214-mashq. O’qing, fe’llarni topib, aniq nisbat shaklidagi fe’llarni ko’chiring.
Feruza hovliga tushib, shabnamda qiyg’os ochilgan atirgullar ustiga egildi, to’yib-to’yib hidladi. Ariqning tiniq salqin suvida qo’l-betini chayib, oshrayhonning serbarg shoxini sindirdi, chakkasiga qistirdi. Soatiga qaradi: besh yarim. Quyosh hali ko’tarilmagan, osmon o’chgan gulxanday kul rang, u yer-bu yerda qo’r yulduzlar miltillab ko’rinardi.
Feruza bor-yo’g’i uch soat uxlabdi. Taajjubki, uyquga to’yibdi... Bog’ etagidan, ishkom ichidan, Hanifa bir patnis shivilg’oni bilan husayni ko’tarib chiqdi. ...Feruza Hanifaning qo’lidan patnisni oldi.
Otam qayoqdalar?
Otang bog’da ishlayaptilar. CHaqirdim, hozir chiqadilar. Ayvonga chiqishdi... Hanifa choy damladi. CHo’lbobo bog’dan bir etak olma olib chiqdi. (H. G’.)
Do'stlaringiz bilan baham: |