hamda kapitallar va kreditlarning harakatlari bo`yicha amalga oshiriladigan hisob-
kitoblarni o`z ichiga oladi.
Hisob-kitoblar naqd pulli va naqd pulsiz ko`rinishda bo`lib, o`z o`rnida naqd
pulsiz hisob-kitoblar ham bir necha shakllarga bo`linadi:
Memorial order;
To`lov topshiriqnomasi;
To`lov talabnomasi;
Inkasso topshiriqnomasi;
Akkreditiv orqali hisob-kitob qilish.
Bank o`tkazmalari – xalqaro hisob-kitoblarning eng oddiy shaklidir, bu
bir bankdan ikkinchi aniq bir summani o`tkazma qabul qiluvchiga to`laydigan
topshiriqnomadir.
Agar, korxona huquqshunosi sifatida faoliyat yuritadigan bo`lsam, eng
keng tarqalgan
ikki xil hisob-kitobni, ya`ni, akkreditiv va inkasso hisob-
kitoblarni taklif qilgan bo`lar edim.
Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijozning (to‘lovchining)
topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank
(bank-emitent) mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs (bundan keyingi
matnda — mablag‘larni oluvchi) hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda
nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish
majburiyatini oladi.
Inkasso bo‘yicha hisob-kitob qilinganida mijoz o‘z bankiga (bank-
emitentga) pul to‘lovchidan to‘lovni va (yoki) to‘lov akseptini mijoz hisobidan
qabul qilish haqida topshiriqnoma yuboradi.
Inkasso topshirig‘ini olgan bank-emitent uni bajarish uchun boshqa
bankni (ijrochi bankni) jalb qilishga haqli. Inkasso bo‘yicha hisob-kitoblarni
amalga oshirish tartibi qonunchilik bilan va bank amaliyotida qo‘llaniladigan
ish muomalasi odatlari bilan boshqariladi.
Mijozning topshirig‘i bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan
taqdirda, bank-emitent uning oldida qonunda nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
va miqdorda javobgar bo‘ladi.
Agar ijrochi bank tomonidan hisob-kitob
operatsiyalarini amalga
oshirish qoidalari buzilganligi munosabati bilan mijozning topshirig‘i
bajarilmagan yoki tegishli suratda bajarilmagan bo‘lsa, mijoz oldidagi
javobgarlik ushbu bank zimmasiga yuklatilishi mumkin.
2.
Chet el elementi bilan murakkablashgan farzandlikka olish jarayonida
ishtirok etuvchi davlatlarning vakolatlari xususida fikr yuriting va xalqaro
shartnomalarda ushbu mavzu yuzasidan qanday to`xtamlarga kelinganligi
to`g`risida o`zaro muhokamaga kirishing.
Javob:
Farzandlikka olish xalqaro xarakterga ega bo`lishi uchun va
xalqaro
xususiy huquq normalari vositasida tartibga solinishi uchun eng avvalo,
farzandlikka
olayotganlar va farzandlikka olinuvchi shaxslar bir-birlari bilan chet el fuqarosi
bo`lishi yoki farzandlikka olish xorijiy davlat hududida amalga oshirilishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan ham, chet el fuqarolari tomonidan
ham O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan bolani farzandlikka olishda aohida
shartlar yoki tartib belgilanmagan. Bu borada istisno tariqasida faqatgina Oila
kodeksi 237-moddasi 3-qismida agar farzandlikka olish natijasida farzandlikka
olingan bolaning O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi hamda xalqaro
shartnomalari bilan belgilangan huquqlari buziladigan bo‘lsa, farzandlikka
oluvchining qaysi fuqarolikka mansubligidan qat’i nazar, farzandlikka olish mumkin
emas, farzandlikka olingan taqdirda esa, u sud tartibida bekor qilinishi lozimligi
belgilab qo`yilgan. O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan bolani farzandlikka
olishni istagan O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi
O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan
shaxslar farzandlikka olish to`g`risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning
yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog`ison
Respublikasi fuqarolik
ishlari bo`yicha Oliy sudiga, fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat yoki Toshkent shahar
sudiga berishlari lozimligi belgilangan. 1965-yilgi “Farzandlikka olishda
yurisdiksiya, qo`llaniladigan huquq va farzandlikka olish to`g`risidagi sud
qarorlarini tan olish to`g`risida”gi Gaaga Konvensiyasi alohida o`ringa ega bo`lib,
unda farzandlikka olishning protsessual jihatlari, farzandlikka oluvchilar va
farzandlikka olinuvchilarga qo`yiladigan talablarning belgilanishi bilan farzandlikka
olishning protsessual jihatlari takomillashtirilgan. 1967-yil 24-aprelda Strasburgda
imzolangan “Bolalarni farzandlikka olish to`g`risida”gi Yevropa konvensiyasi 18
davlat tomonidan,
jumladan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya,
Daniya, Italiya, Latviya davlatlari tomonidan imzolangan bo`lib, farzandlikka olish
borasidagi moddiy huquq normalarini unifikatsiyalashga qaratilgan.
Ushbu
Konvensiyada bir davlatda amalga oshirilgan farzandlikka olish ikkinchi davlatda
tan olinishi uchun amalga oshirilishi lozim bo`lgan shartlar belgilangan. Bunda, 18
yoshga to`lmagam, nikoh qurmagan va qonun bo`yicha voyaga yetmagan
hisoblangan bolalar nazarda tutilgan. 1984-yilgi xalqaro xususiy huquq masalalari
bo`yicha uchinchi maxsus Amerika konferensiyasida qabul qilingan “Voyaga
yetmaganlarni farzandlikka olish bo`yicha kollizion huquq to`g`risida”gi
Konvensiyaga muvofiq esa, farzandlikka olinayotgan bolaning roziligi, farzandlikka
olish tartibi, bu boradagi formal talablarga nisbatan voyaga yetmagan shaxsning
doimiy turar-joyi qonui qo`llanilishi, farzandlikka olayotgan shaxsning qonuni esa,
uning farzandlikka olish talablariga javob berishi, yoshi va nikohda bo`lishi
masalalariga nisbatan qo`llanilishi belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: