Tezlikni oshirishga ketgan vaqt va yo’lini hisoblash va grafik usulida aniqlash.
Tayanch so’z va iboralar. Avtomobilning harakatining differentsial tenglamasi, inertsiya kuchi, aylanib harakatlanuvchi massalar inertsiya kuchini hisobga oluvchi koeffitsient, tenglamani yechish usullari, tortish va quvvat balansi grafigi, avtomobilning tezkorligi, baholovchi ko’rsatkichlar, avtomobilning tezlanishi, tezlanish grafigi va uning tahlili, tezlikni oshirishga ketgan vaqt va yo’lini hisoblash va grafik usulida aniqlash.
1. Avtomobilning harakatining differentsial tenglamasi.
1.1. Avtomobil harakatining umumiy tenglamasi va uni yechish usullari
Avtomobil harakatining umumiy tenglamasi harakatlantiruvchi Rt va qarshilik ko’rsatuvchi Pf , P,Pw,Pja kuchlarni bir-biri bilan bog’laydi.
Avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlarni yo’l tekisligidagi soyalarini ixchamlashtirilsa quyidagi tenglama hosil bo’ladi:
yoki (5.1)
Avtomobil quyidagi maromlarda harakatlanadi:
tortish kuchi ta’sirida qarshiliklarni yengib harakatlanish;
tortish kuchi bo’lmaganda salt harakatlanish;
tormozlash kuchi ta’sir etgandagi harakatlanish.
Harakat davomida avtomobil dinamikasini quyi-dagi o’lchamlar aniqlaydi:
- maksimal tezlik -Vamax;
- maksimal tezlikdagi avtomobilni dinamik omili - Da.vmax;
- maksimal tezlikda yo’lning umumiy qarshilik koeffitsienti - vmax ;
- birinchi tezlikda yurganda yo’lning umumiy qarshilik koeffitsienti - max.
Umumiy tenglamaga kiruvchi kuchlarni tezlik bilan bog’lovchi aniq funktsional bog’lanishlar mavjud emasligi sababli uni yechishda quyidagi grafik usullardan foydalaniladi:
- kuchlar muvozanati va uning grafigi yordamida.
- quvvatlar muvozanati va uning grafigi yordamida.
- dinamik omil va dinamik pasport grafiklari yordamida.
- avtomobilning kuchlar va quvvatlar muvozanati.
1.2. Avtomobilga ta’sir etuvchi kuchlar muvozanati.
Avtomobilning harakat tenglamasi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
yoki
Bu tenglama avtomobilning kuchlar yoki tortish muvozanati tenglamasi deb ataladi, u grafik usulda 21.1-rasmda ko’rsatilgandek yechiladi.
Rasmdagi grafikda va funktsiyalar chizig’i aks ettirilgan.
21.1-rasm. Kuchlar muvozanati tenglamasi va uni yechilishi.
Hosil bo’lgan egri chiziqlarni grafik usulda qo’shilsa, egri chizig’i hosil bo’ladi.
Jami qarshiliklarning yig’indisi RT chizig’i bilan kesishgan A nuqtasi avtomobilning o’zgarmas maksimal tezlik bilan shu qarshiliklarni yengib yurishi uchun zarur bo’lgan avtomobilning tortish kuchining qiymatini ko’rsatadi.
Tortish kuchi RTchizig’i bilan chiziqlar orasidagi masofa Rja ordinata bo’lib, u tortish kuchining sarflanmagan qismi bo’lib, u avtomobilga tezlanish berish uchun sarflanadi.
Rw kuch grafigi bilan abtsissa o’qi orasidagi masofa masshtabda Rw ni qiymatini, Rw grafigi bilan Rforasidagi ordinata masshtabda Rf kuchini, R chizig’i bilan abtsissa o’qi orasidagi ordinata masshtabda Rw kuchini qiymatini beradi. Bu usul bilan yo’l sharoitiga qarab avtomobilni harakat tezligini aniqlanadi va bu tezlik orqali yuk va yo’lovchilarni tashish ishini rejalashtiriladi.