21-mavzu: diniy tolerantlik madaniyati, uning jamiyat rivojidagi ahamiyati. Kibermakonda din omili


Axborot asri tahlikalari va internet tarmog‘idagi axborot urushi



Download 69,52 Kb.
bet7/10
Sana14.06.2022
Hajmi69,52 Kb.
#666487
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
21-MAVZU DINIY TOLERANTLIK MADANIYATI, UNING JAMIYAT RIVOJIDAGI AHAMIYATI. KIBERMAKONDA DIN OMILI

2. Axborot asri tahlikalari va internet tarmog‘idagi axborot urushi. Internet(lot, inter - “aro” va net (work) - “tarmoq”) — 1) katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini o‘zaro bog‘laydigan butun jahon kom­pyuter tizimi, butun dunyo bo‘ylab faoliyat ko‘rsatadigan xalqaro axborot almashuvining global kompyuter tarmog‘i; 2) turli-tuman masalalar va sohalar bo‘yicha ma’lumotlarni qamrab oladigan, uzoq, masofalardan turib aloqani amalga oshirish, elektron tijorat, masofaviy ta’lim, audio, video, tele, tasvir ayirboshlash va umuman, ko‘pdan-ko‘p yangilik va ma’lumotlarni jamlaydigan elekt­ron axborot vositasi va dasturini anglatuvchi tushuncha. Internetda geografik joy, zamon va makondan qat’i nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlararo o‘zaro hamkorlik uning global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.
Agar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg‘ulotlari musiqa tinglash va teleko‘rsatuvlar ko‘rish bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Zamonamiz yoshlarining 70 foizi o‘z qiziqish va sevimli mashg‘ulotlari haqida so‘z yuritganda sport, do‘stlar bilan suhbatlashish, ma’naviy va madaniy hordiq chiqarish bilan bir qatorda kompyuter texnologiyalari, internetga bo‘lgan qiziqishini birinchi o‘rinda tilga oladi. Nielsen/Net Ratings kompaniyasi o‘tkazgan so‘nggi ilmiy tekshiruv natijalariga ko‘ra, butun dunyo tarmog‘iga ulanayotgan yosh bolalarning soni kun emas, soat sayin oshmoqda: birgina 2007 yili Evropada yosh av­lod vakillarining uchdan bir qismi onlayn tizimidan foydalangani kuzatilgan. 2008 yili dunyo axborot tarmog‘ida 10 million yosh "sayr" qilgan bo‘lsa, hozirda ularning soni allaqachon 13 milliondan oshib ketdi. Bu ko‘rsatkich kundan-kunga ko‘paymokda. Bunday onlayn hayotda yashaydigan yoshlarning katta qismi — 4,5 millioni Buyuk Britaniyaga to‘g‘ri keladi. Ular har kuni elektron manzillarini tekshiradi, turli xil saytlardan ma’lumot izlaydi va chat (global tarmoqdagi suhbatxona)lar orqali muloqotda bo‘lishadi. Germaniyada hozircha 3 million, Fransiyada esa 1,5 million yosh vaqtini asosan onlayn tizimida o‘tkazadi. Bir yildan so‘ng bu ko‘rsatkich ikki barobarga oshishi kutilmokda. yosh avlodning kompyuter savodxonligi yuqori, bugun hatto olti yashar bolalar ham blutus (bluetooth) va spam nimaligini kattalarga nisbatan yaxshi biladi. Dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan biri Kanadada o‘n etti yoshgacha bo‘lgan 6 ming bola o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, internetdan faqat axborot olish maqsadida foydalanilmas ekan. So‘rovda ishtirok etganlarning 99 foizi internetdan foydalanishini, ularning har o‘ntasidan sakkiz nafari uyda ulanish imkoniyatiga ega ekanini bildirgan. Kanada yoshla­rining yarmidan ko‘pi internet va kompyuter texnologiyalarini ota-onalaridan yaxshiroq bilishini aytgan. Ularning 80 foi­zi mustaqil ravishda internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bo‘lgan filtrlash dasturini o‘rnatib qo‘ymagani va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishdi. Umuman olganda, aksariyat ota-onalar, aniqrog‘i, ularning 65 foi­zi farzandlari internetdan faqat uy vazifasini tayyorlash uchun foydalanadi, degan fikrda, yoshlar esa ilm olishni eng oxirgi o‘ringa qo‘yar ekan. Ular asosan internet orqali musiqa tinglaydi, elektron manzilni tekshiradi, xullas, vaktichog‘lik qiladi. yoshlarning uchdan ikki qismi internetga yangi dustlar orttirish va kim bilandir suhbatlashish maqsadida ulanadi, ularning 15 foizi bu munosabatlarni keyinchalik real hayotda davom ettirar ekan.
Bugungi kunning yoshlari komp’yuter, noutbuk, disk, fleshka va axborotni saqlovchi vositalarsiz o‘z hayotlarini tasavvur etolmaydilar. YOsh avlodning eng kichik vakillari ham bugun «bluetooth» va «spam» nimaligini yaxshi biladi.
Dezinformatsiya(fran, des - “salbiy” va information - “axborot”) muayyan guruh va doiralarning g‘arazli maqsadlariga erishish yo`lida soxta ma’lumotlardan foydalanish asosida ijtimoiy fikrni chalg‘itish maqsadida matbuot, radio va TVda qo‘llanadigan usul, vosita. Masalan, Ikkinchi jahon urushi davrida u tashviqotda keng qo‘llangan. Dezinformatsiya turlari: a) soxta axborot, ovoza va shovshuvlar tarqatish; b) konfidentsial ma’lumotlar "oqib ketishi"ni tashkil qilish; v) mu­ayyan faktlarni bo‘rttirib yoritish, ziddiyatli xabarlarni tarqatish. Dezinformatsiyaning tarixi, avvalo, OAVning paydo bo‘lishi va shakllanishi bilan uzviy bog‘liq, uning mazmun-mohiyati asosan siyosiy, g‘arazli maqsadlarni ko‘zlagan intilishlarda namoyon bo‘ladi.
Mediavirus(ingl, media virus; media – “ommaviy axborot vositalari (OAV)”, virus – “zararli element”) – ommaviy axborot vositalari sohasi bo‘yicha mutaxassis - amerikalik Duglas Rashkoff tomonidan jamiyat hayotida bevosita yoki bilvosita o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan OAV bilan bog‘liq hodisalarni anglatish uchun kiritilgan atama.
Duglas Rashkoff fikriga ko‘ra reklama beruvchilar hamda davlat dotatsiyalari hisobiga kun ko‘radigan ommaviy axborot vositalari, o‘zlari bilgan yo bilmagan tarzda iste’molchilik qadriyatlarini ilgari surib, jamoatchilik fikrini shakllantirib boradilar.
Mediaviruslar – axborotlar bilan bog‘liq sohalarda tarqatiladigan memlar, ma’lumotlar majmui bo‘lib, u odamlarning yirik va mahalliy tusdagi voqea-hodisalarga nisbatan fikri, ularni anglashini tubdan o‘zgartirib yuboradi.
Muayyan maqsad bilan yaratilgan mediaviruslar, “yetaklovchi” viruslar, o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan viruslar.
Mediaviruslarning uch turi mavjud:
Atayin, muayyan maqsad bilan yaratilgan mediaviruslar, ular biron tovar yoki mafkurani tarqatishga ko‘maklashish maqsadini ko‘zlaydi. Masalan, reklama tryuklari va mediafaollarning aksiyalarini misol qilib keltirish mumkin.
“Olg‘a yetaklaydigan” viruslar, ular to‘satdan paydo bo‘lishiga qaramay, zudlik bilan manfaatdor guruhlar tomonidan o‘z qarashlarini tarqatish uchun qurol qilib olinadi. Misol: OITS epidemiyasi (konservatorlar tomonidan besoqolbozlarni ayblash maqsadida qo‘llangan) va h.k.
O‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan viruslar, bu o‘z holicha, birovning buyurtmasisiz yuzaga kelib, qiziqish tug‘diradi va shu kabi o‘z holicha tarqaladi. Ularga yangi texnologiyalar yoki ilmiy kashfiyotlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
AQSH ning sobiq prezidenti Bill Klinton va Monika Levinski o‘rtasidagi ishqiy munosabatlar oqibatida kelib chiqqan janjalni ham mediavirus misoli sifatida ko‘rsatish mumkin. CHunki u o‘sha paytda respublikachilar partiyasi tomonidan o‘z manfaatlari yo`lida, demokratlar pozitsiyasini kuchsizlantirish maqsadida qo‘llangan edi.
Tadqiqotlar natijalaridan ma’lum bo‘ldiki, hozirda maktab yoshidagi bolalar internetdan tobora erta foydalanishni boshlayapti. Masalan, hatto boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ham bemalol kafe yoki klubga kirib, internetdan foydalanadi. Ularning ko‘pchiligi uyda ham internet tarmog‘iga ulanish imkoniga ega.
Lekin, mutaxassislarning fikricha, yoshi o‘nga etmagan bola odatda mustaqil ravishda internetdan foydalanish uchun zarur bo‘lgan tanqidiy fikrlash va shu asnoda ma’lumotlarni farqlash, ularni ajrata bilish, boshqacha qilib aytganda, «fil’trlay» olish qobiliyatiga ega emas. SHu sabab, internetdan yolg‘iz qolganda ham foydalanish ehtimoli bo‘lgan bolani qattiq nazorat ostiga olish kerak, unga o‘zi haqidagi shaxsiy ma’lumotlarni internet orqali tanishgan odamlarga aytmaslikni o‘rgatish zarur.
Biroq, dunyo tarmog‘idagi qanday axborot maktab yoshidagi bolalar uchun foydali bo‘lishi mumkin? Kuniga bir necha soatlab kibermakonda «sayohat qiladigan» o‘smirlar aslida nima bilan shug‘ullanadi va bu holat ularning dunyoqarashi, xarakterida qanday aks etadi? Zarur hollarda o‘smirlarning axborot xavfsizligini qay usulda ta’minlash mumkin? Mazkur savollar ko‘pchilik ota-onalar hamda yoshlar muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot xodimlarini tobora ko‘proq tashvishga solayapti va o‘ylantirmoqda. Bunga jiddiy asos ham bor.
So‘nggi paytlarda internet orqali ta’qib etish yoki ilmiy tilda aytadigan bo‘lsak, grifing holatlari ko‘p kuzatilmoqda. Bu kabi tarmoq bezoriligining eng birinchi qurbonlari aynan yoshlar qatlami, xususan, o‘smirlar hisoblanadi. Sababi, shu yoshda bolalar tabiatan ochiq bo‘ladi hamda dunyoga faqat ijobiy nuqtai nazar bilan qaraydi. Ular o‘zlari erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashishni, o‘z fikrlarini birovlarga bayon etishni, g‘oyalari bilan bo‘lishishni xohlaydilar. O‘smirlar o‘ta ishonuvchan, komp’yuter o‘yinlariga qobiliyatli, buyruqlarni osonlikcha bajaradigan bo‘ladilar. Atrofdagilar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lib yangidan-yangi fikr-g‘oyalarni o‘rtaga tashlaydilar, ularni amalda qo‘llashga intiladilar, biroq, bu borada ularga hayotiy tajriba etishmaydi. SHuning uchun ham ular saytlarda qidiruvni amalga oshirayotganda, axborotni qabul qilishda yoki elektron pochta manzilidan foydalanayotganda kattalar yordamiga muhtoj. CHunki bir qarashda beozor tuyulgan chat xonalar yoki maxsus muloqot dasturlari orqali kechadigan suhbatlar tafakkuri endi shakllanayotgan bolalarni oxir-oqibat jinoyatgacha etaklab borayotgani hayotiy haqiqat.
Vaqt o‘tgani sayin bolalar va internet muammosi tobora chuqurlashib borayotgan bir paytda, global tarmoqning yashirin xavflariga faqatgina ta’sir tushib qolishni emas, balki ekstremistik xarakterdagi, sekta va turli xil uyushmalar saytlarining foydalanishga ochiqligini, virtual firibgarlikka keng yo‘l qo‘yilganlikni ham ko‘rsatish mumkin. Bolalarning qiziquvchan tabiati ularni yuqorida tilga olingan turdagi saytlarga etaklashi, bu veb sahifalarda ularning ruhiy yoki jismoniy sog‘lig‘iga xavf soluvchi ma’lumotlarni ko‘rishiga olib kelishi tabiiy. Elektron pochta manzillari orqali olingan xabarlar kuchli ruhiy ta’sir o‘tkazib, bolalarni internet doirasida va undan tashqarida ham jinoyatga undashi hech gap emas.
SHubhasiz, internet bilim va kerakli axborotni olish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi, biroq tarmoqqa joylashtiriladigan katta hajmdagi axborotning barchasini ham ishonchli va foydali deb bo‘lmaydi. Foydalanuvchilar ma’lumotlarning to‘g‘riligini aniq ajrata bilishi uchun tanqidiy fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lishi talab etiladi. YOsh avlodni keng doiradagi manbalardan foydalanishga yo‘naltirish natijasida faktlarni fikrlardan farqlashga, to‘g‘riligi tasdiqlanmagan axborotdan himoyalanishga ularni o‘rgatish zarur.



Download 69,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish