Muhokamalar va natijalar.
Oʻquvchilar bilan samimiy munosabatda boʻlish juda muhim ahamiyatga
ega. Bunday munosabat oʻquvchilarda shu cholg’uga nisbatan mehr va qiziqish uyg’otadi. Natijada
oʻquvchilarning dars jarayonidagi va mustaqil ishlash jarayonidagi faolliklariga imkoniyat yaratadi. Aksincha,
nosamimiy boʻlgan har qanday harakatni oʻquvchilar tez ilg’aydilar. Ularning oʻqituvchi bilan boʻlgan
munosabatida majburiylik, oʻzlarining haqiqiy munosabatlarini berkitish holatlari paydo boʻladi.
Oʻqituvchi va oʻquvchi oʻrtasidagi samimiy munosabat natijasida oʻquvchini qiziqtirgan savollar tufayli
oʻzaro fikr almashish, oʻz fikrini mustaqil bayon qilish koʻnikmalari shakllanadiki, bu cholg’u ijrochilik sinfida
boshlang’ich musiqa maktabidan tortib, oliy oʻquv yurtidagi oʻquv jarayonida nafaqat ijrochilik koʻnikmalari-
yu, ma’lum ijrochilik repertuari ustida ishlash, balki oʻquvchi, boʻlg’usi sozanda-muallimlarni har tomonlama
musiqaviy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Oʻquvchi talabalarda paydo boʻladigan ijodiy intilishlarga,
ijodiy takliflarga monelik qilish kerak emas. Aksincha, ularni doimo qoʻllab-quvvatlab imkoniyat darajasida
bunday takliflarni amalga oshirishga harakat qilish, oʻqituvchi va oʻquvchi munosabatini yanada
yaxshilanishiga olib keladi.
Avvalo, oʻqituvchi oʻquvchilarga oʻzi oʻrnak boʻlishi kerak. Oʻqituvchidagi talabchanlik, qat’iyatlilik,
har bir ishni oʻz vaqtida bajarishi oʻquvchilarga oʻzining ta’sirini oʻtkazadi. Bundan tashqari oʻquvchilarga
berilgan vazifalarni doimo oʻz vaqtida bajarilishini talab qilish va nazorat qilish, konsertlarga, har-xil
tanlovlarga tayyorlanish va ularda ishtirok etish oʻquvchilardagi unga qoʻyilgan mas’uliyatga javobgarlik
hissini tarbiyalab boradi. Biron bir cholg’u ijrochiligidan dars beradigan oʻqituvchi faqat mohir sozanda
boʻlibgina qolmay, balki, umumiy pedagogika—psixologiyadan va barcha zamonaviy axborotlardan xabardor
boʻlishi hamda maxsus adabiyotlar bilan qiziqishi, mashhur oʻqituvchilar tajribasini oʻrganishi, shaxsiy
tajribasini doimo tahlil qilib, umumlashtirib borishi lozim.
Mashhur oʻqituvchilar oʻqituvchilik mahoratining muhim taraflaridan biri, har bir oʻquvchidagi yaxshi
xislatni vaqtida topib, unga e’tibor berish bilan birga, ularning iroda kuchiga aloqador boʻlmagan
kamchiliklarini yuziga solish nooʻrin ekanligini va umuman oʻquvchi-talabalar shaxsini haqoratlaydigan
koʻrsatmalarga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini ta’kidlaydilar.
“Oʻqituvchining dunyoqarashi, ijrochilik mahorati, ta’lim metodikasi va uning ijrochilik toʻg’risidagi
fikrlari boʻlajak sozandani shakllantirish uchun hal qiluvchi vosita boʻlib xizmat qiladi. Oʻqituvchining asosiy
vazifalaridan biri - oʻquvchining bilim va koʻnikmalarini oʻzgartirishiga rahbarlik qilishdir”. Oʻzbek milliy
musiqasi va ijrochilik san’ati bizning avlodlarimizdan og’zaki an’anada “ustozdan-shogirdga” oʻtib, bizgacha
oʻzining badiiy qimmatini toʻla saqlagan holda yetib kelgan. “Ustoz-shogird” uslubi oʻzining qadimiy
an’analariga, afzalliklariga ega boʻlganki, hozirgi zamon cholg’u ijrochiligi sinfida oʻqituvchi va oʻquvchi
munosabati “ustoz–shogird” an’anasining zamonaviy koʻrinishi desak mubolag’a boʻlmas.
Xulosa.
Hozirgi zamon cholg’u ijrochiligi oʻqituvchisi “ustoz-shogird” uslubining qadimiy
an’analarining sirlaridan ham boxabar boʻlishsa foydadan xoli boʻlmas edi. Shunday ekan oʻqituvchi va
Do'stlaringiz bilan baham: |