularning farzandlarini tarmoqda kutayotgan ko‘ngilsizlik va xavfli munosabatlar haqida ogohlantirish, kibermakonda bo­lalarni noto‘g‘ri axborotlardan himoyalash va so‘z erkinligini ta’minlashdan ibo­rat. Ota-onalarga mavjud muammolar yuzasidan maslaxat, ko‘mak beradigan kiberfarishtalar (Cyberangels) - internetda bolalar huquqini himoya qilishga yo`naltirilgan Evropadagi ilk tashkilotga 1995 yili asos solindi va ayni paytda unga AQSH va Kanada kabi davlatlar ham a’zodir. Muammolar chuqurlashgani sayin bu kabi tashkilotlar xam keng ko‘lamda tadqiqotlar o‘tkazish va mavjud xavf-xatarlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishni kuchaytirmokda. Xususan, Bolalarni asraylik (Save the CHildren) xalqaro huquqiy tashkiloti o‘tkazgan so‘rovnomalar natijasida ma’lum bo‘ldiki, AQSHdagi 15-17 yashar o‘smirlarning 85 foizi, Kanada yoshlarining 93 foizi muntazam ravishda internetdan foydalanadi. Kommunikatsiya vositalari tadqiqoti assotsiatsiyasi (Association for the Research of Communication Media) olgan natijalarga ko‘ra esa, o‘smirlar katta yoshlilarni 2004 yildayoq internetdan foydalanish bo‘yicha ortda qoldirgan.
Virtual ta’qib. - Muloqotning bu kabi shakllari yaxshi, albatta. Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham borki, unga chuqurroq nazar tashlash lozim. Alohida e’tibor talab etadigan jihat - internet orqali ta’qib deb nomlanadi. Bugungi kunda virtual ta’qib nihoyatda ommalashib bormoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalanishga kirishmoqda. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bemalol maktab yon-atrofidagi kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanishi mumkin. SHu bois ular uyda ham internetga ulanish imkoni bo‘lishini xohlashi tabiiy. Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o‘nga etmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash va shu asosda ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha aytganda, «filtrlash» qobiliyatiga ega emas. SHu sababli internetdan yolg‘iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur.
Grifing - So‘nggi paytlarda internet orqali ta’qib etishyoki ilmiy tilda aytadigan bo‘lsak, grifing holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, xususan, o‘smirlar hisoblanadi. Bir qarashda beozor tuyulgan chat xonalar yoki maxsus muloqot dasturlari orqali kechadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bolalarni ba’zan jinoyatgacha etaklab borayotgani hayotiy haqiqat. Grifing bilan shug‘ullanadiganlar yoki grifyorlar zamonaviy yoshlarning qiziqishlaridan juda yaxshi xabardor bo‘lib, onlayn konferen­tsiya, forum xonalarida istalgan mavzuda suhbat yuritishi, o‘zlarini ularning muammolarini tushunadigan odamlar sifatida ko‘rsatishi mumkin, buning ustiga veb tarmoqda anonimlikni saqlash xususiyati qisqa fursat ichida ishonchga kirib olishga imkon yaratadi. Grifing bilan kurashishning eng oddiy usuli — kompyuterga maxsus taqiqlov dasturlari (eng mashhurlari Kiberpatrul yoki Kidskontrol)ni o‘rnatish. SHunda zararli manbalardan keladigan barcha xabarlar avtoma­tik tarzda filtrlanadi yoki dasturga ota-onalar tomonidan kiritilgan cheklov tufayli bolaning o‘zi qiziqib nojo‘ya axborotni olmoqchi bo‘lganda, avtomatik taqiqga tushadi. Ayni paytda mazkur dasturlar ham to‘liq xavfsizlikni kafolatlay olmaydi, chunki ba’zida ular foydali axborotni cheklab qo‘yishi yoki keraksizini o‘tkazib yuborishi mumkin.
Hozirgi globallashuv jarayonida axborot g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish vositasiga aylanib bormoqda. Ayrim mafkura poligonlari o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishishda axborot xurujlaridan foydalanmoqda.
Axborot urushida oddiy urushda qo‘llanadigan qirg‘in vositalari ishlatilmaydi. Uning ob’ekti – omma yoki alohida shaxslar ongidir. Qarama-qarshi taraflarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladigan shaxslar (prezident, bosh vazir va h.k.) alohida ta’sir ostiga olinishi mumkin.
Axborot urushi vositalari vazifasini ommaviy axborot vositalari, pochta, hatto g‘iybat tarzida tarqatilgan gap-so‘zlar ham bajarishi mumkin. Axborot urushida faktlar buzib ko‘rsatiladi yoki ularning ta’sir ko‘rsatayotgan tarafga foydali tomonlari bo‘rttiriladi.
Axborot urushining tarkibiy qismlari
1) psixologik operatsiyalar – dushman askarlari ishonchiga ta’sir ko‘rsatish maqsadida axborotni qo‘llash;
2) elektron urush – dushmanga aniq axborot, ma’lumotga ega bo‘lish imkonini bermaydi;
3) dezinformatsiya – dushmanni o‘zining kuchi va niyatlari to‘g‘risida soxta ma’lumot bilan ta’minlaydi;
4) jismoniy vayron qilish – axborot tizimlarining elementlariga ta’sir ko‘rsatish maqsadi bo‘lganida axborot urushining bir qismi bo‘lib kelishi mumkin;
5) xavfsizlik choralari – dushman shu taraf imkoniyat va niyatlaridan xabardor bo‘lishining oldini olish;
6) to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot hujumlari – axborot mohiyatini saqlagan holda uning ko‘rinishini o‘zgartirib yuborish.
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’­sirchan mafkura vositasidir. CHun­ki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlari­miz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vo­sitalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil omma­viy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag‘batlan­tiradi va mustahkamlaydi.
Xayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot voeitala­rining faoliyatiga quyilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bulaverishi tabiiy Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. SHunday ekan, muammolarning mav­judligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarash­ga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, uzini ko‘pma­ganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. De­mak muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilish­ga kirishish lozim.
Ta’kidlash joizki, targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. SHu bois, maqtash targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demaq mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.
G‘arbda ommaviy axborot vositalariga qo‘pol bo‘lsa ham jamiyat manfaatlarini "qo‘riqlovchi ko‘prik", deb nisbat beradilar. Etuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning "ko‘zlari", "quloqlari" vazifasini bajaradilar. Ogohlan­tiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xa­bar beruvchi, muammolarni dadil kutarib chiqib, ularning turli echimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Ta’kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qapama­qarshi nuqtai nazarlardan iborat bulgan dasturlarni yara­tish, muqobil fikrlar to‘qnashuviga erishish lozim. SHunda­gina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shak­llantirish va rag‘batlantirishga qodir bo‘ladi.
Biz demokratiyani qanday tushunsak, ommaviy axborot vo­sitalariga ham shunday vazifalarni yuklaymiz. Biz demok­ratiyani mustaqilliq erkinlik va mas’uliyat deb tushunar ekanmiz, ommaviy axborot vositalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas’uliyatni kutamiz. Demak, jurnalistlar bu tushunchalarini anglashi, ularga ehtiyoj sezishi, ularni qadplashi, ulardan foydalana bilishi va ular uchun kurashishi zarur.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g‘oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga mu­nosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xal­qimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o‘zbe­kiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllanti­rish bilan bog‘liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g‘oya, uydirma haftasiga uch martadan to‘rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor bo‘ladi, odamlar unga chippa­-chin ishonadilar".
Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning uzgarganli­gidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak bera­di. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismo­nan yo`q qila olmasa-da, uning qo‘poruvchilik kuchi, keltira­digan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in quroliniki­dan kam emas. CHunki bu qurol yordamida onga berilgan zarba­lar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko‘p mehnat, u qadap ko‘p harakat, u qadap ko‘p hara­jat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, mil­liy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, 6unday infor­matsion quporuvchilikdan maqcad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor ommasida o‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur to‘g‘dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba’zi fikr­lar ham bugungi hurujlarning maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar - davlatning uzga qududlarda o‘z mavqeyi va ta’sirini kuchayti­rishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‘i, bu ta’sirif ayrim omma­viy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltiril­ganligini fosh etib qo‘ymoqda.
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy axborot vositalari ­terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi",degan. Bu gapning mag‘zini chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga kela­di. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. CHuqurroq uylab kursak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo‘pqyv va daqshat uyg‘otishga intiladilar. Demaq ularning maqcad­lari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilish­dir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchiliq qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo‘yadilar. Ular­ning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati to‘g‘iladi.



Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish