2011 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori



Download 283.2 Kb.
bet3/5
Sana12.01.2017
Hajmi283.2 Kb.
1   2   3   4   5

Yig‘ilishda qatnashgan Kengash a’zolari: __________________________ __________________________________________________________________


(familiyasi, ismi)

Taklif etilganlar: ______________________________________________ __________________________________________________________________


(familiyasi, ismi, lavozimi)
«Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarga «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish qoidalari»ga asosan boshlang‘ich tashkilot Kengashi a’zolarining kamida 2/3 qismi yig‘ilishda ishtirok etganda yig‘ilishni vakolatli deb hisoblash mumkinligi ta’kidlandi. Yig‘ilishda Kengash a’zolarining ___ nafari ishtirok etayotganligini hisobga olib, yig‘ilishni vakolatli deb hisoblash mumkinligi ta’kidlandi.

Yig‘ilishni ochish to‘g‘risidagi taklif bir ovozdan ma’qullandi.

Yig‘ilish kun tartibi bir ovozdan ma’qullandi.
K U N T A R T I B I:
I. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga asosan imtiyozli ravishda to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan talabalarga «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam ko‘rsatish yuzasidan tavsiyanoma berish to‘g‘risida
Eshitildi: Boshlang‘ich tashkilot etakchisi ______________.

Yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 31 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga beriladigan imtiyozlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-213 – son qaroriga asosan muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarga, agar ular o‘qish davrida «Kamolot» harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan taqdirda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan kontrakt summasining 35 foizi moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi belgilanganligi eslatilib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga asosan imtiyozli ravishda to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha _______________________ (oliy o‘quv yurti nomi)ga 1-kursga qabul qilingan va oldingi yillar shu asosda o‘qishga qabul qilinib, ta’lim olayotgan talabalar soni to‘g‘risida ma’lumot berildi. Oliy o‘quv yurti fakultetlaridagi talabalar guruhlarida ushbu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishlar bo‘lib o‘tganligi, yig‘ilishlarda qabul qilingan qarorlarga asosan __ nafar talabaning 20__ - 20__ o‘quv yilidagi o‘qishi bilan bog‘liq to‘lov-kontrakt summasining 35 foizini moddiy yordam tariqasida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan to‘lab berilishini tavsiya etishni so‘ralganligi ma’lum qilindi (bayonlar ilova qilinadi).
So‘zga chiqdilar: __________________ va boshqalar.

Boshlang‘ich tashkilot Kengashiga taqdim etilgan ___ nafar moddiy yordam ko‘rsatilishiga talabgor nomzodlar orasidan munosiblarini tanlashda ularning o‘qishdagi o‘zlashtirishi, erishayotgan yutuqlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatidagi ishtiroki va oilasining moddiy ahvolini hisobga olgan holda yondashish taklifi berildi. Taklif ma’qullandi.

Oliy o‘quv yurti fakultetlaridagi talabalar guruhlarida bo‘lib o‘tgan ushbu masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishlar qarorlari va ularga ilova qilingan hujjatlar o‘rganilib, muhokama etildi va munosabat bildirildi.

O‘qishdagi o‘zlashtirishi, erishayotgan yutuqlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatidagi ishtiroki va oilasining moddiy ahvolini hisobga olgan holda yuqoridagi imtiyoz asosida oliy o‘quv yurtiga qabul qilinb, hozirda yuqori kursda ta’lim olayotgan ___ nafar talabalarga ularning 20__ - 20__ o‘quv yilidagi kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishiga tavsiya etish taklifi bildirildi.

O‘qishdagi past o‘zlashtirishi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatidagi passiv ishtiroki va oilasining moddiy ahvoli yaxshiligini hisobga olgan holda ________________ (oliy o‘quv yurti nomi) bo‘yicha 20__ - 20__ o‘quv yilida to‘lov-kontrakt kontrakt asosida yuqori kursda ta’lim olayotgan talabalar ichidan __ nafariga kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi yuzasidan tavsiyanoma berishni rad etish taklifi kiritildi.

Muhokamalarga yakun yasalib, O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashiga yuqori kursda ta’lim olayotgan talabalar ichidan munosib deb topilgan __ nafar nomzodning 20__ - 20__ o‘quv yilidagi kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishiga tavsiya etish to‘g‘risida qaror qabul qilish taklifi bildirildi. SHuningdek, yuqori kursda ta’lim olayotgan talabalar ichidan __ nafariga kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi yuzasidan tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish taklifi kiritildi. Takliflar yana bir bor muhokama etilib, bir ovozdan (ko‘pchilik ovoz bilan) ma’qullandi.


O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga asosan imtiyozli ravishda to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy o‘quv yurtlariga qabul qilingan talabalarga 20__ - 20__ o‘quv yilidagi kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berish to‘g‘risidagi takliflarni o‘rganib chiqib hamda «O‘zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash qoidalari»ga asosan
QAROR QILINDI:

1.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan, harbiy qism qo‘mondonligi tomonidan berilgan tavsiyanomaga asosan imtiyozli ravishda to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha ____________ (oliy o‘quv yurti nomi)da o‘qiyotgan talabalar ro‘yxati


1-ilovaga asosan ma’lumot uchun qabul qilinsin.

2. O‘qishdagi yaxshi o‘zlashtirishi, erishayotgan yutuqlari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatidagi faol ishtiroki va kam ta’minlangan oila farzandi ekanligini hisobga olgan holda ______________ (oliy o‘quv yurti nomi) bo‘yicha 20__ - 20__ o‘quv yilida to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga 2 ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi yuzasidan tavsiyanoma berilsin.

3. O‘qishdagi past o‘zlashtirishi, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatidagi passiv ishtiroki va oilasining moddiy ahvoli yaxshiligini hisobga olgan holda ________________ (oliy o‘quv yurti nomi) bo‘yicha 20__ - 20__ o‘quv yilida to‘lov-kontrakt kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga 3 ilovadagi ro‘yxat bo‘yicha kontrakt summasining 35 foizini «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan moddiy yordam tariqasida to‘lab berilishi yuzasidan tavsiyanoma berish rad etilsin.

Qaror bir ovozdan (yoki ko‘pchilik ovoz bilan) qabul qilindi.


4. Yig‘ilish bayoni, 1-, 2-, 3-ilovalardagi ro‘yxatlar va talabalarga beriladigan Tavsiyanomalar «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Markaziy Kengashiga yuborilsin.
Kun tartibidagi masala ko‘rib chiqilganligi munosabati bilan yig‘ilish yopiq deb e’lon qilindi.

Rais (imzo) F.I.SH.


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa