3. Barglarda yorug‘lik ta’sirida kraxmal hosil bo‘lishi jarayonini tushuntirib
bering?
0 ‘simliklar suv va unda erigan mineral modda (tuz)lar ni tuproqdan ildiz tukchalari orqali so‘rib olishi sizlarga ma’lum. Suv va unda erigan mineral moddalar ildiz bosim
kuchi ostida dastlab ildiz tukchalariga, ulardan ildiz naycha- lariga sizib o‘tadi, so‘ngra poyaga, va nihoyat, barg tomirla- ridagi naychalar orqali barglarga o‘tadi. Barg hujayralariga suv bilan bir vaqtda og‘izchalar orqali havodan karbonat angidrid gazi kiradi. Barg eti hujayralaridagi xlorofill do- nachalari ishtirokida va yorug‘lik ta’sirida organik moddalar hosil bo‘ladi (58-rasm). Bu jarayonda xlorofill donachalarida karbonat angidrid suv bilan birikadi. Natijada, dastlab shakar, so‘ngra kraxmal hosil boiadi. Karbonat angidrid suv bilan birikkanda, shakar- dan tashqari yana erkin kislorod gazi ajralib, og‘izchalar or qali havoga chiqadi. 0 ‘simliklar hujayrasida faqat shakar va kraxmal emas, balki boshqa oziq moddalar ham to‘planadi. 0 ‘simliklarda organik moddalaming hosil bo‘lishi juda mu rakkab jarayon hisoblanadi
24-BILET
Do'stlaringiz bilan baham: |