§ 3. Moddiy qo‘llab-quvvatlash muddatlari
14. «Kamolot» YOIH MK, moddiy qo‘llab-quvvatlash qarori qabul qilingandan keyin, 10 bank ish kuni mobaynida oliy ta’lim muassasasining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisob-raqamiga moddiy qo‘llab-quvvatlash pulini o‘tkazadi.
§ 4. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlarning kelib chiqishi
15. Ko‘zda tutilmagan vaziyatlar kelib chiqqanda (o‘quv yili mobaynida talaba oliy ta’lim muassasasi talabalari safidan chiqarilsa, talaba moddiy qo‘llab-quvvatlanishdan voz kechsa, akademik ta’tilga chiqsa va boshqa holatlarda) «Kamolot» YOIH MK tomonidan oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha talab qilib olinguncha depozit hisob-raqamlariga o‘tkazilgan moddiy qo‘llab-quvvatlash puli qayta hisob-kitob qilinadi va «Kamolot» YOIH MKga qaytarib yuborilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |