2016 Kon ishlari asoslari p65


-rasm. Skreperlash gorizonti sxemasi



Download 2,24 Mb.
bet25/80
Sana31.03.2022
Hajmi2,24 Mb.
#522216
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80
Bog'liq
kitob 2016 Kon ishlari asoslari

3.8-rasm. Skreperlash gorizonti sxemasi.
1 — tashish lahimi (shtrek yoki ort); 2 — skreper chig'iri;
3 — skreperlash lahimi (ort yoki shtrek); 4 — voronka; 5 — sim arqoni;
6 — skreper.

3.6. Ruda shaxtalarida kon bosimini boshqarish va qazish tizimlari


Ruda konlarini qazib olishda kon bosimini boshqarishning turli usullaridan foydalaniladi. Ulardan asosiylari: qazish bo'shlig'ini tabiiy saqlash usuli; ruda tanasini o'rab turgan (asosan, ustki) jinslarni qulatish usuli; qazish bo'shlig'ini sun'iy saqlash usuli.
Qazish bo'shlig'ini tabiiy saqlash usuli ruda va kon jins- larining tabiiy qattiqligi, turg'unligi, shuningdek, qoldiriladigan seliklarning mustahkamligiga asoslanadi. Bu usulda kon bosimi lahimning kengligi, qoldirilgan seliklarning shakli va o'lcham- lari orqali boshqariladi.
Kon bosimini boshqarishning ruda tanasi ustki jinslarini qulatish usuli (bu jinslar massivdan ajratib olingan ruda ustiga qulatiladi) qazish bo'shlig'ini tabiiy saqlash usulini qo'llash mumkin bo'lmagan yoki qoldiriladigan foydali qazilma seliklari katta miqdorda ruda yo'qotilishi tufayli iqtisodiy jihatdan zararli bo'lgan hollardagina qo'llaniladi. Ruda tanasi shift jinslari ruda ajratib olingandan so'ng o'z-o'zidan qulab tushishi yoki portlatish asosida majburiy qulatilishi mumkin.
Qazish bo'shlig'ini sun'iy saqlash usulida kon bosimini bosh- qarish bo'shliqni to'ldirgich materiallari bilan to'la yoki qisman to'ldirish, mustahkamlagichlar bilan mustahkamlash yoki bo'sh- liqning bir qismini mustahkamlash va qolgan qismini to'ldirish asosida amalga oshiriladi.
Ruda konlari yotqiziqlarining yer qa'rida joylashish ele- mentlari va shakllarining turli-tuman bo'lishi sababli ruda konlarini qazib olish tizimlari ko'mir konlaridagidan farq qiladi. Ruda konlarini qazib olish tizimlarini tasniflash zamirida qazish bo'shlig'ini saqlab turish (kon bosimini boshqarish) usuli yotadi. Ruda konlarini qazib olish amaliyotida qazish tizimlarining yuzlab variantlaridan foydalaniladi. Biroq ularning texnologik jihatdan o'xshashligi va qo'llanish sharoitlarining bir-biriga yaqinligi tufayli barcha qazish tizimlari quyidagi uch sinfga birlashtiriladi:

  1. Qazish bo'shlig'ini tabiiy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi.

  2. Ruda va atrof kon jinslarini qulatishga asoslangan qazish tizimlari sinfi.

  3. Qazish bo'shlig'ini sun'iy saqlashga asoslangan qazish tizimlari sinfi.

Birinchi sinfga mansub qazish tizimlari, asosan, ruda va kon jinslari mustahkam bo'lgan ruda konlarini qazib chiqarishda keng qo'llaniladi.

Ruda va jinslari mustahkam gorizontal (qiyaroq) kon yotqiziqlarini qazib chiqarishda sidirg'asiga qazish tizimi qo'llaniladi (3.9-rasm). Bunda qazishga tayyorlash ishlari polli usulda, ya'ni shaxta maydonini pollarga ajratib qazishga tayyorlash asosida bajariladi. Buning uchun shaxta maydoni kon-tayyorlov lahimlari — shamollatish va tashish shtreklar o'tish orqali pollarga ajratiladi. Pollar qazilgan bo'shliqni to'ldirmasdan, yaxlit kavjoy bilan polning butun kengligi bo'yicha qazib olinadi. Kavjoy shifti qazib olingan bo'shliqda qayta qazib olinmaydigan tayanch ruda seliklari qoldirish orqali ushlab turiladi. Seliklar silindr shaklida bo'lib, diametri 3—6 metrdan 8—10 metrgacha bo'ladi.
Rudani massivdan ajratib olish chuqurligi 2—4,5 m shpur- larni portlatish asosida amalga oshiriladi. Ajratib olingan rudani rudatushirgichgacha o'ziyurar transport vositalari yordamida yetkazib beriladi. Ish joylarini shamollatish umumshaxta shamollatish tizimi orqali bajariladi.
Yuqorida ko'rib chiqilgan sidirg'asiga qazish tizimi qalinligi 3 m dan 25 m gacha bo'lgan ruda yotqiziqlarini qazib chiqa- rishda qo'llaniladi.



Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish