2020 Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

 
NURLANISH NORMALARI 
Radioaktiv izotoplar bilan ish bajariladigan sanoat korxonalarida, bu korxonalarda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri shu izotoplar bilan ishlayotganlardan tashqari, qo‘shni  yaqin xonalarda boshqa ishlar bilan 
shug‘ullanayotganlar, shuningdek sanoat korxonasi joylashgan zonada yashovchilar xam birmuncha 
radioaktiv nurlanishlar ta’siriga tushib qolishlarini xisobga olish kerak. 
Ishchilarni  va  boshqa  ishlar  bilan  radioaktiv  zonalarda  shug‘ullanayotgan  va  yashayotgan 
shaxslarning xavfsizligini ta’minlashning asosiy vositalari: xavfsiz oraliq masofalari bilan ta’minlash, 
nurlanish  vaqtini  kamaytirish,  umumiy  muxofaza  vositalari  va  shaxsiy  ximoya  vositalaridan 
foydalangan xolda amalga oshiriladi. Bunda radioaktiv nurlanishlar miqdorini o‘lchash asboblaridan 
foydalanib nurlanish dozasini bilish muxim axamiyatga ega. 
Ionlashtirilgan  nurlanishlardan  ishchilarni  saqlash  qoida  va  normalari  va  qo‘llaniladigan 
ximoya vositalari juda xilma-xildir. 
Asosiy normalovchi xujjat sifatida: “Radioaktiv xavfsizlik normalari (NRB-76)”. “Radioaktiv 
moddalar  va  boshqa  ionlashgan  nurlanish  manbalari  bilan  ishlovchilar  uchun  asosiy  sanitariya 
qoidalari”  (OSP-72);  GOST  12.2.018-76  “SSBT.  Rentgen  qurilmalari.  Xavfsizlikning  umumiy 


 
65 
talablari”;  GOST  17.4.001-75  “SSBT.  Ishchilarni  muxofaza  qilish  vositalari.  Klasslari”dan 
foydalaniladi. 
Joriy qilingan normalar bo‘yicha nurlanishning yo‘l qo‘yiladigan dozasi (YQD), shuningdek 
ishlovchi  uchun  bir  yillik  nurlanish  darajasi  50  yil  davomida  organizmda  yig‘ilgan  taqdirda  uning 
sog‘lig‘iga va avlodlari sog‘lig‘iga zarar etmaydigan miqdorlari belgilangan. 
Radioaktiv nurlanishlar kishi organizmining xammasiga birdan ta’sir ko‘rsatmasdan ba’zi bir 
organ  va  xujayralarini  ko‘proq  zararlashi  aniqlangan.  SHuning  uchun  xam  nurlanishning  umumiy 
dozasi  emas,  balki  organizmning  qaysi  qismida  radioaktiv  nurlanuvchi  moddalar  yig‘ilganligini 
xisobga olinadi. 
CHunki bu yig‘ilgan qismlardagi radioaktiv moddalar butun organizm falokatini ta’minlashi 
mumkin. 
SHuning uchun radioaktiv nurlanishlar xavfsizlik normalari NRB-76 bo‘yicha, yo‘l qo‘yilishi 
mumkin bo‘lgan dozalari (YQD) ichki va tashqi nurlanishlar bo‘yicha belgilanganda, nurlanuvchilar 
kategoriyasi va xavfli organlar xisobga olinadi. 
A  -  kategoriyasi:  ionli  nurlanishlar  manbalarida  mexnat  qilganliklari  sababli,  nurlanish 
ta’siriga duchor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxslar. 
B  - kategoriyasi: nurlanishlar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonasi joylashgan joyda, 
yoki unga yaqin zonalarda yashovchi shaxslar. 
V - kategoriyasi: mamlakatning xamma axoli yashash punktlari. 
Ichki  va  tashqi  nurlanishlar  uchun  yo‘l  qo‘yilishi  mumkin  bo‘lgan  doza  (YQD)  inson 
organizmining muxim qismlarini 3 guruxga bo‘lish bilan belgilanadi.  
I - butun tana, qizil suyak iligi; 
II - muskullar, qalqonsimon bez, yog‘ to‘plovchi xujayralar, jigar, buyrak, taloq, ovqat xazm 
qilish organlari, o‘pka, ko‘z qora chig‘i va boshqalar.  
III - suyak to‘qimalari, qo‘l terisi, elka, boldir va tovonlar. 
A  kategoriyasiga  kiradigan  ishchilarning  muxim  xavfli  organlarining  ichki  va  tashqi 
nurlanishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan dozasi 6 - jadvalda keltirilgan. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish