VI BOB
QATLAMLI KONLARNI YEROSTI USULIDA QAZIB CHIQARISH ASOSLARI
4.1. Dunyo yoqilg'i-energetika balansining holati va O'zbekiston ko'mir konlari to'g'risida ma'lumotlar
Energiya bilan ta'minlanish muammosi doimo insoniyat-
ning nazarida bo'lib, har bir tarixiy davrda uning oziga xos
masalalari namoyon bo'lib kelgan.
XX asr boshlarida dunyo balansida keng miqyosda ko'mir
(65%), o'tin (16%), o'simlik va hayvonot chiqindilari (16%)
ishlatilgan. Yoqilg'i balansidagi neftning ulushi atigi 3% ni
tashkil qilgan. Tabiiy gaz umuman ishlatilmagan.
XX asrning 30-yillariga kelib energobalansdagi ko'mirning
ulushi kamayib (55%), neftning ulushi ko'paydi (15%) va
yonuvchi gazlardan foydalanila boshlandi (3%).
Keyinchalik (1960—1980-yillar) yoqilg'i-energetika resurs-
laridan foydalanish miqdori oshib borishi natijasida energo-
balans strukturasi keskin o'zgardi.
Oqibatda neft ulushi 1,35 va gazning ulushi 1,56 marta
ko'paydi, qattiq yoqilg'ining ulushi esa 1,7 marta kamaydi.
Bu davrda barcha turdagi yoqilg'i-energetika resurslaridan
foydalanish 2,4 barobar oshdi va taxminan 10,5 mld. t shartli
yoqilg'ini tashkil qildi.
Keyingi yillarda jahon miqyosida ko'mirdan foydalanish,
umuman, energiyadan foydalanishga nisbatan tezroq o'sib bor-
moqda. 1980-yillarda, umuman, energiyadan foydalanish
(1970-yilga nisbatan) 17% ga ko'paygan bo'lsa, ko'mirdan
foydalanish 26%ni tashkil qilgan.
Hozirgi vaqtda jahon energobalansidagi ko'mir va neftning
ulushi (qazib chiqarish va ishlatilishi bo'yicha) bir-biriga
tenglashib qolgan (4.1-jadval).
Kelajakda qattiq yoqilg'i (ko'mir, yonuvchi slaneslar, torf)
konlarini qazib chiqarishni ko'paytirib borish ko'zda tutil-
moqda. Chunki ular dunyo miqyosida zaxiralari hajmi bo'yicha
90% ni, neft va gazniki esa faqat 7% ni tashkil qiladi. Agarda
ularning yonish issiqligini hisobga olinadigan bo'lsa, u holda
qattiq yoqilg'ilar ulushi 74% ni, gaz va neftning ulushi 26%
ni tashkil qiladi.
4.1-jadval
Yoqilg'i-energetika resurslarining turi
|
Yoqilg'i-energetika resurslaridan foydalanish va ularning ulushi
|
2000-yil
|
2015-yil
|
mln.tonna shartli yoqilg'i
|
%
|
mln.tonna shartli yoqilg'i
|
%
|
Neft
|
5000
|
29,4
|
5100
|
27,5
|
Gaz
|
2750
|
16,2
|
4400
|
23,8
|
Ko'mir
|
4800
|
28,2
|
4500
|
24,3
|
Yadro yoqilg'isi
|
3000
|
17,6
|
3000
|
16,2
|
Gidroresurslar
|
750
|
4,4
|
760
|
4,2
|
Har xil yoqil- g'ilar
|
300
|
1,8
|
250
|
1,35
|
Yangi turdagi yoqilg'ilar (tabiiy issiqlik manbalari)
|
400
|
2,4
|
500
|
2,7
|
Jami
|
17000
|
100
|
18500
|
100
|
Hozirgi vaqtda yer bag'rida topilgan ko'mir basseynlari va konlarining soni 3600 dan ko'proqni tashkil qiladi. Ulardan yettita basseyn gigant-basseyn hisoblanadi va ularning har binning geologik zaxirasi 500 mlrd. tonnadan ko'proqni tashkil qiladi.
Ularga quyidagilar kiradi: Lensk, Tungusk, Taymirsk,
Konsko-Achinsk, Kuznetsk (Rossiya), Alma-Amazonka (Brazi-
liya), Apalchansk (AQSH). To'rtta basseyn — Nijnereynsko-
Vestfalsk (GFR), Donetsk (Ukraina), Pechersk (Rossiya), Illi-
noysk (AQSH) basseynlarining zaxiralari 200—500 mlrd. ton-
nani tashkil qiladi. 210 ga yaqin basseyn va konlar har birining
zaxiralari 0,5—200 mld. tonnani tashkil qiladi. Qolgan barcha
ko'mir basseyn va konlarining zaxiralari 0,5 mlrd. tonnadan
oshmaydi.
Hozirgi kunda qit'alar bo'yicha 600 metrgacha chuqur-
likdagi hisoblangan ko'mir zaxiralari quyidagi jadvalda keltirilgan (4.2-jadval).
4.2-jadval
Qit'alar
|
Ko'mir tiplari (rusumlari)
|
Umumiy
geologik zaxiralar
|
O'rganib chiqilgan zaxiralar
|
Hammasi
|
Jumladan, ishonchliligi
|
mlrd.t.
|
%
|
mlrd.t.
|
%
|
mlrd.t.
|
%
|
Yevropa
|
Toshko'mir
|
1024
|
11
|
435
|
18
|
231
|
24
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
326
|
7
|
144
|
11
|
87
|
28
|
Jami:
|
1346
|
9
|
579
|
16
|
318
|
23
|
Osiyo
|
Toshko'mir
|
5933
|
63
|
757
|
32
|
213
|
22
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
2176
|
44
|
195
|
14
|
106
|
33
|
Jami:
|
8109
|
57
|
952
|
26
|
319
|
24
|
Shimoliy Amerika
|
Toshko'mir
|
1922
|
20
|
796
|
34
|
477
|
47
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
2238
|
46
|
888
|
66
|
72
|
23
|
Jami:
|
4160
|
29
|
1684
|
45
|
549
|
40
|
Janubiy Amerika
|
Toshko'mir
|
81
|
1
|
21
|
1
|
3
|
1
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
10
|
-
|
5
|
-
|
-
|
-
|
Jami:
|
91
|
1
|
26
|
1
|
3
|
0
|
Afrika
|
Toshko'mir
|
244
|
3
|
177
|
5
|
66
|
3
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
2
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Jami:
|
246
|
2
|
177
|
3
|
66
|
5
|
Avstraliya
|
Toshko'mir
|
230
|
2
|
230
|
10
|
42
|
3
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
129
|
3
|
115
|
9
|
68
|
16
|
Jami:
|
359
|
2
|
345
|
9
|
110
|
8
|
Hammasi
|
Toshko'mir
|
9428
|
100
|
2356
|
100
|
1033
|
100
|
Qo'ng'ir ko'mir
|
4883
|
100
|
1348
|
100
|
334
|
100
|
Jami:
|
14311
|
100
|
3705
|
100
|
1367
|
100
|
Qit'alar bo'yicha toshko'mir va qo'ng'ir ko'mir zaxiralari quyidagicha taqsimlangan: Osiyo — 57%, Amerika — 30%, Yevropada — 9%, Avstraliya va Afrikaning har birida 2%.
O'zbekiston Respublikasida ko'mir asosiy energiya manba-
laridan biri va sanoatning boshqa tarmoqlari uchun muhim
xomashyo hisoblanadi. Mamlakat hududida joylashgan va katta
ko'mir zaxiralariga ega bo'lgan ko'mir konlari kelajakda ko'mir
qazish hajmini yanada ko'paytirishga imkon yaratadi.
Ko'mir qazish korxonalarida (shaxta va razrezlar) shaxta
maydonini ochish va uni qazishga tayyorlashda turli usullar
hamda qazish tizimlari, shuningdek, mexanizatsiya vositala-
ridan keng foydalaniladi. Biroq mavjud korxonalar ishlab
chiqarish jarayonlarining texnik darajasi va asosiy texnik-
iqtisodiy ko'rsatkichlari MDH mamlakatlarining rivojlangan
ko'mir qazish regionlari ko'rsatkichlaridan ancha past. Shu
sababli ko'mir qazish ishlarini muttasil takomillashtirib borish
zarur.
Hozirgi vaqtda O'zbekistonda qator ko'mir konlari topilgan
bo'lib, o'rganish ishlari olib borilgan va olib borilmoqda. Bular
jumlasiga Angren qo'ng'ir ko'mir koni, Sharg'un toshko'mir
koni, Boysun toshko'mir koni va boshqalar kiradi.
Angren ko'mir koni Toshkent viloyati Angren daryosi
vodiysida joylashgan bo'lib, uning maydoni 70 km
2 ni tashkil
qiladi va zaxirasi bo'yicha eng katta ko'mir havzasi hisoblanadi.
Sharg'un va Boysun ko'mir konlari Surxondaryo viloyatining
tog'lik hududlarida joylashgan bo'lib, geologik va kon-texnik
sharoitlari ancha murakkab hisoblanadi. Bu konlar ko'mirining
sifati yuqori bo'lganligi sababli respublika xalq xo'jaligida katta
ahamiyatga egadir.
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan ko'mir kon-
larining zaxiralari mamlakat xalq xo'jaligini rivojlantirishga
katta imkoniyatlar yaratadi va ularning miqdori 4.3-jadvalda
keltirilgan.
Yuqorida keltirilgan ko'mir konlaridan tashqari, O'zbekiston
bilan Turkmaniston chegaralarida joylashgan Kogurtong
ko'mir koni ham katta ahamiyatga egadir.
Bu kon Termiz shahridan 110 km shimolda va «Bozir»
temir yo'l stansiyasidan 50 km masofada jovlashgan.
1940—1957-yillarda ushbu konning yer yuziga yaqin joylashgan
qismi mahalliy sanoat shaxtalari tomonidan qazib olingan
bo'lib, hozirgi vaqtda konservatsiya qilingan.
Konning geologik va gidrogeologik sharoitlari, ko'mirning
sifati yaxshi bo'lganligi uning kelgusida ishlatish samara-
dorligini ta'minlaydi. Respublika hududida yangi ko'mir
konlarini izlash va o'rganish ishlari davom etmoqda.
4.3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: