5. Avtomobilning tezkorligi, baholovchi ko’rsatkichlar.
Avtomobil ko’chada ayniqsa shahar ko’chalarida harakatlanganda uning tezligini har doim o’zgaratirib turadi.
Masalan, shaharda ishlatiladigan avtomobillar 15-25 foiz tekis harakat, 30-45% tekis tezlanuvchan va 30-40 foiz tormozlanish bilan harakatlanadi. Demak, o’zgaruvchan harakatdagi avtomobil dinamikasi tezlanish va tezlikning o’zgarishi uchun zarur bo’lgan yo’l hamda vaqt bilan o’lchanadi.
6 Avtomobilning tezlanishi.
Dinamik omil formulasidan avtomobilning tezlanishi quyidagicha teng bo’ladi:
, m/s2 (7.1)
Bu formuladagi dinamik faktorning (har bir uzatma uchun) hamma tezliklar uchun qiymatlari aniqlangan, ψ koeffitsentining qiymati esa berilgan. Aylanib harakatlanuvchi massalar koeffitsienti δayl har bir uzatma uchun quyidagicha topiladi:
(7.2)
Bu formulaga Uu.k. ning izlanayotgan uzatma uchun qiymatlari qo’yiladi. Avtomobilga o’rnatilgan uzatmalar qutisi uch uzatmali bo’lsa, ularning tezlanish qiymatlari alohida hisoblanadi.
Dinamik, faktor har bir uzatmaning 8...10 tezlik qiymati uchun aniqlanganligi sababli, har bir uzatma uchun tezlanishiiig ham shuncha qiymatini aniqlash zarur. 21.5- rasmda ko’rsatilgan a, v nuqtalardagi tezlanish qiymatlari qo’shni uzatmalar uchun tezlanish qiymatlariga eng yaqin, bu esa avtomobil har bir uzatmada maksimal tezlikka ega bo’lgani uchun uzatmalarni qo’shish uchun maqbulidir. Natijada avtomobilga bo’lgan dinamik yuklanish kamayadi.
7. Tezlanish grafigi va uning tahlili.
Avtomobilning shig’ov yo’lning gorizontal qismida tekshiriladi. Avtomobil minimal tezlik bilan ketayogganda haydovchi drosselь, pedaliga jadal bosadi va avtomobil maksimal tezlik olguncha shu holda ushlab turadi. Iloji boricha uzatmadan uzatmaga tez o’tiladi. Avtomobilning tezligi, o’tgan yo’li va vaqt o’ziyozar mexanik qurilmalar yordamida qayd qilinadi. Avtomobilь jadal tezlanish bilan harakatlanayotgan davrda o’tilgan yo’l S va vaqt t topiladi.
|
|
21.5-rasm. Avtomobilning tezlanish grafigi
|
21.6-rasm. Uch uzatmali uzamalar qutisi uchun teskari tezlanish qiymatlarining grafigi
|
Ifodadagi dinamik Da omilni har bir uzatma uchun va tezliklar uchun aniqlanadi, buning uchun ψ koeffitsientning qiymati berilgan bo’ladi.
Avtomobil tezlanish bilan harakatlanganda o’tilgan yo’l va vaqtning analitik usulida aniqlash mumkin.
Avtomobilning tezlanishi tezlikdan vaqt bo’yicha olingan hosilaga teng, ya’ni:
bunda dt=dVa /ja
V1 tezlikdan V2 tezlikka yetgunga qadar sarflangan vaqtni quyidagicha aniqlanadi:
(7.3)
Tezlik V1 dan V2 tezlikkacha yetgunga qadar o’tilgan yo’lni quyidagicha aniqlanadi.
(7.4)
Bu integrallarni yechish qiyin, chunki ja bilan Va va Va bilan ular orasida bog’lanishlar yo’q.
Formuladan ko’rinib turibdiki, shig’ov bilan harakatlanishdagi yo’l va vaqtni analitik hisoblash ancha qiyin va bunga ko’p vaqt ketadi. Tezlanishda o’tilgan yo’l va vaqtni tezlanish grafigidan grafik integrallash usuli bilan osongina aniqlash mumkin. Buning uchun avtomobilning tezlanishiga teskari bo’lgan grafik qurish kerak (7.2-rasm). Tezlikni Van dan Vak gacha oshirish uchun ketgan vaqt T, va hamda dVa bilan chegaralangan elementar yuzalarning yig’indisiga teng, ya’ni bu yerda , mVa, ordinata va abstsissa o’qlaridagi parametrlar uchun masshtablar; F-Van va Vak teskari tezlanishlar chizig’i hamda abstsissa o’qi bilan chegaralangan yuza.
F yuzani planimetrlash usuli bilan aniqlash mumkin. Natijada yuqoridagi formulani qiymati aniqlanib, T=f(Va) funktsiyani 7.2-racmda ko’rsatilgandek chizish mumkin..
7.2-rasmdagi grafikni integrallash davrida tezlik Vamax ga yaqinlashgan sari, tezlanish ja nolga intiladi, natijada chiziq Vamax ga tegtshli ordinataga yaqinlasha boradi, ya’ni .
Do'stlaringiz bilan baham: |