Ruda ajratib olishning skvajina usuli blok massividagi rudaning vertikal, gorizontal yoki qiya qatlamlari bo'yicha amalga
oshiriladi. Bunda skvajinalarni blok kavjoyda parallel yoki
yelpig'ichsimon tarzda joylashtirish mumkin. Odatda, skvajinalar bir necha qator (5 qatorgacha) joylashtiriladi va ular
orasidagi masofa 2—2,5 m bo'lishi mumkin.
Markazlashtirilgan katta hajmdagi portlovchi modda zarya-
dini portlatib, rudani massivdan ajratib olish usulida portlovchi
modda zaryadi maxsus tayyorlangan kon lahimiga joylash-
tiriladi. Bu usul qalin va qattiqlik koeffitsiyenti yuqori bo'lgan
ruda yotqiziqlarini, shuningdek, kameralar orasidagi qoldiril-
gan seliklarni qazib olishda qo'llaniladi.
Rudani mexanik usulda massivdan ajratib olish nisbatan
yumshoq rudalarni (marganes, kaliy va boshqa tuzlar) qazib
olishda qo'llaniladi.
Rudaning o'z-o'zidan qulashiga asoslangan ajratib olish
usuli amaliyotda juda kam qo'llaniladi. Bunda ruda yotqizig'i
o'ta darzdor bo'lgani sababli qazish blokdagi ruda o'zining
og'irlik kuchi va yuqoridagi jins qatlamlarining bosimi ta'sirida
qulab, massivdan ajralib tushadi. Bu usul iqtisodiy jihatdan
samarali hisoblanadi. U qo'llanilganda ruda yo'qotilishi va
sifatsizlanishini boshqarib bo'lmaydi.
3.5. Rudani ikkilamchi maydalash, blokdan tushirish va tashish gorizontiga yetkazib berish
Texnologik jarayonlar talabiga muvofiq massivdan ajratib
olingan ruda bo'laklari ma'lum kattalikka ega bo'lishi kerak.
Alohida olingan bo'lakning maksimal o'lchami ruda tushirish
voronkasi, yuklash va tashish vositalari o'lchamlariga mos kelsa,
bunday bo'laklar konditsion bo'laklar deyiladi. Ruda konlarini
qazib olish amaliyotida konditsion bo'lakning o'lchamlari
330—400 mm dan 800—1000 mm gacha bo'lishi mumkin. Biroq
rudani massivdan portlatish orqali ajratib olinganda, ma'lum
miqdorda nokonditsion bo'laklar hosil bo'ladi, bunday bo'laklar
nogabarit bo'laklar deb yuritiladi. Ajratib olingan ruda uyumi
tarkibida nogabarit bo'laklar miqdori 50—12% dan 20—25%
gacha bo'lishi mumkin. Bu bo'laklarni yuklash va tashish
vositalari o'lchamlariga moslash uchun ularni qo'shimcha
maydalash, ya'ni ikkilamchi maydalash lozim bo'ladi.
Tushirilgan rudani blok hududi chegaralarida yuklash joyiga
yetkazib berish turli mexanik vositalar orqali bajarilishi mumkin
(skreperlar, o'ziyurar mashinalar, konveyerlar va boshqa
vositalar).
O'zining sodda tuzilishi tufayli skreperlar ruda qazish
korxonalarida keng qo'llaniladi. Skreper qurilmasi — bu davriy
(siklli) ishlash tamoyiliga ega bo'lgan transport vositasi bo'lib,
skreper chig'iri (lebyodkasi), skreper bosh va yordamchi sim
arqoni, asosiy va ushlab turuvchi blok (shkiv)lardan tashkil
topgan (3.8-rasm). Skreper bilan ruda skreperning mokisimon
harakati natijasida bajariladi.
Rudani blokdan tushirish, tushirilgan rudani skreperlash
va nogabaritlarni ikkilamchi maydalashga xizmat qiladigan
lahimlar majmuyi
skreperlash gorizonti deyiladi.
Rudani skreperlashda ikki, ba'zida uch barabanli, quvvati
7 dan 100 kvt gacha bo'lgan chig'irlar, hajmi 0,1—2 m
3 gacha
bo'lgan sidirib oluvchi yoki kajava shaklidagi skreperlar,
diametri 10—28 mm gacha bo'lgan sim arqonlardan tashkil
topgan skreper qurilmalari qo'llaniladi. Skreper qurilmalarining
unumdorligi 20—350 m
3/ smenagacha bo'lish mumk
in. Keyingi
vaqtlarda rudani yetkazib berish jarayonida o'ziyurar mexa-
nizmlar qo'llanilishi tufayli skreper qurilmalardan foydalanish
biroz cheklanib qolgan.
G'ildirakli relssiz yuradigan va mustaqil yuritkichga ega
bo'lgan transport vositalari
o 'ziyurar mashinalar deyiladi. Bu
mashinalar ochiq kavjoy bo'shliqlari va yetkazib berish
lahimlarida yurishga mo'lajallangan bo'lib, yuklovchi, yetkazib beruvchi va yuklab-tashuvchi mashinalar guruhiga
bo'linadi.
Nogabaritlarni maydalash uchun portlovchi modda yoki
mexanik maydalagichlardan foydalaniladi. Eng ko'p qo'llani-
ladigan usul portlatish usuli bo'lib, bunda portlovchi moddalar-
ning ustquyma va shpurli zaryadlari ishlatiladi. Nogabarit
bo'lakda burg'ilanadigan shpurning chuqurligi 15—20 sm ni
tashkil qiladi.
Ruda bo'laklarini ikkilamchi maydalash bevosita qazish
kavjoyida (agar u yerga yetib borish imkoniyati xavfsiz bo'lsa)
yoki rudani tushirish va tashish lahimlarida amalga oshiriladi.
Ayrim hollarda esa, bu jarayon maxsus barpo etilgan ikkilamchi
maydalash lahimlarida bajarilishi mumkin.
Ruda konlarini yerosti usulida qazib chiqarishda noga-
baritlarni ikkilamchi maydalashning portlatish usulidan boshqa
(mexanik, gidravlik, mexanogidravlik va hokazo) usullar kam
qo'llaniladi. Massivdan maydalab ajratib olingan rudani tushi-
rib, tashish gorizontigacha yetkazib berish kon qazish ishlari
texnologiyasining jarayonlari hisoblanadi va ularni bajarishga
ketgan xarajatlar miqdori qazish ishlari umumiy xarajatlarining
40-50% ini tashkil qiladi.
Rudani yetkazib berish deganda uni massivning ajratib
olingan joyidan boshlab blokning tashish lahimlarigacha (shtrek
yoki ortlarga) yetkazib berish tushuniladi. Blok hududida,
dastlab o'z og'irligi ta'sirida ruda massasi skreperlash gorizon-
tiga tushiriladi, so'ngra turli transport vositalari orqali vagon-
chalarda yuklash joyiga yetkazib beriladi.
Ruda massasini blokdan tushirish ikki xil, ya'ni ostki yoki
chetki bo'lishi mumkin.
Ostki tushirishda blokning tub qismida maxsus voronka-
simon tushirish lahimlari barpo qilinadi. Blokdagi ruda massasi
blokning butun maydoni bo'ylab voronkalar orqali yetkazib
berish lahimiga tushadi va skreper qurilmasi bilan ushbu lahim
orqali vagonchalarga yuklash joyiga tashiladi. Ruda tushirish
voronkalari kesik konus shaklida blok tubining butun maydoni
bo'yicha hosil qilinadi. Voronkaning yuqori qismi diametri
6—12 m bo'ladi (3.8-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: