20-mavzu. Agrar munosabatlar va renta nazariyasi


Agrobiznes va uning turlari



Download 97 Kb.
bet7/9
Sana16.04.2022
Hajmi97 Kb.
#557191
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
20-тема

4. Agrobiznes va uning turlari


Qishloq xo’jalik sohalaridagi tadbirkorlik faoliyati agrobiznes deyiladi. Agrobiznes tushunchasiga bevosita qishloq xo’jaligi sohasiga kirmaydigan, biroq u bilan boĝliq bo’lgan faoliyat bilan shuĝullanuvchi biznes turlari ham kiritiladi. Bu qishloq xo’jaligiga texnikaviy, ta`mirlash xizmat ko’rsatish, uning mahsulotlarini qayta ishlash va istemolchilarga etkazib berish bilan boĝliq bo’lgan tadbirkorlik faoliyatidir. Qisqacha qilib aytganda, agrobiznes agrosanoat integraciyasi natijasida vujudga kelgan agrosanoat majmuasining barcha bo’ĝinlarni qamrab oladi.
Agrobiznes faoliyatining maqsadi istemol bozorini etarli miqdorda sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlari, sanoatni esa xomashyo bilan uzluksiz taminlash orqali foyda ko’rishdan iborat.
Agrobiznesning asosiy shakli va birlamchi bo’ĝini fermer va dehqon xo’jaliklaridir. CHunki ular bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Bu xo’jaliklar o’z erida yoki ijaraga olingan erda ish yuritib, unda mulk egasi va ishlab chiqaruvchi fermerning o’zi va oila a`zolari hisoblanib, ayrim hollarda yollanma mehnatdan foydalanish ham mumkin. Fermer xo’jaligining afzalligi shundan iboratki, unda mulk va mehnat bevosita qo’shiladi, bu esa ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini taminlaydi. Fermer xo’jaliklari mustaqil tuzilma bo’lish sababli o’z faoliyatini bozor kon`yunkturasiga tez moslashtira oladi. Unda iqtisodiy manfaat va pirovard natija uchun mas`uliyat bitta faoliyatning ikki tomonini tashkil qiladi. Bularning hammasi fermer xo’jaligining yashovchanligini taminlaydi.
Respublikada islohotlarni amalga oshirishning dastlabki bosqichlaridayoq, Prezidentimiz Islom Karimov fermer xo’jaliklari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi sifatida faoliyat ko’rsatishi lozimligini takidlab o’tgan edi. SHu sababli respublikamizda qishloq xo’jaligini fermerlashtirish agrar islohotlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Respublikada bu jarayon zarar ko’rib ishlash natijasida oĝir ahvolga tushib qolgan davlat xo’jaliklarining tarkibi fermer xo’jaliklaridan iborat shirkatlar uyushmasiga aylantirish, mavjud davlat va jamoa xo’jaliklari tarkibida ular resurslari hisobidan fermer xo’jaliklari tashkil etish hamda dehqonlarning mol-mulklari negizida dehqon xo’jaliklarini tarkib toptirish yo’li bilan boradi. Fermer xo’jaligining barcha tashkiliy shakllarining umumiy tomoni shundaki, ular ijaraga olingan davlat erida faoliyat ko’rsatadi. Fermer va dehqon xo’jaliklarini tashkil qilish, rivojlantirish va ular faoliyatini tartibga solish O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’ĝrisida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’ĝrisida»gi, «Qishloq xo’jaligi kooperativi (shirkat xo’jaligi) to’ĝrisida»gi qonunlarga hamda qishloq xo’jaligida islohotlarni chuqurlashtirishga qaratilgan boshqa huquqiy bitimlarga va hukumat qarorlariga asoslanadi.
Bu qonuniy hujjatlarda fermerlarga ajratilgan erlarni meros qilib qoldirish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga olish huquqi mustahkamlab qo’yildi. SHu bilan, birga bu xo’jalik uchun erlarning unumdorligini saqlash va oshirishda davlat tomonidan kafolatlar yaratish yo’li bilan ularni himoyalash tizimi vujudga keltirildi. SHunday qilib fermer xo’jaliklarini rivojlantirishni raĝbatlantirish uchun ham huquqiy, ham tashkiliy shart-sharoitlar yaratildi.
Respublikada fermer xo’jaliklari samarali ishlashi uchun zarur xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma – agrofirmalar, mashina-traktor parklari, ta`mirlash ustaxonalari, tayyorlov punktlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik korxonalar tizimi shakllandi.
SHu vazifani bajarish yo’lida keyingi yillarda ham qishloq ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish hamda qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan taminlash dasturini amalga oshirish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan, o’tgan davrda, xalqaro moliya tuzilmalari mablaĝlarini jalb etgan holda, Qoraqalpoĝiston Respublikasi, Xorazm viloyati, Samarqand va Buxoro, Guliston, Jizzax va Qarshi shaharlarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan taminlashni yaxshilash bo’yicha yirik investiciya loyihalari amalga oshirildi.
Agrobiznes turlaridan biri agrofirmalardir. Agrofirma malum turdagi qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirish va uni pirovard mahsulot darajasigacha qayta ishlashni qo’shib olib boradigan korxonadir.
Agrofirmalar ham qishloq xo’jaligi, ham sanoatga xos resurslarni ishlatib, istemolga tayyor bo’lgan mahsulot yaratadi. Mazkur turdagi korxonalar turli mulkchilikka asoslanishi, chunonchi oilaviy xo’jalik asosida ham tashkil topib, kichik zavodlar bilan birikishi mumkin. Agrosanoat birlashmalari va kombinatlari agrobiznesning yangi turlaridir.
Agrosanoat birlashmalari bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va unga boĝliq ishlab chiqarish faoliyati bilan shuĝullanuvchi bir necha xo’jalik hamda korxonalarning birlashmasidir. Masalan, boĝdorchilik va uzumchilik bilan shuĝullanuvchi xo’jaliklar, ular mahsulotini qayta ishlovchi cex va zavodlar, etkazib beruvchi savdo-sotiq korxonalari bir texnologik jarayonga birlashib agrosanoat birlashmalarini tashkil qiladi. Birlashma ishtirokchilari ishlab chiqarish, xo’jalik va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qolishi bilan birga, ularning umumiy mulki ham tarkib topib boradi.

Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish