Agar ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan
huquqni aniqlashning imkoni bo‘lmasa, chet el elementi bilan murakkablashgan
fuqarolik-huquqiy munosabatlar bilan eng uzviy bog‘langan huquq qo‘llanadi.
Chet el huquq normasi ommaviy-huquqiy xususiyatga ega bo‘lganligiga
asoslanibgina uni qo‘llashni cheklash mumkin emas.
Shuningdek, yuridik tushunchalarga sud yoki boshqa davlat organi
tomonidan huquqiy baho berishda, qonunda boshqa
holatlar nazarda tutilmagan
bo`lsa, bunday yuidik tushunchalarni nizo ko`rib chiqilayotgan davlat sifatida
O`zbekiston Respublikasining huquqiga muvofiq sharhlashga asoslanadi.
Agar yuridik tushunchalar nizo ko‘rib chiqilayotgan mamlakat sifatida
O‘zbekiston Respublikasining huquqiga noma’lum bo‘lsa yoki boshqa nom yoxud
boshqa mazmun bilan ma’lum bo‘lsa va O‘zbekiston Respublikasining huquqi
bo‘yicha talqin etish orqali aniqlanishi mumkin bo‘lmasa,
ularga huquqiy baho
berishda chet davlat huquqi ham qo‘llanishi mumkin.
Sud yoki boshqa davlat organi chet el huquqini qo`llanishda uning normalari
mazmunini bu normalarning tegishli bo`lgan xorijiy davlatda rasmiy talqin etilishi,
qo`llanish amaliyoti va doktrinasiga muvofiq aniqlaydi.
Sud yoki boshqa davlat organi chet el huquqi normalari mazmunini aniqlash
maqsadida yordam va tushuntirishlar so‘rab Adliya vazirligiga va boshqa milliy
vakolatli organlar hamda muassasalarga, shu jumladan chet eldagi organlar va
muassasalarga murojaat etishi yoxud ekspertlarni jalb qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etayotgan shaxslar o‘z talablari yoki e’tirozlarini
asoslash
uchun o‘zlari vaj keltirayotgan chet el huquqi normalarini tasdiqlovchi hujjatlarni
taqdim etishga va bu normalarning mazmunini aniqlashda sudga yoki boshqa davlat
organlariga boshqacha tarzda yordamlashishga haqlidirlar.
Agar ushbu moddaga muvofiq ko‘rilgan chora-tadbirlarga qaramay, chet el
huquqi normalarining mazmuni oqilona muddatlarda aniqlanmasa, O‘zbekiston
Respublikasining huquqi qo‘llaniladi.
Chet el huquqiga har qanday havola etish tegishli mamlakatning kollizion
huquqiga emas, balki, moddiy huquqiga havola etish deb qaralishi joiz.
Sud yoki boshqa davlat organi o‘zi ko‘rib chiqayotganiga o‘xshash
munosabatlarga nisbatan tegishli chet davlatda O‘zbekiston Respublikasining
huquqi qo‘llanishi yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar,
ana shu chet davlatning
huquqini qo‘llayveradi, O‘zbekiston Respublikasi qonunida chet el huquqini
o‘zarolik asosida qo‘llash nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Agar chet el huquqini qo‘llash o‘zarolikka bog‘liq bo‘lsa, boshqacha holat
isbotlanmaganligi sababli u mavjud deb taxmin qilinadi.
Demak, O`zbekistonning “A” AJ tomonidan ushbu tovar belgisiga bo`lgan
huquqni ro`yhatdan o`tkazish to`g`risida murojaat qilgani hamda “Paklan” tovar
belgisiga bo`lgan huquq №116503 davlat raqami bilan ushbu AJ “A” nomiga
ro`yhatdan o`tkazilganligi aniqlangan bo`lsa, u holda
murojaatning rad etilishi
asosli, deb hisoblayman. Konsern O`zbekistonning arbitraj sudiga AJ “A” nomidagi
“Paklan” tovar belgisiga bo`lgan huquqni bekor qilishni so`rab da`vo ariza bilan
murojaat qildi. Da`vo arizasi berilgunga qadar O`zbekistonning “A” AJ boshqa
o`zbek firmasiga litsenziya shartnomasi asosida tovar belgisiga bo`lgan huquqdan
foydalanish huquqini o`tkazishga ulgurgan bo`lsa, u holda firma litsenziya asosida
qonuniy faoliyat yuritayotgan bo`lsa, u holda ushbu masala O`zbekiston
qonunchiligi asosida hal etiladi.
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro`yhatdan o`tkazish uchun
agentlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi.
Tovar belgisining
ustuvorligi tovar belgisini ro`yhatdan o`tkazish uchun birinchi talabnoma Sanoat
mulkini muhofaza qilish bo`yicha Parij konvensiyasiga qo`shilgan davlatda berilgan
sanaga qarab, basharti shu sanadan keying 6 oy mobaynida Agentlikka tovar
belgisini ro`yhatdan o`tkazishga doir talabnoma tushgan bo`lsa belgilanishi
mumkin. Tovar belgisining ustuvorligi ilgari O`zbekiston Respublikasining xalqaro
shartnomasiga ko`ra muhofaza qilingan tovar belgisining ustuvorligi sanasiga qarab
belgilanishi mumkin.