69
0
5
10
15
20
25
30
35
Фарғoна
тумани
Ўзбeкистoн
тумани
Бағдoд
тумани
Oлтиариқ
тумани
Фурқат
тумани
3.4.1-diagramma.
Bundan kо`rinib turibdiki, Bag`dod va Furqat, Farg`ona tumanlarida zararlanish
nisbatan kuchli bо`lishi aniqlandi. Bag`dod va Furqat tumanida teraklarni kо`p
ekilishi va tuprog`ining shо`rlanish
darajasi yuqoriligi, Farg`ona tumani esa adir
zonasida joylashganligi va suvning kam bо`lishi bilan belgilanadi.
70
IV
-
BOB.
KSILOFAG ZARARKUNANDALARGA QARSHI
SAMARALI KURASH CHORALARI
1.1.
Agrotexnik tadbirlar
Bu usul o'simliklarni uyg'unlashgan holda himoya qilishda asosiy hisoblanadi.
Agrotexnika usuli yordamida zararkunandalar ko'payishining oldini olish, ba'zan esa
ularni butunlay qirib tashlash mumkin.
Agrotexnika usulini muvaffaqiyatli qo'llash yo'li bilan zararkunandalar uchun
noqulay
sharoit yaratish, erkin o'simliklarining yaxshi о'sib rivojlanishi hamda
entomofaglar ko'payishi uchun esa qulay sharoit vujudga keltirish mumkin.
Zararkunandalarning rivojlanishi va zarar keltirishi ko'pincha tabiiy muhit
sharoitiga, oziq miqdoriga, harorat va namlikning o'sha zararli tur uchun qulayligiga
va boshqa muhit sharoitiga bog'liq.
Agrotexnika chora-tadbirlaridan oqilona foydalanish ko'plab zararli hasharotlar
ommaviy rivojlanishining oldini olishga, ularning zarari
darajasini kamaytirishga
imkon beradi. Bunday agrotexnika usullari yerga ishlov berish, almashlab ekish,
o'g'itlash, sug'orish ishlarini o'z vaqtida amalga oshirish va hokazolardan iborat. Bu
ishlar o'z vaqtida bajarilsa, kimyoviy preparatlardan kamroq foydalaniladi. Keyingi
yillarda o'ziga xos ixtisoslashgan xo'jaliklarning tashkil etilishi katta-katta
maydonlarda bir xil turdagi ekinlar ekishga imkon berdi. Bu esa o'z
navbatida,
o'simliklar zararkunandalari uchun qulay vaziyat vujudga keltirdi. Bundan tashqari,
dalalarning hajmi va shakli o'zgartirildi, almashlab ekish tashkil etildi, katta-katta
suv omborlari qurilib, yangi yerlar o'zlashtirildi va sug'oriladigan
yerlar maydoni
kengaytirildi. Bu tadbirlar zararsiz bo'lgan ayrim zararkunanda turlarining asosiy
zararkunandalarga aylanishiga sabab bo'ldi.
O'rta Osiyo iqlimi zararkunandalarning rivojlanishi uchun juda qulay bo'lib,
ko'pgina turlar bu yerda bir necha marta nasi berib rivojlanadi. Bitlar,
o'rgimchakkana, olma qurti va boshqalar shular jumlasidandir. Zararkunandalarning
ixtisoslashuvga mos kelishi ham ularning ommaviy ravishda ko'payishiga sabab
bo'ladi. Meva daraxti zararkunandalari erta bahordan to kech kuzgacha, ya'ni
hosil
71
yig'ib-terib olinguncha zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli imkoni boricha,
kimyoviy dorilarni kamroq ishlatish lozim, chunki ular o'simliklar orqali oziq-ovqat
mahsulotlariga, oziq orqali hayvonlar tanasiga o'tib, katta zarar keltirishi, inson va
hayvonlarni kasallantirishi mumkin. Shuning uchun bunday xo'jaliklarda
agrotexnika usulidan kengroq foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bundan tashqari,
hosil o'z vaqtida o'rib-yig'ib olinganda ham ba'zi zararkunandalarning zarari
kamayishi mumkin.
Agrotexnika usulining yana bir afzailigi shundaki, mahsulot pestitsid
qoldiqlarisiz - toza bo'ladi, dalalarda esa foydali hasharotlarning rivojlanishi va
ko'payishi uchun imkoniyat yaratiladi, oqibatda ekologiya tarozisi bir tomonga og'ib
ketmasligi ta'minlanadi. Foydali hasharotlar endi bu dalalardan boshqasiga
(masalan, bedazorlardan bog'larga) uchib o'tadi. Bedazorlar foydali turlar
ko'payadigan manba vazifasini bajaradi. Agrotexnika usuli asosan 2 yo'nalishda
foydalidir:
1) sog'lom o'simliklar o'z-o'zidan zararkunandalarga chidamli bo'ladi va usulni
qo'llash orqali ham bu turlar uchun noqulay sharoit vujudga keladi;
2) kasallangan o'simliklarning rivojlanishi va o'z holatini
tiklab olishi uchun
sharoit yaratiladi. Bundan tashqari, agrotexnika usulini integrallashgan usul chora-
tadbirlari bilan birgalikda amalga oshirish ham uning afzalliklaridan biridir. Bu usul
ko'pincha qo'shimcha sarfxarajat talab qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: