4
KIRISH
Bitiruv-malakaviy
ishining
dolzarbligi
.
Respublikamiz
o‘rmon
resurslarining boy salohiyatidan to‘la-to‘kis va oqilona foydalanishni ta’minlash,
o‘rmon xo‘jaligi boshqaruv tiziminiyanada takomillashtirish, o‘rmon fondi
yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, sohaga ilg‘or
ilmiy-texnika
yutuqlarini joriy etish, o‘rmon xo‘jaliklarining moddiy-texnika bazasini
mustahkamlash va modernizatsiya qilish, shuningdek,
xorijiy investitsiyalarni
yanada faol jalb etish va ekologik turizmni rivojlantirish maqsadida O`zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning 11-may kuni
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasini tashkil etish
to‘g‘risida maxsus farmoni imzolandi.
Jumladan, mazkur farmonda manzarali, mevali daraxtlar va buta ko‘chatlari
yetishtirish, dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini yaratish, tog‘ yonbag‘irlarida, cho‘l
va lalmi yerlarda yetishtiriladigan, qurg‘oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga
chidamli bo‘lgan o‘simliklar seleksiyasi va urug‘chiligi bo‘yicha
ilmiy tadqiqotlar
olib borish;
Mintaqalarning
tuproq-iqlim
sharoitlarini
hisobga
olgan
holda
qurg‘oqchilikka, zararkunanda va kasalliklarga chidamli o‘simliklar turlarini
tanlash, manzarali o‘simliklarni rayonlashtirish bo‘yicha tavsiyalarishlab
chiqish; bo’yicha turli vazifalar berilgan.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi manzarali, mevali daraxtlar va butalarning turli
ksilofag hasharotlariga qarshi kurashga bag’ishlanadi. O’zbekistonda mazkur
zararkunanlarga qarshi kurashga qaratilgan tadqiqotlar umumlashtirilgan bo’lib, bu
ma’lumotlar to’g’risida axborotlar yetarli emas.
Ksilofag qo‘ng‘izlar turli ekotizimlar entomotsenozlarning ajralmas qismi
sifatida, ularning ozuqa zanjirida va funksiyalanishida muhim o‘rin tutadi.
Ksilofag qo‘ng‘izlarning barcha turlari keng ozuqa spektriga ega bo‘lib, ular
ma’daniy
va tabiiy landshaftlar mevali, manzarali hamda yovvoyi daraxt va
5
butalarda oziqlanib, jiddiy zarar yetkazadi. Mazkur hasharotlar bilan zararlangan
manzarali va mevali daraxtlarning hosildorligi keskin pasayib ketadi,
kuchli
zararlangan daraxtlar oxir oqibatda nobud bo‘ladi.
Ksilofag qo‘ng‘izlarni qishloq xo‘jaligidagi o‘rni va zarar keltirishini inobatga
olgan holatda ularni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish 150 yildan ortiqroq tarixga ega.
Shu yillar mobaynida Markaziy Osiyoning turli mintaqalari sharoitida boshqa
hasharotlar qatorida bu guruh qo‘ng‘izlar ham o‘rganib kelindi. Shuni alohida
ta’kidlash lozimki, O‘zbekistonda, shu jumladan Farg‘ona vodiysida mazkur
hasharotlarning turlar xilma-xilligi,
tarqalishi, biologiyasi, ekologiyasi va xo‘jalik
ahamiyati keng qamrovli tadqiq etilmagan.
Muhtaram yurtboshimizning “Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari” asarida ta’kidlanganidek,
“qishloq xo‘jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishni kengaytirish” borasidagi vazifalar
qatoriga mevali bog‘larni zararkunandalardan himoya qilish, ularga qarshi ilmiy
asoslangan ekologik zararsiz usullarni ishlab chiqish hozirgi davrning eng dolzarb
vazifalari sirasiga kiradi.
Hukumatimiz qarorlariga muvofiq manzarali daraxtlarni yanada ko’paytirish,
avvalo havoni kislorod
bilan boyitadigan eman, qarag’ay, kashtan, qayin, yapon
saforasi, majnuntol kabi estetik zavq beradigan manzarali daraxtlarni ko’proq
ekishga e’tibor qaratilmoqda.
Farg’ona viloyatining o’zida manzarali daraxtlarning barchasi ko’chalar
bo’ylab shahar obodligiga va tabiatimiz musaffoligiga, bog’dorchlilik xo’jaliklarida
yetishtirilayotgan turli mevalar esa salomatligimizga va shu bilan birga iqtisodiy
yuksalishimizga katta xissa qo’shmoqda. Farg’ona viloyatida 50 ga yaqin mevali va
manzarali daraxt xillari mavjud .
Mutaxasislarning aytishicha 1 ga maydondagi daraxtzorlar yiliga atmosfera
havosidagi 54 tonna changni o’ziga (barg orqali) yutib, chiqindilar, avtomobillar va
manbalardan chiqayotgan 5 tonnadan ortiq uglerod (II) oksidni ushlab qolar ekan.
Havoni zararli mikroflora bilan to’yinishi yashil daraxtlar hisobiga 40-45 foizga
6
kamaytiriladi. Keng ko’lamda ko’kalamzorlashtirish
xududda havo harorati ochiq
joylarda nisbatan 16 daraja salqin bo’ladi.
Shunday ekan, bunday foydali qurulishbop, manzarali va mevali daraxtlarni
turli xil kasalliklar, zararkunanda hasharotlardan saqlash bugungi kunning dolzarb
muammolaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: