Key words: parenting, attitude, emotion, experiences, emotions, perception, saying, singing, singing,
image, rhythm, melody, lyric.
Kirish.
Olamni estetik idrok qilish, kayfiyatni koʻtarish, beg’ubor qalbda ezgulikni uyg’otish, ma’nan
va ruhan tetik boʻlish bolalik duhyosidagi ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Bejizga buyuklar bolani ona
qornidaligidanoq tarbiyalab borish kerak deb ta’kidlamaganlar. Ona eshitgan qoʻshiq, tinglagan kuyi og’ushida
qanchalik kayfiyati koʻtarilib, madaniy dam olsa, tug’ulajak farzand ruhan tetik, ma’nan sog’lom, qobiliyatli,
zukko, mehr-oqibatli boʻlishi tabiiy. Bu jarayon goʻdaklik va bolalik davrida yanada mukammallashadi,
ulg’aygan sari mustahkamlanadi.
Asosiy qism.
Bolalar anglaydigan milliy urf-odatlar, tabiat moʻjizalari, turmush jarayonidagi harakat-
holat, ota-ona va boshqalarga boʻlgan munosabatlarni junbushga keltiradigan ichki kechinmalar, his-
tuyg’ularning kattalar tomonidan bolalar idroki darajasida aytilgan, kuylangan, xirgoyi qilingan qoʻshiqlar
bolalar qoʻshiqlaridir. Ular oʻzining obrazliligi, ritmi, kuyi bilan boshqa lirik qoʻshiqlardan ajralib turadi.
Mavsum-marosim qoʻshiqlar yil fasllari va milliy an’analarimiz bilan bog’liq boʻlgan, faqat bolalar
tomonidan ijro etiladigan qoʻshiqlardir. Kattalar bolalarninig tabiatga boʻlgan qiziqishini uyg’otish,
muhabbatini oshirish, har bir faslning oʻz ziynati bilan tanishtirishda ham faol boʻlganlar. Ular tabiat
moʻjizalarini va milliy urflarimizni qoʻshiqlar tarzida bolalarga oʻrgatganlar. Yil fasllari bilan boʻg’liq bahorda
kuylanadigan qoʻshiqlar “Boychechak”, “Oftob chiqdi olamga”, “Chittigul”, “Qaldirg’och” kabilar shular
jumlasidandir. Boychechak – bahor darakchisi. Bahor kelishi bilan bolalar koʻchalarda toʻda-toʻda boʻlib, turli
oʻyinlar oʻynaydilar, varrak uchiradilar, qizlar tolbargakdan qasaba yasab boshlariga taqadilar, qoʻshiqlar
aytadilar. Ularning birinchi bahor qoʻshig’i “Boychechak”dir. “Boychechak”ning kattalar va bolalar tilidan
yozib olingan yigirmaga yaqin varianti mavjud boʻlib, hajm jihatidan hammasi deyarli bir xil, ya’ni 8-10
misradan iborat.
Bolalar tushunchasida boychechak yoshlik, navqironlik, joʻshqinlik ramzi. U nozik boʻlsa-da, ildizi
baquvvat. Aqli raso, zukko, navqiron yoshlar bir maqsad sari yoʻlga tushdimi, uni hech qanday kuch fikridan
qaytarolmaydi. Bu davrda ular oʻta g’ayratli, joʻshqin, serharakat boʻladilar. Boychechak ham qahraton
sovuqning zarralari uzoqlashmay, yer isimay turib, toshloq, qattiq yermi yoki yumshoq joymi tatalanib boʻyini
choʻzib chiqadi. U bosilsa-da, yanchilsa-da yana qaddini rostlab oʻsib kelaveradi. U ramziy ma’noda isyonkor
ham. U hurlik, erkinlik tarafdori. “Boychechak” qoʻshig’i bolalarning sevimli qoʻshiqlaridan biri boʻlib, u turli
joylarda har xil variantlarda uchraydi. Ulardagi ayrim soʻzlar, jumlalar va shakli ham bir-biridan farq qiladi.
Bu turlichalik davrning oʻzgarishi bilan ramziylik kasb etsa, mahalliy kolorit nuqtayi nazarida dialektik
xoslikni ifodalaydi. Turli regionlarda aytilgan variantlar 4 yoki 6 misradan iborat. Ularning mazmuni ham bir-
biridan farq qiladi.
Bu variantda boychechak erka, nozik, tanti bolaga oʻxshatiladi. Bolasining oʻjarligini sezdirmaslik
uchun onasi unga qalqon. U zarar koʻrmay oʻsib-ulg’ayishi kerak. Yana bir variantda boychechakning nozik
tanasi arqonga oʻxshatiladi. Ya’ni boychechak tanalari arqondek tegirmonni aylantirishga qurbi yetadi.
Bahor elchisi nomini olgan qush qaldirg’och insonning doʻsti sifatida bolalarga tanishtiriladi.
Qaldirg’ochning samoda shoʻx oʻyini, quvnoq va yoqimli sasi bolalar diqqatini oʻziga rom qiladi. Ayniqsa,
qaldirg’ochning xuddi odamlar kabi loydan “qoʻrg’on” yasashi, chug’urchuqlarini tumshug’i bilan
oziqlantirishi, ularni uchishga harakatlantirishi, insonlar kabi mehnatkashligi bolalar diqqatini tortadi, shu
Do'stlaringiz bilan baham: |