2020 Domuladjanov Ibragimjon



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/115
Sana08.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#333835
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115
Bog'liq
XFX ma'ruzala matni 777

BLOKIROVKA QURILMALARI 
Blokirovka qurilmalarining asosiy vazifalari mashina va mexanizmlarning xavfli zonalariga 
odamning tushib qolib jaroxat olishiga xalaqit beradigan qurima xisoblanadi. Bu qurilmaning ishlash 
jarayoni  birinchidan  odam  tanasi  qismlarini  xavfli  zonaga  tushirmaslik  yo‘liga  g‘ov  bo‘lsa, 
ikkinchidan  agar  mabodo  odam  shu  zonada  ish  bajarishi  zarur  bo‘lsa,  unda  shu  xonadagi  xavfli 
vaziyatni  vujudga  keltiruvchi  xarakatlanuvchi  yoki  aylanuvchi  qismlar  xarakatini  to  ishchi  shu 


 
57 
xonadan chiqib ketgunga qadar to‘xtatib turadi. Bunday qurilmalarning moxiyati to‘siq vositalarini 
o‘rnatgandajuda qo‘l keladi. Masalan, aylanuvchi baraban atrofi to‘siq bilan to‘silgan bo‘lsin. Agar 
blokirovka qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, bunday to‘siq vositalarini olib tashlab xavfli zonaga kirib 
ish  bajarish  natijasida  odam  xavfli  zonada  jaroxat  olishi  muqarrar  bo‘lib  qoladi.  Agar  shu  to‘siq 
vositalarini ajraluvchi va ochiluvchi qismlariga blokirovka qurilmasini o‘rnatsak bu xavf o‘z -o‘zidan 
yo‘qoladi. CHunki aylanuvchi  yoki xarakatlanuvchi qismni xarakatga keltirayotgan elektr quvvati 
mana shu ajraluvchi qismlar orqali o‘tadigan qilib qo‘ysak bu masala o‘z-o‘zidan echiladi. Buning 
uchun  ajraluvchi  yoki  ochiluvchi  qism  oralig‘iga,  ochilganda  yoki  ajralganda  o‘chib  qolishni 
ta’minlaydigan  knopka  qo‘yish  kifoya.  Agar  biz  biror  ish  bilan  bu  to‘siqni  olib  ichkariga  kirsak, 
baraban  to‘xtagan  bo‘ladi.  To  biz  bu  to‘siqni  yopib  qo‘ygunimizga  qadar  bu  barabanni  xarakatga 
keltirish imkoniyati yo‘q. 
Ishlash  moxiyatiga  asosan  blokirovkalar  mexanikaga  asoslanib  ishlaydigan,  elektr  toki 
ta’sirida xarakatga keladigan, fotoelektr tizimi, radiatsiyali, gidravlikaga va pnevmatikaga asoslangan 
va bulardan ikkitasining qo‘shilmasidan tashkil topgan turlari bor. 
Mexanik blokirovka bu mashinani ishga tushirish qurilmasi bilan uning muxofaza qopqog‘i 
orasidagi  uzviy  bog‘lanishga  asoslangan  bo‘ladi.  Elektr  toki  ta’sirida  xarakatga  keladigan 
blokirovkalarni xar qanday elektr sistemalarida va mashinasozlik texnologik jarayonlarida qo‘llash 
imkoniyatlari  mavjud.  Masalan  xar  qanday  to‘siq  qopqog‘ini  oxirgi  o‘chirish  tizimi  bilan 
birlashtirilgan xolati, agar qopqoq ochilganda yoki olib qo‘yilganda oxirgi o‘chirish tizimi tomonidan 
elektr  motoriga  kelayotgan  tokni  o‘chirib  qo‘yishga  asoslangan.  Agar  qopqoq  butunlay  yopilmasa 
yoki  noto‘g‘ri  yopilsa,  unda  elektr  motoriga  tok  o‘tishi  ta’minlanmaydi  va  faqat  to‘g‘rilab 
yopilgandagina tok o‘tishi ta’minlanadi.  
Fotoelektr  xususiyatiga  ko‘ra  ishlaydigan  blokirovka  tizimi  ning  ishlashi  asosida  yorug‘lik 
nurining  elektr  yurituvchi  kuch  xosil  qilishiga  asoslangan.  Masalan  ma’lum  maydonda  press 
qurilmasi ishlatilayapti deb faraz qilaylik. Albatta press bosqoni ishlaydigan joy bu mashinaning eng 
xavfli joyi xisoblanadi. Aytaylik press bosqoni o‘rnatilgan tayanchlardan biriga ma’lum bir quvvat 
bilan  nur  oqimi  xosil  qiluvchi  manba  o‘rnatilgan  bo‘lsin.  Press  bosqoni  tayanchining  ikkinchisiga 
xuddi shu nurni qabul qilib olish uchun fotoelement ma’lum miqdorda elektr yurituvchi kuchi xosil 
qiladi.  Bu  elektr  yurituvchi  kuch  ma’lum  kuchaytirgichlar  orqali  press  bosqonini  to‘xtatish 
qurilmasiga  ulab  qo‘yilgan  bo‘lsa,  unda  o‘sha  tayanchlar  orasiga  tushib  qolgan  odam,  yoki  uning 
ma’lum bir qismi nur oqimini to‘sib soya xosil qilsa, unda fotoelementda xosil bo‘layotgan elektr 
yurituvchi kuch xosil bo‘lmay qoladi va buning natijasida bosqon to‘xtatish vositasi ishga tushadi va 
uni  juda  tez  muddatda  to‘xtatib  qo‘yadi.  Bunday  vositalar  yordamida  stanoklarning  qirqadigan 
qismlarini,  qayishli  va  zanjirli  uzatmalarni,  tishli  g‘ildiraklarni  qopqoqlarini  jixozlash  mumkin. 
Qopqoqlar olinishi bilan bunday uzatmalarda xarakat to‘xtaydi  va qopqoqni joyiga qo‘ymaguncha 
uni xarakatga keltirish imkoniyati yo‘q. 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish