2020 Domuladjanov Ibragimjon


RADIOAKTIV NURLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

RADIOAKTIV NURLARNING INSON ORGANIZMIGA TA’SIRI 
Radioaktiv moddalar ma’lum xususiy xossalarga ega bo‘lib, inson organizmiga ta’sir qilishi 
natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin. 
Radioaktiv  moddalarning  eng  xavfli  tomoni  shundaki,  uning  ta’siri  inson  organizmidagi 
sezish organlari tomonidan sezilmaydi. 
Inson radioaktiv nurlar ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan ularning zararli ta’sirlarini 
mutlaqo sezmasligi mumkin. Bu esa insonni mexnatni muxofaza qilish qoidalariga befarq qarashga 


 
64 
olib keladi; natijasi esa ayanchli tugaydi. SHuning uchun xam radioaktiv moddalar bilan ishlaganda, 
ayniqsa, o‘ta extiyotkor bo‘lish kerak. 
Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo‘lishi mumkin. Tashqi tomondan 
nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning 
kirib  borish  kuchi  katta  axamiyatga  ega.  Kirib  borish  kuchi  katta  bo‘lgan  nurlarning  organizmga 
zarari xam kuchliroq bo‘ladi. 
Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki sistemalariga, masalan, 
emirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish organlari, o‘pkaga va shilimshiq moddaga, ovqat 
xazm qilish organlariga tushib qolgan taqdirda ro‘y beradi.  
Bunda  nurlanish  nur  tarqatuvchi  modda  qancha  vaqt  nurlansa  yoki  qancha  vaqt  davomida 
organizmda saqlansa, shuncha vaqt davom etadi. SHuning uchun xam radioaktiv moddalarning katta 
parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo‘lgan moddalar ayniqsa xavfli xisoblanadi. 
Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri organizmdagi atom va molekulalarning ionlanishi 
sifatida xarakterlanadi va bu o‘z navbatida xar xil kimyoviy birikmalar strukturalarining o‘zgarishiga 
va  normal  molekulyar  birikmalarda  uzilishlar  bo‘lishiga  olib  keladi.  Bu  o‘z  navbatida  tirik 
xujayralardagi  modda  almashinuvining  buzilishiga  va  organizmda  biokimyoviy  jarayonlarning 
ishdan  chiqishiga  sabab  bo‘ladi.  Katta  kuchdagi  nurlanish  ta’siri  uzoq  vaqt  davom  etsa,  ba’zi  bir 
xujayralarning  xalokati  kuzatiladi  va  bu  o‘z  navbatida  ayrim  organlarning,  xattoki  butun 
organizmning xalokati bilan tugaydi. 
Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish sistemasining buzilishi 
kuzatiladi.  Bunda  qon  aylanish  ritmi  susayadi,  qonning  quyilish  xususiyati  yo‘qola  boradi,  qon 
tomirlari, ayniqsa kapilyar qon tomirlari mo‘rt bo‘lib qoladi, ichki ovqat xazm qilish organlarining 
faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish 
qobiliyati kamayadi. 
Radioaktiv  moddalarning  qo‘lga  ta’sir  qilishi  oldin  sezilmaydi.  Vaqt  o‘tishi  bilan  qo‘l 
qurushoq bo‘lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi. 
Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari tashqaridan ta’sir ko‘rsatganda organizmning teri 
qavati etarlicha qarshilik ko‘rsata oladi. Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat xazm qilish organlariga 
tushib qolganda ularning zararli ta’siri kuchayib ketadi. 
Ko‘pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig‘ilish xususiyatiga ega. 
Masalan jigar, buyrak va suyaklarda yig‘ilishi bu organizmlarning tezda ishdan chiqishiga olib keladi. 
Ba’zi  bir  radioaktiv  moddalar  zaxarli  bo‘lib,  ularning  zaxarlilik  darajasi  eng  xavfli  zararli 
moddalarnikidan xam yuqori bo‘ladi. 
Organizmning  nurlanish  dozasini  xisobga  olib  radioaktiv  moddaning  inson  organizmidagi 
miqdorini baxolash mumkin. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish