2-jadval. Differencial renta II ning hosil bo’lishi
Ishlab chiqarish davri
|
Ishlab chiqarish xarajat-lari
(so’m)
|
Yalpi mahsulot (tonna)
|
1 tonna mahsu-lotning indivi-dual qiymati
(so’m)
|
1 tonna mahsu-lotning ijtimoiy qiymati
(so’m)
|
Sotil-gan mahsu-lot summasi, so’m
|
Qo’shimcha mahsulot, yani dif-feren-cial renta II, so’m
|
Birinchi yil
|
10000
|
20
|
500
|
500
|
10000
|
-
|
Ikkinchi yil
|
15000
|
40
|
375
|
500
|
20000
|
10000
|
Misolimizda erga qo’shimcha 5 ming so’m xarajat sarf qilish natijasida qo’shimcha 20 tonna mahsulot olinsa, u holda birinchi yilga nisbatan qo’shimcha olingan 10 ming so’m daromad differencial renta II ni tashkil etadi.
Bunday intensiv rivojlanish qishloq xo’jaligida bosh yo’l hisoblanadi. CHunki qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirmay turib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va jamiyat a`zolarining o’sib borayotgan talabini qondirib bo’lmaydi. SHuning uchun ham qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun alohida etibor beriladi. Buning uchun qishloq xo’jaligini agrar sanoatlashgan asosga qo’yish, intensivlashtirishni tezkorlik bilan amalga oshirish choralari ishlab chiqilishi lozim. Keyingi yillarda mamlakatimizda qishloq xo’jaligini zamonaviy texnika bilan taminlash uzluksiz o’smoqda. Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish uchun ajratilgan kapital mablaĝlar ham ortmoqda.
Agar hamma joyda bir xil xarajat qilinib, hosildorlik bir xil oshirilsa edi, unda hech qanday differencial renta II bo’lmas edi. Gap shundaki, er birligiga sarflangan bu xarajatlar turli hududlarda, viloyatlarda, xo’jaliklarda turlicha darajada amalga oshiriladi va natijada hosildorlik ham turlicha oshadi.
Qishloq xo’jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o’rtasidagi tafovut xo’jaliklarning ustama qo’shimcha mahsulotini tashkil qiladi. YAni, differencial rentaning har ikkala ko’rinishini (renta I va II ni) o’z ichiga oladi. Differencial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan zona bo’yicha yoki alohida olingan xo’jalikning individual qiymati o’rtasidagi tafovutdan iboratdir. SHu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo’jalik o’rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to’langan qismi er rentasi ko’rinishini oladi (chunki bizda er davlat mulkidir).
Differencial renta I yuqorida qarab chiqilganidek, xo’jaliklar faoliyatiga boĝliq bo’lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. SHuning uchun ham qishloq xo’jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta er davlat mulki bo’lganligi sababli uning manfaatlari yo’lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (byudjetida) to’planishi lozim. Bu hol o’rta va yaxshi unumli erda joylashgan xo’jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur etkazmaydi, balki boshqa xo’jaliklar bilan ozmi-ko’pmi iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat fondiga o’tgan bu mablaĝlarni (differencial renta I), mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi erlarni o’zlashtirish va er unumdorligini oshirish bilan boĝliq bo’lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo’naltirilishi mumkin bo’ladi.
Differencial renta II erdan intensiv foydalanish, yani uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan boĝliq bo’lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo’jaliklarning o’zlarida qoldirilishi mantiqan to’ĝri bo’ladi. Uning faqat bir qismi davlat fondiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat malum darajada bu rentaning hosil qilishda o’z hissasini qo’shadi, yani transport yo’llari qurilishiga, irrigaciya-melioraciya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablaĝlar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o’ĝitlar etkazib beradi. SHunday qilib, differencial renta I va differencial renta II er egasi bo’lgan davlat bilan xo’jalik yurituvchi subektlar o’rtasida taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |