21-mavzu: diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili


Globallashuv jarayonida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati



Download 69,52 Kb.
bet4/10
Sana14.06.2022
Hajmi69,52 Kb.
#666487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-MAVZU DINIY TOLERANTLIK MADANIYATI, UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI. KIBERMAKONDA DIN OMILI

Globallashuv jarayonida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati
Globallashuv jarayonida insoniyat hamjamiyati oldida paydo boʻlayotgan koʻplab muammolar orasida millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyati eng asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. XX asr insoniyatga katta ijobiy ijtimoiy-iqtisodiy yutuqlar, ya’ni mustaqil davlatlar sonining ortib borishi, jamiyatni demokratlashtirish va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, xalqaro munosabatlarning integratsiyalashuvi kabilar bilan birga hal qilinishi zarur boʻlgan ijtimoiy va xalqaro kelishmovchiliklarning ogʻir yukini, milliy biqiqlik, buyuk davlatchilik shovinizmi, diniy ekstremizm va fundamentalizm singari illatlarni meros qilib qoldirdi. Bularning barchasi millatlararo totuvlik va tolerantlik madaniyatini umumbashariy qadriyatga aylantirish masalasining qanchalik muhimligini koʻrsatib turibdi.
Zamonaviy shart-sharoitlar oʻsib kelayotgan avlodni xilma-xillikka chidamli, boshqa fikrlarni eshita olish va ularni hurmat qilish, bir soʻz bilan aytganda, millatlararo totuvlik va tolerantlik ruhida tarbiyalashni taqozo etadi.
Bu borada Respublika miqyosida yurtimizda juda ko‘plab tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ilmiy-amaliy konferensiya hamda seminarlar tashkil etilmoqda va o‘tkazilmoqda.
Xususan, aprel oyining ilk kunlaridan yurtimizning turli maskanlarida shu mavzuga doir bir qancha uchrashuvlar, tadbirlar va amaliy seminarlar bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 8 aprel kuni Andijon qishloq xo‘jalik institutida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida “Milliy va madaniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati va “Sog‘lom ona va bola – millat baxti” nomli ko‘rgazma o‘tkazildi.
9 aprel kuni Andijon shahridagi Alisher Navoiy istirohat bog‘ida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida o‘tkaziladigan millatlararo bayram festivali bo‘lib o‘tdi.
16-aprel kuni Andijon davlat universitetida bo‘lib o‘tgan “Tafakkur sinovlari” 2-saralash bosqichida ham bu mavzuga doir oliy ta’lim muassasalari talabalari bir necha chiqishlari bilan qatanashdilar.
23 aprel kuni Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli musiqa va dramma teatrida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Muxtasarxon Yo‘ldoshevaning “Qabohat” nomli fojeali drammasi namoyish etildi. Bu o‘tkazilgan barcha anjuman va tadbirlarda filialimiz talabalari ham guruh rahbarlari bilan birgalikda faol ishtirok etdilar.
Xususan, viloyatimiz Buxoroda ham xuddi shunday tadbirlar doimiy tarzda amalga oshirilib kelinmoqda.
Bunday harakatlar va o‘tkazilayotgan tadbirlardan maqsad yoshlarga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash, yoshlarni turli yot g‘oya va mafkuralar ta’sirlaridan asrash, ularga bu ishlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish asosida bunyodkor va buzg‘unchi g‘oyalarning farqiga yeta olish ko‘nikmalarini hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirish, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalashdan iborat.
Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik haqida gap ketganda 8 aprel kuni Andijon qishloq xo‘jalik institutida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida “Milliy va madaniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzusida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Respublika baynalmilal madaniyat markazi bosh direktori Nasriddin Muhammadiyevning aytgan soʻzlari ahamiyatga molikdir: “Respublika baynalmilal madaniyat markazi 1992-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tuzilgan. Asosiy vazifasi yurtimizdagi millatlararo tinchlik-totuvlik va diniy bagʻrikenglikni ta’minlash va mustahkamlashga xizmat qilishdan iborat. Kelgusi yil yanvarda markazimizning 25 yilligi nishonlanadi. Bugun mamlakatimizda 140 ga yaqin milliy madaniy markazlar bor. Ulardan beshtasi Andijon viloyatida faoliyat olib boradi. Baynalmilal markazning vazifasi mana shu milliy madaniy markazlar ishini muvofiqlashtirish va ular bilan birgalikda yil davomida madaniy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazishdan iborat.
Ma’lumki, tarix haqiqatiga koʻra urushlar asosan uchta sababga binoan kelib chiqarkan. Yer talashib urushish, boylik talashib urushish va hatto ayollarni talashib ham urushishgan ekan. Masalan, “Troya” urushi. Kinosini koʻrgan yoki bu haqida eshitgan, oʻqigan boʻlsangiz, unda bir malika sabab urush kelib chiqadi. Qadim zamonda shunday uchta sababga koʻra urushlar yuzaga kelgan. Lekin bizning davrimizga kelib endi bularning hammasi oʻzgardi. Urush asosida yer talashish, boylik talashish boʻladi, lekin bular aytilmaydi-da, boshqa bir sabablar orqali buni yuzaga chiqarishadi. Masalan, bugungi kunda dunyoda boʻlayotgan hamma nizolar, urush-janjallarning 2 ta sababi bor. Birinchisi millatlararo kelishmovchilik, ikkinchisi dinlararo kelishmovchilik. Qaysi urushni olmang, shu ikkalasi bor. Iroqda, Suriyada, Yamanda boʻlayotgan urush yoki Rossiya bilan Ukraina oʻrtasidagi urush. Yaqinda Ozarbayjon bilan Armaniston oʻrtasida nizo boshlandi. Bularning barchasining kelib chiqish sababi yo millatlararo kelishmovchilik, yo dinlararo nizolarga borib taqalyapti. Demak bundan anglashiladigan xulosa shuki, qaysi mamlakatda, ayniqsa, koʻp millatli mamlakatda bir millatning huquqi toptalsa yoki bir til, bir madaniyat yo bir din vakillari ta’qib ostiga olinsa, mana shunday nizolar, janjallar boʻlaveradi. Shuning uchun ham mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz rahnamoligida ishlab chiqilgan milliy siyosatning oʻzagini, asosini barcha millat vakillariga keng imkoniyat va sharoitlar yaratib berish tashkil etdi. Masalan, Konstitutsiyamizning hammamiz yoddan biladigan 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo‘lishi shart” deyilgan va bu hamma qonunlarimizda oʻz aksini topgan. Zero juda koʻp mamlakatlarda davlatni tashkil qilgan millat asosiy millat hisoblanadi. Boshqa millat vakillari esa “oz xalqli millatlar” deb ataladi. Rus tilida bu “natsionalniy menshestvo” deyiladi. Lekin bizning qonunchiligimizda bu ibora ishlatilmaydi. Chunki mustaqillikning ilk kunlarida Prezidentimiz “Biz xalqimizni koʻpchilik va ozchilikka boʻlmaymiz. Bizda bitta xalq bor. Turli millat vakillaridan iborat boʻlgan yagona xalq bor. Shuning uchun biz “milliy ozchilik” degan soʻzni ishlatmaymiz”, deganlar. Haqiqatda ham “milliy ozchilik” degan ibora xalqaro doirada etnos ibora sifatida amalda ishlatiladi. Lekin Oʻzbekistonning hech bir qonunida bu ibora aytilmagan, ishlatilmagan. Bu ham Prezidentimizning dono siyosatining yorqin bir koʻrinishi, deb ayta olamiz. Bu bugun xalqaro miqyosda ham e’tirof etilmoqda”.
Bu aytilgan gaplar va mavzu yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti idorasi mas’ul xodimi Mirziyotov Ilyos Mirgʻiyosovich ham ushbu davra suhbati yakunida millatlararo totuvlik va bagʻrikenglik haqida quyidagi fikrlarni bildirib oʻtgandi: “Bugungi tadbirimiz ikki yo‘nalishga bag‘ishlandi. Birinchi yo‘nalish diniy bag‘rikenglik, ikkinchisi millatlararo totuvlik. Har joyda millatlar ko‘p ekan, ular e’tiqod qiladigan dinlar ham ko‘p bo‘ladi. Bizning mamlakatimizda millatlararo totuvlik bo‘lgani uchun ham tinchlik-xotirjamlik hukmron. Har bir millat vakili borki, “O‘zbekiston – mening Vatanim!”, deydi.
Prezidentimizning milliy siyosatlarining asosiy g‘oyasida “Koʻpmillatlilik – bu mamlakatning boyligidir”, deyiladi. Agar millat koʻp boʻlsa, ularning fikri, an’anasi, gʻoyalari ham koʻp boʻladi. Misol uchun, mana sizda bitta olma bor, deylik. Menda bitta olma. Siz menga olmangizni berdingiz, men sizga olmamni berdim. Ikkalamizda nechtadan olma boʻldi?.. Bittadan edi, bittadanligicha qoldi. Lekin agar men sizga bitta gʻoyani aytib bersam, siz ham menga bir voqea yoki gʻoyani aytib bersangiz yoxud biror bir millat oʻzining an’anasi, urf-odatini aytib bersa, men ham oʻzimnikini unga aytib bersam, endi menda nechta gʻoya bo‘ldi?! Ikkita gʻoya boʻldi. Endi bu gʻoyani hech kim mendan tortib ololmaydi. Ana endi bir yuz oʻttizdan ortiq millatlar gʻoyasini qarang! Shuning uchun ham koʻpmillatlilik bizlarning boyligimizdir”.
Demak bugungi kunda tolerantlik tushunchasi insonlarning o‘zaro munosabatlarini ularning millati, irqi, nasl-nasabi, madaniyati va urf-odatlari, iqtisodiy ahvoli, dini va e’tiqodiga qaramasdan muvozanatda saqlash me’yorlarini o‘zida mujassam etadi.
Agar tolerantlik istilohining lingvistik jihatdan mazmunini ko‘radigan bo‘lsak, u turli tillarda o‘ziga xos, shu bilan birga o‘zaro o‘xshash mazmunlarni bildirib kelgan:
tolerancia (ispan) – O‘zinikidan o‘zgacharoq bo‘lgan fikr va mulohazalarning mavjudligini tan olish;
tolerance (fransuz) – Birovlar o‘zingdan ko‘ra boshqacharoq tarzda fikr qilishi va amallar qilishini anglash asosiga qurilgan munosabatlar;
tolerance (ingliz) – Birovlarga nisbatan sabr-bardoshli bo‘lishga tayyorlik;
kuan rong (xitoy)) – Boshqalarga nisbatan hamdard va e’zozli munosabatda bo‘la olishlik.;
tasamul’ (arab) – Kechirimli bo‘lish, sabr-bardosh, yumshoqlik, hamdardlik, o‘zgalarga yaxshi munosabat, mehr, dardkashlik;
terpimost (rus tili) – biror narcha yoki kimnidir amallari va so‘zlariga bardoshli bo‘la olish, biror narsa yoki hodisaning mavjudligiga e’tiroz bildirmaslik, birovlar fikrlarini inobatga olish, sabr va bardoshlilik;
bag‘rikenglik (o‘zbek tili) - olamdagi narsa va hodisalarni keng anglash, birovlarni bag‘rikenglik bilan qabul qilish, o‘zagalarga mehr va muruvvat ko‘rsatish, e’zozli, izzatli va hurmatli bo‘la olish, dasturxonning har vaqt ochiqligi, mehmonnavozlik, o‘zga insonlarni Yaratganning ne’mati sifatida qabul qilish, kattaga ham kichikka ham bir xilda yaxshi munosabat ko‘rsata olish, atrofdagilar bilan doimiy yaxshi tavoze’li munosabat, yaxshi qo‘shnichilik qila bilish va hokazo.
Tolerantlik – insonning turli iqtisodiy, ma’naviy, mafkuraviy, diniy munosabatlarga kirishishining qonun-qoidalarini belgilab beradi. Shu bois insonni zamonaviy jamiyatda yashashga o‘rgatish, tabiiy ravishda, uni tolerantlikka o‘rgatishga barobar keladi. Tolerantlik, davlat va din, din va inson munosabatlari, insonning o‘z davlati oldidagi majburiyatlari kabi masalalarda har bir fuqaro aniq va ravshan bilimlarga ega bo‘lishi lozimligini o‘rtaga qo‘yadi. Tolerantlik inson va davlat, inson va boshqa insonlar o‘rtasidagi rang-barang munosabatlarni tartiblashtirish tamoyillaridan iborat. Shunday ekan, tolerantlik tafakkurini talaba-yoshlar dunyoqarashining uzviy bo‘g‘iniga aylantirish, shuningdek, diniy bag‘rikenglik ruhida yoshlarni tarbiyalash dolzarb ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Tolerantlik tafakkurisiz yoshlarni demokratik, fuqarolik jamiyatda yashashga, aniqroq aytganda, pirovard maqsadimiz bo‘lmish fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishga o‘rgatib bo‘lmaydi.

Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish