§ 1. Umumiy qoidalar
1.Ushbu Qoidalar oliy ta’lim muassasalariga bakalavr dasturi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarga nisbatan qo‘llaniladi.
2.Ushbu Qoidalarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan fuqarolar orasidagi talabalar to‘liq o‘qish davri davomida «Kamolot» harakati boshlang‘ich tashkilotining faoliyatida faol qatnashgan taqdirda «Kamolot» harakati tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanish huquqiga ega bo‘ladilar.
3. Moddiy qo‘llab-quvvatlash 2006-2007 yilidan boshlab «Kamolot» harakati tomonidan ushbu Qoidalarning 1-bandida ko‘rsatilgan talabalarga to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tuzilgan shartnoma miqdorining 35 foizini to‘lash shaklida ko‘rsatiladi. Bunda talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lagan taqdirda amalga oshiriladi.
§ 2. Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish tartibi
4. Har yili, 1 fevraldan kechikmay, «Kamolot» harakati boshlang‘ich tashkilotlarining Kengashlari oliy ta’lim muassasasining rektorlari bilan birgalikda «Kamolot» harakati tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash oladigan talabalar ro‘yxatlarini aniqlaydilar, shuningdek, mazkur talabalarning o‘zlashtirishi, intizomi, «Kamolot» harakati faoliyatidagi ishtiroki to‘g‘risidagi, zarur hollarda ularning oilaviy, moddiy ahvoli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdilar.
5. Har yili, 20 fevraldan kechikmay, talabalar guruhlarining yig‘ilishlari o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qismlar qo‘mondonligining tegishli tavsiyanomasiga ega bo‘lgan va oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi. Talabalar guruhi yig‘ilishi umumiy talabalarning kamida 2/3 qatnashganda haqiqiy deb hisoblanadi. Talabalar guruhlari yilig‘ishi bayonidan ko‘chirma «Kamolot» harakatining boshlang‘ich tashkiloti Kengashiga yuboriladi.
6. Talabalar guruhi yig‘ilishining bayoni asosida, 1 martdan kechikmay, «Kamolot» harakati boshlang‘ich tashkilotining Kengashi talabalarni «Kamolot» harakati tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyanomalar berish masalasini ko‘rib chiqadi.
Bunda «Kamolot» harakati boshlang‘ich tashkilotining Kengashi:
a) «Kamolot» YOIH MKga talabani moddiy qo‘llab-quvvatlashni tavsiya etish;
b) talabaga tavsiya berishni rad etish mutloq huquqiga egadir.
Tavsiyanoma shakli «Kamolot» YOIH MK tomonidan belgilanadi.
Tavsiyanoma berish rad etilgan taqdirda, Kengash majlisining bayonida muayyan talabaga tavsiyanoma berish nima uchun rad etilganligi sabablari (motivlari) ko‘rsatiladi.
7. Agar talaba ushbu Qoidalarning 10-bandida bayon etilgan talablarni qo‘pol ravishda buzayotgan bo‘lsa, «Kamolot» harakati boshlang‘ich tashkilotining Kengashi ilgari qabul etilgan qarorni qayta ko‘rib chiqishi va kelajakda moddiy qo‘llab-quvvatlashni o‘qishning keyingi bosqichlarida to‘xtatish to‘g‘risida «Kamolot» YOIH MKga tavsiyanoma kiritishi mumkin.
8. «Kamolot» harakati boshlang‘ich tashkiloti Kengashining majlisida Kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda uning qarori haqiqiy hisoblanadi. Kengash majlisining bayoni albatta boshlang‘ich tashkilot etakchisi va Kengashning majlisda qatnashgan barcha a’zolari tomonidan imzolanishi shart. Bayonga Kengashning moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiyanomalari va harbiy qismlar qo‘mondonligi tavsiyanomalaridan ko‘chirma nusxalar ilova qilinadi.
9. Boshlang‘ich tashkilot Kengashining moddiy qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi tavsiyanomasi boshlang‘ich tashkilot etakchisi va Kengash majlisining kotibi tomonidan imzolanadi hamda «Kamolot» YOIH MK tomonidan tasdiqlanadigan shakldagi maxsus ish daftariga qayd etiladi.
10. Tavsiyanoma berish (tavsiyanoma berishni rad etish) to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda «Kamolot» harakatining boshlang‘ich tashkiloti Kengashi quyidagi asosiy mezonlarni e’tiborga oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |