Konni ochishda shaxta stvoli, odatda, yer yuzidan birinchigorizontgacha o'tiladi va qavat kvershlagi o'tish orqali rudayotqizig'i ochiladi. Qavatdagi ruda zaxirasi qazib olinishidavomida stvol chuqurlashtirib boriladi va navbatdagi qavatkvershlagi o'tiladi. Shu sababli ruda konlarini qazib olishdashaxta stvollari tez-tez chuqurlashtiriladi va navbatdagi pastkigorizont zaxiralari qazib olinadi.
Shaxtani shamollatish ishlarini amalga oshirish va boshqakon qazish ishlarini bajarish uchun bosh stvoldan tashqariyordamchi stvollar ham o'tiladi. Toza havo oqimi shaxtagabosh stvol orqali yuboriladi va ishlatilgan havo yordamchistvollar orqali yer yuziga chiqarib yuboriladi.
Chuqurlik bo'yicha katta uzunlikka ega bo'lgan rudatanalarini qazib chiqarishda ruda tanasining quyi gorizont-larini ochish, ko'p hollarda ko'p stvollar o'tish orqali amalgaoshiriladi (3.2-rasm). Bosh stvol ruda tanasining bor bo'yigao'tiladi va stvol tubi tekisligida konsentratsion (yig'ma)gorizont hosil qilinadi. Yuqoridagi gorizontlardan qazib olingan ruda rudatushirgichlar orqali yig'ma gorizontga tushi-riladi. Shunday qilib, qazib olingan ruda faqat yig'ma gorizontkvershlagi orqali tashilib, bosh (ruda ko'tarish) stvolgayetkazib beriladi.
Gorizontal va juda yotiq yotqiziqlari ham vertikal stvollarbilan ochiladi. Bunday hollarda ruda yotqizig'i qavatlarsiz qazibolinadi. Bosh, shamollatish va yordamchi stvollar o'zaro rudayotqizig'i ostidagi kon jinslaridan o'tilgan maydon tashishshtreki orqali tutashtiriladi (3.3-rasm).
Ko'pgina ruda yotqiziqlari tog'li hududlarga joylashganbo'ladi. Bunday konlar, odatda, shtolnyalar o'tish bilanochiladi. Aksariyat sharoitlarda foydali qazilma yotqizig'inibosh shtolnyadan yuqorida joylashgan qismining alohidaqavatlarini ochish uchun qavat shtolnyalari o'tiladi, boshshtolnyadan pastki gorizontlarni ochish esa, ko'r stvol o'tishbilan amalga oshiriladi (3.4-rasm).
Konlar shtolnyalar bilan ochilganda transport harakati vashaxtadagi suvni chiqarib tashlash ishlari osonlashadi. Ba'zanruda konlari ruda tanasi bo'ylab yoki uning yotish yonijinslaridan o'tiladigan qiya stvollar bilan ham ochiladi.