2021, Maxsus son “PEDAGOGIK MAHORAT” ILMIY-NAZARIY VA METODIK JURNAL
43
Ansambl repertuariga xalq an’analarini oʻzida mujassamlashtirgan oʻzbek basrakorlarining asarlaridan
ham kiritish mumkin. Ular mazmun jihatidan bolalar uchun tushunarli boʻlishi, ularda qiziqish uyg’otishi va
shu bilan birga ijro etish imkoniyatlariga mos boʻlishi kerak. Murakkab asarlardan foydalanish esa tovush hosil
qilish malakasining shakllanishiga salbiy ta’sir koʻrsatadi va nafas organlari faoliyatining buzilishiga olib
keladi. Zarur ijrochilik malakalarini shakllantirish uchun xalq ijrochiligi yoʻlidagi qoʻshiqlarni tabiiy,
jarangdor qilib kuylashga erishishga yordam beruvchi turli mashqlardan foydalaniladi. Bu sohada endigina ish
boshlayotgan oʻqituvchi yoki toʻgarak rahbari shunga e’tibor
berishi kerakki, faol ijro etish xalq an’analari
bilan hech qanday umumiylikka ega boʻlmagan tovush zoʻriqishiga aylanib qolmasligi kerak. Xalq
musiqasidan tashkil topgan konsertlarga borish, shuningdek, texnika vositalari
yordamida bunday asarlarni
tinglash va uni taxlil qilish oʻquvchilarning tinglash madaniyatini, musiqaviy didini,
dunyoqarashini
shakllanishiga yordam beradi.
Bolalar folklori ansambli bilan ishlash, oʻqituvchidan qoʻshiq materialini qunt bilan taxlil qilishini, xalq
qoʻshiqlari, yozuvlarini tinglashni va oʻrganishni, repertuarni mukammal oʻzlashtirish yoʻllari va vositalarini
izlab topishi kerak. Birinchi guruhga oid boʻlgan mehnat qoʻshiqlarining yaratilishi va ijro etilishi, kishilarning
mehnat jarayoni bilan bevosita bog’liq holda mehnatni yengillashtirishga qaratilgan koʻtarinkilik,
hushchaqchaqlik va didaktik xarakterda boʻladi. Mehnat va san’atning oʻzaro munosabati ana shu muhim
masalalardan biridir. Chunki, mustaqil diyorimizda “Mehnatsiz hayotning goʻzalligini chin yurakdan his qilish
mumkin emas , oʻz oʻrnida goʻzallikni his qila olmaydigan inson biror - bir mukammal narsani yaratishga
qodir emas”.
Ona
zaminga muhabbat va hurmat, uni ardoqlab, noz - ne’mat yaratuvchi insonga hurmat tuyg’usini
tarbiyalash, ularni ana shunday insonlar boshlagan hayrli ishni davom ettirishga undab,
kasb-hunarni
ulug’lovchi qoʻshiqlar oʻquvchilarning diqqatini jalb etish maqsadga muvofiqdir. Oʻqituvchi yoki toʻgarak
rahbari kosibchilik hunari Markaziy Osiyo xalqlarining qadimiy kasbikorlaridan ekanligini gapirib, bu mehnat
turi uzoq oʻtmishdagi “Buyuk ipak yoʻli” davrida ancha takomillashgani va hozirgi kunda esa hurmat va e’tibor
topganligini alohida ta’kidlashi katta ahamiyat kasb etadi. Taniqli oʻzbek kompozitori G’ofur Qodirovning
“Bog’imizga marhamat” qoʻshig’i ham ana shunday mehnatni ulug’lovchi asarlardandir. Bu qoʻshiqda esa
bog’ yaratish, bunday goʻzal bog’lar yurtimizni yanada yashnatishi haqida kuylanadi. Qoʻshiqda bog’bonning
mehnati, sarhil mevalar esa dasturxonimiz koʻrki, qolaversa, mevalar inson organizmi uchun bebaho ne’mat
ekanligi haqida ma’lumotlar beradi. Bunday mehnat qoʻshiqlari oʻzbek xalq og’zaki ijodida, bastakorlarimiz
hamda kompozitorlar ijodida juda koʻplab topiladi. Bu mehnat qoʻshiqlari oʻquvchilarni birinchi tomondan
mehnatsevarlikka oʻrgatsa, ikkinchi tomondan musiqiy qadriyatlarga boʻlgan ijobiy munosabatni
shakllantiradi .
Xulosa.
Xalq musiqa ijodida urf-odat va mavsum-marosim qoʻshiqlari hamda ularga bog’liq boʻlmagan
qoʻshiqlar ya’ni, yalla, ashula, terma, lapar va maqomlar mavjud boʻlib, bu asarlardan toʻgarak rahbari oʻz
faoliyati davomida unumli foydalanishi lozim. Bunday xalq durdonalarini toʻgarak faoliyatida toʻg’ri qoʻllay
bilish, oʻquvchilarni unga qiziqtirish toʻgarak rahbaridan mohirlikni talab etadi. Bir soʻz
bilan aytganda,
oʻquvchilar qalbiga milliy g’oyani olib kirish va ularning ongiga singdirishda musiqiy qadriyatlarning oʻrni
juda kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: