2. "Ўзбекистоннинг энг янги тарихи" ўқув фанининг предмети, мақсад ва вазифалари


«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»



Download 96,1 Kb.
bet5/11
Sana27.08.2021
Hajmi96,1 Kb.
#157279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekistonda xristianlik

«O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi qonun g’oyat katta ahamiyatga ega bo’lib, bu qonun asosida O’zbekistonning huquqiy holati tubdan o’zgardi. O’z mohiyatiga ko’ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitusiya rolini ham o’ynaydigan bo’ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O’zbekiston Respublikasining asosiy belgilarini aniqlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: «O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir», - deb qonunlashtirib quyildi.

Bunday Qonunning qabul qilinishi Mustaqillik davrida qo’lga kiritilgan yutuqlarning natijasi hisoblanadi

38. Мустақил тараққиётнинг дастлабки босқичидаги муаммолар.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga o‘nlab yillar mobaynida, ko‘pincha zo‘ravonlik yo‘li bilan singdirilgan narsalarni bir zumda o‘zgartirish mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga barham berish bilan jamiyatni yangilash va o‘zgartirish zarurligiga odamlarning o‘zini ishontirish, harakatga keltiruvchi kuchlarni va mehnatning rag‘batlantiruvchi omillarini o‘zgartirish mumkin.

Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning keskinligi, ularning o‘ziga xos xususiyati bu muammolarni hal etishga alohida yondashuvni taqozo etadi. Turmush sharoiti va tarzining milliy xususiyatlari, Sharq madaniyatiga mansublik ham shuni talab etadi.

O‘zbekistonning chinakam mustaqilligiga erishishdan iborat o‘z yo‘li respublikani rivojlantirishning quyidagi asosiy o‘ziga xos xususiyatlari va shart-sharoitlarini har tomonlama hisobga olishga asoslanadi.

Avvalo, u aholining milliy-tarixiy turmush va tafakkur tarzidan, xalq an’analari va urf-odatlaridan kelib chiqadi. Chuqur ildizi o‘tmishdagi an’anaviy jamoa turmush tarziga borib taqaladigan kollektivchilik asoslari O‘zbekiston xalqiga tarixan xosdir. Kattalarni hurmat qilish, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillilik, millatidan qat’i nazar odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zgalar kulfatiga hamdard bo‘lish va o‘zaro yordam tuyg‘usi kishilar o‘rtasidagi munosabatlarning meyori hisoblanadi. O‘zbeklar diyoriga, o‘z Vataniga mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, bilimga, ustozlarga, ma’rifatparvarlarga nisbatan alohida hurmat-ehtirom - O‘zbekiston aholisiga xos fazilatlardir. Ichki va tashqi siyosatni ishlab chiqib, amalga oshirish chog‘ida islom dinini e’tiborga olish muhim ahamiyatga ega. Odamlarning turmush tarzida, ruhiyatida, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda, islomga e’tiqod qiluvchi xalqlar bilan yaqinlashish istagida ham shu omil namoyon bo‘lmoqda.

39. Ўзбекистоннинг ўзига хос тараққиёт йўлини танлаши.

Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki, o‘z davlatchiligini qo‘lga kiritish, milliy va ijtimoiy ozodlikka erishish hech qayerda yengil va osonlikcha bo‘lmagan. Mustaqilikka erishgan har bir mamlakat o‘z taraqqiyot yo‘lini izlaydi, yangi jamiyat barpo etishda o‘z andozasini ishlab chiqishga intiladi. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat, odamlar o‘rtasida tarkib topgan munosabatlar, ularning dunyoqarashi, jumladan diniy e’tiqodi, ruhiyati va xulq-atvor normalari shuni taqozo etadi. Dunyoda ijtimoiy taraqqiyot yo‘lining turli variantlari mavjud. Turkiya, Janubiy Koreya, Shvetsiya modellari va boshqalar bunga misoldir. Bir qancha musulmon mamlakatlari va yangi industrial mamlakatlarning tajribasi ham shuni ko‘rsatadi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Ovrupo mamlakatlari va Yaponiya xalq xo‘jaligini qayta tiklash ham buning amaliy namunasidir.

O‘zbekiston boshqa davlatlar taraqqiyoti jarayonida to‘plangan va respublika sharoitiga tatbiq qilsa bo‘ladigan barcha ijobiy va maqbul tajribalardan shak-shubhasiz samarali foydalanadi. Gap biron-bir modelni, hatto u ijobiy natijalar bergan taqdirda ham, ko‘r-ko‘rona ko‘chirib olish to‘g‘risida borayotgani yo‘q. Aniq-ravshan vositalar va usullar qaysi mamlakat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, o‘sha mamlakatning o‘ziga xos sharoitidagina ijobiy natija beradi.

Jahon va o‘zimizning amaliyotimizdan olingan barcha unumli tajribani rad etmagan holda o‘z ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo‘limizni tanlab olish respublikaning qat’iy pozitsiyasidir. Bu - o‘tmish yillarning xatolarini, davlat tuzilishining shakl va usullariga nisbatan mavjud qarashlarni idrok etish natijasidir. Bu - tarkib topgan ijtimoiy voqelikka berilgan real bahodir. Bu - O‘zbekiston xalqining ijtimoiy taraqqiyotga, munosib turmush sharoitiga intilishidir.

Shuni alohida ta’kidlash zarurki, soxta inqilobiy sakrashlarsiz, fojiali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyutsion yo‘l bilan normal, madaniyatli taraqqiyotga o‘tish - tanlab olingan yo‘lning asosiy mazmuni va mohiyatidir. Odamlarning ongi va turmushiga o‘nlab yillar mobaynida, ko‘pincha zo‘ravonlik yo‘li bilan singdirilgan narsalarni bir zumda o‘zgartirish mumkin emas. Buning uchun ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuviga va ularni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga barham berish bilan jamiyatni yangilash va o‘zgartirish zarurligiga odamlarning o‘zini ishontirish, harakatga keltiruvchi kuchlarni va mehnatning rag‘batlantiruvchi omillarini o‘zgartirish mumkin.

40. Тараққиётнинг “Ўзбек модели” ва унинг ўзига хос хусусиятлари.

Taraqqiyotning — “o‘zbek modeli” huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish asosi Mamlakatimiz mustaqil taraqqiyot strategiyasining bosh g‘oyasi bu - xalqimiz uchun munosib bo‘lgan erkin, farovon hayotni barpo qilish va uni mutassil rivojlantirib borishdan iboratdir. Zero, jahon tajribalari ham isbotlab turganidek, aynan fuqarolik jamiyati sharoitida inson hayotini tashkil etish, uning haq-huquqlarini ro‘yobga chiqarishning eng samarali va maqbul bo‘lgan imkoniyatlari vujudga keladi. Fuqarolik jamiyati insoniyat jamiyatini tashkil etishning eng zamonaviy va takomillashgan usuli sifatida barcha tomonidan e’tirof etilayotgani ham bejiz emas. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Biz uchun fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishida ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir- birini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart . Bu o‘rinda ta’kidlash joizki, taraqqiyotning “o‘zbek modeli” doirasida mamlakatimizda zamonaviy huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan barcha asoslar mavjuddir. Mazkur model tarkibida mujassam bo‘lgan tamoyillar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy, huquqiy zaminlarini vujudga keltirish uchun kuchli imkoniyatlarga egadir. Zero, ushbu tamoyillar va unga asoslanuvchi konseptual g‘oyalarda fuqarolik jamiyatining mohiyati, vazifalari, shakllanish qonuniyatlari, xalqimiz dunyoqarashi va extiyojlaridan kelib chiquvchi barcha jihatlar o‘z aksini topgandir. Jumladan, “o‘zbek modeli” fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslari, institutsional zaminlari va eng muhimi demokratik g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mustahkam asoslarni o‘zida mujassamlashtirgandir. Xususan, yurtboshimiz tomonidan asoslab berilgan “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” konsepsiyasi ushbu tamoyilning etakchi o‘zagini tashkil etadi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarining strategik yo‘nalishlarini belgilanishida taraqqiyotning “o‘zbek modeli” mohiyatidan kelib chiquvchi barcha tamoyillar etakchi asos vazifasini o‘tamoqda. Xususan, ushbu jarayonlarda davlatning bosh islohotchilik rolini alohida ko‘rsatib o‘tish lozimdir.

41. Ўзбекистоннинг ижтимоий-сиёсий ривожланиш стратегияси: янгиланиш ва тараққиёт йўли.

O‘zbekistonning XXI asrga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi g‘oyalarini o‘zida mujassam etgan Prezident Konsepsiyasi mustaqil zamonaviy demokratik fuqarolik jamiyati barpo qilishining etakchi modeli sifatida yurtimiz ravnaqiga hizmat qilib borar ekan, bu o‘z navbatida mamlakatimiz istiqboli porloq ekanligidan dalolat beradi

42. Ўзбекистоннинг иқтисодий мустақиллигини таъминлашга қаратилган стратегия асослари.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil iqtisodiy islohotlar natijasida iqtisodiyotni zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan mutassil yangilab borish, tarkibiy o‘zgarishlarni sifatli darajada amalga oshirish natijalariga olib keldi. Bularning natijasida I.A.Karimov xulosa qilganidek, “Aynan tub tarkibiy o‘zgarishlar, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi va zamonaviy korxonalarni barpo etish, faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini keng miqyosda yangilash va modernizatsiya qilish borasida puxta o‘ylangan strategiya tufayli mamlakatimizning yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 1991 yildagi 14 foizdan bugungi kunda qariyib 25 foizga o‘sdi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlab chiqarishning ulushi 34 foizdan 17 foizga kamaydi. Lekin bu qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kamaydi, degani emas. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmi oshib bormoqda. Yuqorida ta’kidlanganidek, yurtimizda yalpi ichki mahsulot hajmi 1991 yilga nisbatan 5 karra o‘sdi”. Ma’lumki, 2015 yil 16 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlariga va 2015 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur majlisda “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish- ustuvor vazifamizdir” mavzusida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan ma’ruza qilindi. Jumladan, Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, “O‘tgan yil yakunlarini sarhisob qilar ekanmiz, birinchi navbatda, iqtisodiyotimiz va uning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish borasida barqaror yuqori o‘sish sur’atlariga erishganimizni ta’kidlash joiz. Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyib 70 foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflyasiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni tashkil etdi.”. Respublikamiz MDH mamlakatlari orasida ushbu indeks bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Qiyoslash uchun keltirib o‘tish joizki, mazkur indeks bo‘yicha Fransiya 34- o‘rinda, Finlyandiya 36-o‘rinda, Italiya 45-o‘rinda turibdi.

43. Мустақиллик – меъёрий-ҳуқуқий асосларининг яратилиши.

2010 yilning 12 noyabrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”da mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy rivojining tom ma’nodagi, yangi sifat bosqichidagi strategik taraqqiyot yo‘nalishlarini asoslab berildi. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan mazkur Konsepsiya yurtimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning hozirgi davrdagi dasturul amali bo‘lib xizmat qila boshladi. Konsepsiyada 50 ziyod qonun va huquqiy-me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kunda 27 ta qonun, o‘nlab me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotimizga tatbiq etilmoqda. I.A.Karimov xulosa qilganidek, “Shular qatoridan 2011 yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar qiritish to‘g‘risida (78, 80, 93, 96 va 98-moddalariga)”gi Qonun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi”.

44. Ўзбекистон янги Конституциясининг қабул қилиниши ва унинг тарихий аҳамияти.

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun, dastavval vakillik demokratiyasining tayanch ustuni bo‘lgan professional parlament shakllantirildi, 1992 yil 8 dekabrda demokratik mohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi, aholi keng qatlamlari manfaatlarini aks ettirish ehtiyojlaridan kelib chiqib, ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, demokratik taraqqiyot jarayonlarining iqtisodiy va ijtimoiy o‘zagini tashkil etuvchi erkin bozor munosabatlarining huquqiy va institutsional asoslari vujudga keltirildi. Bularning natijasida jamiyatimizda demokratik islohotlarni ro‘y berishi uchun siyosiy, ijtimoiy, huquqiy shart-sharoitlar bazasi yaratildi, demokratik islohotlarning rivojlanishi uchun istiqbolli imkoniyatlar vujudga keltirildi.

Demokratiyaga o‘tish davrining dastlabki bosqichida amalga oshirilgan siyosiy, tashkiliy chora-tadbirlar natijasida mamlakatimizda demokratik jarayonlarning barqarorligi ta’minlandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning asosiy bosqichlari to‘g‘risida to‘xtalib, I.A.Karimov shunday xulosa qilgan edi: “O‘tish davri va milliy davlatchilik asoslarini shakllantirish bilan bog‘liq birinchi galdagi islohot va o‘zgarishlarni o‘z ichiga olgan dastlabki bosqich - 1991-2000 yillar mamlakatimiz va xalqimiz hayotida ulkan iz qoldirgan o‘tish davri tom ma’noda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan davr bo‘ldi. 2001 yildan 2010 yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich - mamlakatimizni faol demokratik yangilanish, isloh etish va modernizatsiya qilish davri g‘oyat muhim ahamiyat kasb etdi.

45. Ўзбекистоннинг давлат рамзлари.

"O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi, va madhiyasiga ega." (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi)

Davlat bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 18 noyabrdagi 407-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i — bayroqning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq rang va to‘q yashil rangli uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi matodir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Moviy rang, oq rang va yashil rangli enlarning kengligi bir xil. Har bir en 40 santimetrga tengdir. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan.O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida dastaga yaqin joyida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangdagi besh qirrali yulduz tasvirlangan. Oq rangli yangi oy va o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduzning tasviri moviy rangli yuqori enning o‘rtasidan 70x30 santimetrga teng to‘g‘ri to‘rtburchakka sig‘adigan qilib joylashtirilgan. Oq rangli yangi oy vertikal holatda do‘ng tomoni dastaga qaratilgan, dastadan 20 santimetr masofada joylashtirilgan bo‘lib, diametri 30 santimetrli doiraga sig‘adi. O‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz diametri 6 santimetrli doiraga sig‘adi. Doiralar orasidagi masofa 6 santimetr. Yulduzlar uzunasiga va tikkasiga quyidagi tartibda joylashadi: yuqori qatorda uchta, o‘rta qatorda to‘rtta va quyi qatorda beshta yulduz. Quyi qatordagi yulduzlar yangi oyning pastki uchidan 3,5 santimetr masofada joylashadi.

Davlat gerbi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyuldagi 616-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi quyidagi ko‘rinishga ega: tog‘lar, daryolar va so‘l tomoni bug‘doy boshoqlaridan, o‘ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‘o‘za shoxlaridan iborat chambarga o‘ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi. Gerbning yuqori qismida Respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburchak tasvirlangan bo‘lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Gerbning markazida baxt va erksevarlik ramzi — qanotlarini yozgan Humo qushi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida "O‘zbekiston" deb yozib qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli ko‘rinishida: Humo qushi va daryolar — kumush rangida; quyosh, boshoqlar, paxta chanoqlari va «O‘zbekiston» yozuvi — oltin rangida; g‘o‘za shoxlari va barglari, tog‘lar va vodiy — yashil rangda; chanoqlardagi paxta — oq rangda; lenta — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining ranglarini aks ettiruvchi uch xil rangda; sakkizburchak — oltin zarhal bilan hoshiyalangan holda havo rangda; yarim oy va yulduzlar — oq rangida tasvirlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli "O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida"gi Qonuni bilan tasdiqlangan

46. Мустақил Ўзбекистонда миллий давлат бошқаруви тизими.

Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O’zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo’lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo’lib, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud.

47. Мустақил Ўзбекистонда ҳокимиятлар бўлиниши принципи.

2002 yilning 29-30 avgustida bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyatiqurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda.

48. Мустақил Ўзбекистонда кўппартиявийлик тизимининг шаклланиши ва унинг аҳамияти.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Ushbu Qonun mamlakatda o‘sha davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, demokratik islohotlarning dastlabki bosqichida umum-e’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari, shuningdek, muqobillik, ko‘ppartiyaviylik asosida saylovlarni tashkil etishga oid demokratik huquqiy qoida hamda normalarni o‘zida aks ettirdi.

1994-yil 5-mayda yana bir muhim hujjat — “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun saylovchilarning faol saylov huquqi va o‘z xohish irodasini erkin ifodalash mexanizmini amalda mustahkamlab berdi. Saylov qonunchiligi shakllanishining dastlabki bosqichi saylov tizimining konstitutsiyaviy asoslari yaratilgani, Prezidentlik, Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kabi vakillik organlariga saylov o‘tkazishning huquqiy poydevori shakllantirilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni vaqtda fuqarolarning saylov huquqlari umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari tamoyillari asosida kafolatlandi, saylovlarni tashkil etishga vakolatli organning huquqiy maqomi alohida qonun orqali tartibga solindi.

Ikkinchi bosqich milliy saylov qonunchiligini fuqarolarning saylov huquqlarini kafolatlash, milliy parlamentarizm taraqqiyoti hamda ko‘ppartiyaviylik tizimini mustahkamlash asosida yanada demokratlashtirish davri bo‘lib, bu 2001-2010-yillarni o‘z ichiga oladi.

48.Mazkur bosqichning o‘ziga xos jihati shundaki, unda bir palatali Oliy Majlisning ikki palatali parlamentga aylantirilishi asosida quyi — Qonunchilik palatasini ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish, buning uchun muqobillik tamoyillariga muvofiq saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi hamda bunday huquqiy mexanizmlar milliy saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bildirilgan takliflar asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2004-yilgi parlament saylovlarida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tagani holda, siyosiy partiyalar ishtiroki va rolini oshirdi.

49. Мустақил Ўзбекистонда сиёсий партиялар фаолиятидаги хусусиятлар.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bildirilgan takliflar asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2004-yilgi parlament saylovlarida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tagani holda, siyosiy partiyalar ishtiroki va rolini oshirdi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, mamlakatimiz saylov tizimi rivojida 2008-yilda saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlar muhim bosqich bo‘ldi. Qonunchilik pala-tasidagi deputatlik o‘rin-lari soni 120 tadan 150 taga ko‘paytirildi. Bundan tash-qari, qonun hujjatlariga saylov jarayonining yanada liberallashuvini ta’min-laydigan bir qator norma-lar kiritildi. Jumladan, saylovda ishtirok etadigan siyosiy partiyalarning ro‘y-xatdan o‘tishi uchun o‘rna-tilgan muddat 6 oydan 4 oyga tushirildi. Ayni vaqtda siyosiy partiya-larning saylovda qatnashishi uchun ruxsat berish masalasini hal etish borasida zarur bo‘ladigan saylovchilar imzosining miqdori avvalgi 50 ming imzo o‘rniga 40 ming qilib belgilandi. Deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillari soni 5 nafardan 10 nafargacha ko‘paytirildi. Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi institut kiritildi. Shuningdek, avvallari sodir etgan har qanday jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas edi. So‘nggi o‘zgartishlarga muvofiq, faqat sodir etgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolargina deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmasligi belgilandi. Bu kabi islohotlar milliy saylov tizimining izchil hamda bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umum-e’tirof etilgan xalqaro prinsip hamda normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi.

50. Мустақил Ўзбекистонда парламент тизими.

Mamlakatda ikki palatali parlament islohotlari bilan uzviy bog‘liqlikda nodavlat nodavlat tashkilotlarni ijtimoiy qatlamlar, guruhlar manfaatlari hamda irodalarini ifodalovchi tashkilotlar darajasiga ko‘tarish, jamiyatdagi turli tuman ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini muvofiqlashtirish, jamiyatni doimiy barqaror bo‘lishiga zamin yaratish, shuningdek fuqarolarning jamiyat va davlat organlarini boshqarishdagi ishtirokini kengayishiuchun keng shart-sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy kengliklar yaratildi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining davlat va qonunlar tomonidan kafolatlanishi islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun imkoniyatlar yaratdi.

51. Мустақил Ўзбекистонда парламент тизимидаги ислоҳотлар.

Shu bilan birga, O‘zbekiston jamiyati siyosiy tizimida ikki palatali parlament islohotlarining boshlanishi ham davlat hokimiyati tizimiva jamiyat institutlarini har tomonlamamodernizatsiyalashtirishva isloh etish uchun shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yanada kengaytirdi. Avvalambor, parlament islohotlari natijasida jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning manfaatlari va irodalarini ifodalovchi yangi institutlar - parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatning shakllanishi natijasida bu turli-tuman manfaatlarni qonunlar va siyosiy qarorlarda ifodalana olish imkoniyatlari yaratildi. Albatta, bu o‘zgarishlar fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qadriyatlardan biri - fuqarolar istaklari va manfaatlarini fuqarolik institutlari vositasida davlat irodasi hamda davlat vazifasi darajasiga ko‘tarish amaliyotiga erishildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qonunlar qabul qilishning o‘zigaxos imkoniyatlari yaratildi.

52. Ўзбекистонда икки палатали парламентнинг шаклланиши.

unda bir palatali Oliy Majlisning ikki palatali parlamentga aylantirilishi asosida quyi — Qonunchilik palatasini ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish, buning uchun muqobillik tamoyillariga muvofiq saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi hamda bunday huquqiy mexanizmlar milliy saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bildirilgan takliflar asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2004-yilgi parlament saylovlarida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tagani holda, siyosiy partiyalar ishtiroki va rolini oshirdi.

53. Сенат – Ўзбекистон парламентининг юқори палатаси.

Avvalambor, parlament islohotlari natijasida jamiyatdagi ijtimoiy qatlamlar va guruhlarning manfaatlari va irodalarini ifodalovchi yangi institutlar - parlamentning Qonunchilik palatasi va Senatning shakllanishi natijasida bu turli-tuman manfaatlarni qonunlar va siyosiy qarorlarda ifodalana olish imkoniyatlari yaratildi. Albatta, bu o‘zgarishlar fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qadriyatlardan biri - fuqarolar istaklari va manfaatlarini fuqarolik institutlari vositasida davlat irodasi hamda davlat vazifasi darajasiga ko‘tarish amaliyotiga erishildi. Shuningdek, fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan qonunlar qabul qilishning o‘zigaxos imkoniyatlari yaratildi

54. Ўзбекистон парламентининг қуйи-Қонунчилик палатаси.

unda bir palatali Oliy Majlisning ikki palatali parlamentga aylantirilishi asosida quyi — Qonunchilik palatasini ko‘ppartiyaviylik asosida shakllantirish, buning uchun muqobillik tamoyillariga muvofiq saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish masalalari ustuvor ahamiyat kasb etdi hamda bunday huquqiy mexanizmlar milliy saylov qonunchiligida o‘z ifodasini topdi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasidagi ma’ruzasida bildirilgan takliflar asosida qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 2004-yilgi parlament saylovlarida muhim huquqiy asos vazifasini o‘tagani holda, siyosiy partiyalar ishtiroki va rolini oshirdi.

55. Ўзбекистонда маҳаллий ваколатлик органларининг шаклланиши ва улардаги ўзгаришлар.

2002 yilning 29-30 avgustida bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyatiqurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi.

56.Mustaqil O’zbekistonda huquq tartibot organlari o’zgarishi

Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklarini, mulk egalarining huquqlarini, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda.

57. Mus Ozb da Sud tizimining o’zgarishi.

Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyaning “vakolatli vakili” degan yangi institut kiritildi. Shuningdek, avvallari sodir etgan har qanday jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar deputatlikka nomzod etib ko‘rsatilishi mumkin emas edi. So‘nggi o‘zgartishlarga muvofiq, faqat sodir etgan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolargina deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmasligi belgilandi. Bu kabi islohotlar milliy saylov tizimining izchil hamda bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va umum-e’tirof etilgan xalqaro prinsip hamda normalarga to‘la mos holda o‘tkazilishini ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi.

58.Vazirlar maxkamasi ijro etuvchi hokimiyatning muxim bog’ini



Vazirlar Mahkamasi va uning faoliyati.Oʼzbekiston Respublikasidahukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan boʼlib, “OʼzbekistonRespublikasi Vazirlar Mahkamasi toʼgʼrisidagi” Qonunga binoan, uOʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va maʼnaviysohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, Oʼzbekiston Respublikasiqonunlari, Oliy Majlisning qororlari, Prezident farmonlari, qarorlariva farmoyishlari ijrosini taʼminlovchi ijro etuvchi hokimiyatdir.

59.Ozbda prizidentlik boshqaruv tizmining shakillanishi

Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab davlat boshqaruvidagi asosiy institutlar — Prezidentlik, Oliy Majlis hamda davlat hokimiyatining vakillik organlarini demokratik saylovlar asosida shakllantirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratildi

1994-yil 5-mayda yana bir muhim hujjat — “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Ushbu Qonun saylovchilarning faol saylov huquqi va o‘z xohish irodasini erkin ifodalash mexanizmini amalda mustahkamlab berdi. Saylov qonunchiligi shakllanishining dastlabki bosqichi saylov tizimining konstitutsiyaviy asoslari yaratilgani, Prezidentlik, Oliy Majlis, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari kabi vakillik organlariga saylov o‘tkazishning huquqiy poydevori shakllantirilgani bilan ahamiyatlidir. Ayni vaqtda fuqarolarning saylov huquqlari umume’tirof etilgan xalqaro saylov standartlari tamoyillari asosida kafolatlandi, saylovlarni tashkil etishga vakolatli organning huquqiy maqomi alohida qonun orqali tartibga solindi.


60.

61.O’zbda mahalliy organlarning shakillantirish

strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda.

62.O’zbda fuqorolik asoslarining barpo etilishi

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlardan o‘tdi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, ya’ni ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadlarida 1991 yilning 15 fevralida O‘zbekiston Oliy Kengashi «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida»gi qonunni qabul qildi. Mazkur qonun respublikada faoliyat yuritib kelayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilishga, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanishiga, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi.

2002 yilning 29-30 avgustida bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasi mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishni avj oldirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mamlakatda «Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyatiqurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi.

63.O’zbda ommaviy axborot vositalari mustaqillik yillarida

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi hamda “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlarga yangi modda hamda qo‘shimchalar kiritildi. Ularga saylovoldi tashviqotining mazmun-mohiyatini ochib beradigan, uni amalga oshirish shakllari, usullari va turlarini aniq ko‘rsatadigan, ovoz berish kunidan bir kun oldin saylovoldi tashviqotini amalga oshirish mumkin emasligini aks ettirgan, muddatidan avval ovoz berish tartibini aniqlashtiradigan, ovoz berish kuni jamoat fikri so‘rov-lari natijalari, saylov natijalari prognozlari va o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilishni taqiqlaydigan, saylovlarning ochiq, oshkora hamda shaffofligini ta’minlashni yanada kuchaytiradigan yangi normalar kiritildi

64.O’zbda elektiron axborot vositalarining shakillanishi

Ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonda yashayotgan millatlarning 7 ta tilida va siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, sport kabi 20 dan ortiq ixtisosliklarda faoliyat olib boradi. Bunday salmoqli o‘zgarishlar sohada qonunchilik mexanizmini yanada takomillashtirish, ularning erkin faoliyat yuritishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligini taqozo etmoqda. 2010 yil 12 noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.

Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikasiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.

Agentlik huzurida tashkil etilgan 3-ekspert guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi va «Ommaviy axborot vositalari va axborot olish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonunlar loyihalari tayyorlandi. Ushbu loyihalar bir qator mintaqaviy va xalqaro konferensilarda, seminar va yig‘ilishlarda keng muhokamalardan o‘tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralardan kelishuvlardan o‘tkazilgandan so‘ng 2011 yil noyabr' oyida loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi ekspert guruhining muhokamalaridan o‘tkazilib, Prezident Farmoyishiga muvofiq loyiha 2012 yil to‘rtinchi choragida Hukumatga kiritildi.

Mamlakatimizda demokratik jarayonlarning chuqurlashuvi davlat hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashda OAV ishtirokini zamon talabiga moslashtirishni taqozo qilishi bilan birga mavjud axborot manbalaridan yanada samrali foydalanish, matbuot erkniligi va mustaqilligini mustahkamlash, fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklari to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etmoqda.
65.O’zbda nodavlat notijaorat tashkilotlar

strategik ahamiyatga molik masalalar, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. Shu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlari ham asosan o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish belgilandi.

66. O’zbda nodavlat notijaorat tashkilotlarninh siyosiy ijtimoiy iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki

Mamlakatda ikki palatali parlament islohotlari bilan uzviy bog‘liqlikda nodavlat nodavlat tashkilotlarni ijtimoiy qatlamlar, guruhlar manfaatlari hamda irodalarini ifodalovchi tashkilotlar darajasiga ko‘tarish, jamiyatdagi turli tuman ijtimoiy qatlamlarning manfaatlarini muvofiqlashtirish, jamiyatni doimiy barqaror bo‘lishiga zamin yaratish, shuningdek fuqarolarning jamiyat va davlat organlarini boshqarishdagi ishtirokini kengayishiuchun keng shart-sharoitlar va ijtimoiy-siyosiy kengliklar yaratildi. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining davlat va qonunlar tomonidan kafolatlanishi islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun imkoniyatlar yaratdi

67. mustaqil o'zbekistonda ijtimoiy sheriklik

Insoniyat tariхida buyuk rol o‘ynagan ijtimoiy sheriklik nazariyasi Mustaqil O‘zbekistonda hayotga keng tatbiq etila boshladi. U hayotga nafaqat tatbiq etildi, balki uning nazariy asoslari boyitildi va amaliy jihatlari rivojlantirildi.

O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezident Islom Karimov tomonidan “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlandi. Kuchli jamiyat esa fuqarolik jamiyatidir. Ba’zan, “Nima uchun bira to‘la “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori olg‘a surilmadi?” degan savol o‘rtaga tashlanadi. Dastavval “Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari” shiori o‘rtaga tashlanishining sababi shundaki, sobiq sho‘rolar tuzumi davrida “fuqarolik jamiyati” tushunchasi umuman ishlatilmasdi. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki yillarida bu tushuncha mamlakatdagi ko‘pchilikka tanish emasdi. Agar o‘sha davrda “Kuchli davlatdan fuqarolik jamiyati sari” shiori o‘rtaga tashlansa, u ko‘pchilik uchun tushunarli bo‘lmay qolardi.



Ijtimoiy sheriklikning nazariy masalalari Birinchi Prezident Islom Karimovning qator asarlari, nutq va maqolalari, хususan, uning zikr etilgan Konsepsiyasida chuqurlashtirilgan bo‘lsa, amaliyotning rivojlantirilishi uni mamlakatimizda Birinchi Prezident rahbarligida amalga oshirish jarayonida yuz berdi. Birinchi Prezident Konsepsiyasidan yuqorida keltirilan iqtibosda ijtimoiy sheriklikning mohiyati, maqsadlari, vazifalari ochib berilgan.

68.Mustaqil o’zda uz uzini boshqaruv organlarining faoliyati

1993- yil 2- sentabrda „Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Unga binoan, qishloq, posyolka (shaharcha)larda davlat hokimiyati vakillik organlari — qishloq, posyolka sovetlari tuzilmaydigan bo‘ldi, ularning o‘rniga o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla qo‘mitalari tuzildi. Shunday qilib, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalliy hokimiyat tizimidan ajratildi. Biroq ular bir-biridan mutlaqo ajratilgan holda faoliyat ko‘rsatmaydi, ularning bog‘liq tomonlari mavjud. Ular o‘rtasidagi munosabatlarning huquqiy asoslari „Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida“ gi qonunda belgilab qo‘yilgan. Har ikkalasi ham mahalliy ahamiyatga molik masalalarni hal qiladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishni rivojlantirishga ko‘maklashadi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yo‘naltirib turadi.

69. Mustaqil o’zda uz uzini boshqaruv organlaritizimidagi islaxotlar

“Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.

70. . Mustaqil o’zda uz uzini boshqaruv organlarining jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni

Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.

71.O’zbda demokratik isloxatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konfeksiyasi

2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu Konsepsiyada mamlakatimizda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish borasida amalga oshirilgan ishlar mufassal tahlil etilib, bu yo‘nalishdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilab berildi.

72. . Mustaqil o’zda inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish

Mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haqhuquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi, fuqarolarning iqtisodiy va siyosiy faolligi ortib bordi. Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirishga qaratilgan demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi.

73. Mustaqil o’zda iqtisodiy isloxatlarning boshlanishi

. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini ta’minlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan.

74. Mustaqil o’zda xususiy mulikning shakillanish jarayoni

1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi.

Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi.

Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi.

75. O’zbda bozor munosabatlarining rivojlanishi

Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan.

Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari Birinchi Prezidentimiz I.Karimov tomonidan ishlab chiqilib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning yirik mutaxassislari, davlat arboblari tomonidan tan olindi va o‘zining hayotiyligini namoyish etmoqda

Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi

76.Ozb iqtisodiyotidagi chuqur tartibiy o’zgarishlar

Istiqlol yillarida iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga olib keldi:


  • Yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini O‘zbekiston o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi;

  • G‘alla mustaqilligiga erishildi;

  • Ishlab chiqarishda sanoat mahsulotlari hissasi oshdi;

  • Sanoatda yuksak texnologiyaga asoslangan istiqbolli tarmoqlarning hissasi oshdi;

77. Ozbda davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni

Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi.

Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat.

1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichida “Kichik xususiylashtirish” amalga oshirildi. Buning oqibatida asosan mayishiy xizmat va savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, davlat sanoat va mahsulot qayta ishlash korxonalari mulk shaklini o‘zgartirdi. Bular mulkning ijara, jamoa va aksiyadorlik shakliga aylantirildi. Uy-joylar keng miqyosda xususiylashtirilib, aholining ayrim qismiga tekin, boshqa qismiga esa arzon narxda xususiy mulk etib berildi.

Dastlabki davrda agrar sohada ham islohotlar amalga oshirildi. Natijada qishloq xo‘jaligida 770 kolxoz va davlat xo‘jaliklari xususiylashtirildi, jamoa va ijara xo‘jaliklariga aylantirildi. Lekin qishloqda bu jarayon sekin va qiyinchliklarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, agrar sohadagi byurokratik boshqaruv tizimining har xil to‘siqlari qishloqda islohotning borishiga xalaqit berardi. Mulkning davlat tasarrufidan chiqarish jarayonining birinchi bosqichidagi eng muhim xulosa mulkdorlar sinfining shakllana boshlagani, xususiylashtirish mexanizmining ishlab chiqilishi, iqtisodiy islohotlarga nisbatan kishilar psixologiyasi va munosabatining o‘zgarishi bo‘ldi. Mustaqillik yillari yuz bergan tub o‘zgarishlardan biri mamlakatda ikki yo‘l bilan mulkdorlar sinfi shakllana boshladi.

Davlat mulkini xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq shakldagi aksiyadorlik jamiyat qurish, korxonalar aksiyasining chiqarish, auksion (kim oshdi) savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, qimmatbaho qog‘ozlarni chiqarish va xususiylashtirishni yoppasiga olib borish uchun sharoit yaratish ishlari amalga oshirildi.

78.O’zbda kop ukladli iqtisodiyotning shakillantirilishi

Mulkni xususiylashtirish va ko‘p ukladli iqtisodni shakllantirish O‘zbekistonda o‘ziga xos yo‘l bilan amalga oshirildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdagi maqsad: 1. Davlat monopoliyasini tugatib ma’muriy buyruqbozlik tizimiga barham berish va bozor iqtisodiyotiga asos solish; 2. Xususiy mulkdorlarning keng qatlamini shakllantirish; 3. Xorijiy sarmoyadorlarga keng yo‘l ochish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va aholining turmush tarzini yuksaltirishdan iborat.

Qishloq xo‘jaligida ko‘p ukladli iqtisod vujudga keldi. 1997 yili shaxsiy tomorqa xo‘jaligi-3 mln. gektarni tashkil qildi. Tomorqa xo‘jaligining ekin maydoni 1989 yili 257 ming gektar bo‘lsa, 1997 yil-599,7 ming gektarga ko‘paydi. 1996 yili shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda 640 ming t go‘sht, 2,968 ming t sut, 1,711 ming t sabzavot, 321 ming t meva, 307,8 ming t poliz, 338,1 ming t kartoshka, 729 mln. dona tuxum yetishtirildi. G‘allakorlar O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligiga katta hissa qo‘shmoqda. Ular 1996 yili davlatga 2 mln. 100 ming tonna g‘alla topshirgan bo‘lsalar, 1998 yili 4,6 mln. tonna g‘alla hosili yetishtirdilar. Bundan 3,5 mln. tonnasi bug‘doy edi. G‘allakorlarning yutuqlari o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Paxta maydonlarini qisqartirish evaziga don ekinlarining maydoni kengaytirilib 2,5 mln. gektarga yetkazilib paxta maydonlari bilan tenglashtirildi. G‘allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi. 8159 ta “Niva”, “Don”, “Sibiryak” kombaynlari bilan bir qatorda Amerikaning “Keys” firmasidan keltirilgan 637 kombayn g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashdi.

79. mustaqil o'zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi

Iqtisodiyotni erkinlashtirish va rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tub islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining barqaror, ijobiy o‘sishini ta’minlamoqda.

Respublikamizda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, valyuta bozorini erkinlashtirish, yuqori likvidli tovarlarni sotishning bozor usullarini joriy etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar aholining keng qatlamlarini tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratdi hamda iqtisodiy islohotlarni izchil davom ettirish uchun mustahkam zamin yaratdi.

Iqtisodiyot tarmoqlarida chuqur tarkibiy o‘zgartirishlarni amalga oshirish, tovarlar va xizmatlarning sifatli bozorini shakllantirgan holda raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonini jadallashtirish, aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish va mustahkamlash, davlat aktivlarini boshqarishda bozor tamoyillarini joriy etish mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining yangi bosqichida muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish va rivojlantirish, iqtisodiy salohiyatni kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish, tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligi va faoliyati samaradorligini kuchaytirish asosida aholi turmush darajasini oshirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

1. Jahon banki va boshqa xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan 2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Islohotlar yo‘l xaritasi”) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va unda quyidagi chora-tadbirlar nazarda tutilsin:

makroiqtisodiy barqarorlikni saqlab turish, samarali fiskal siyosatni yuritish, soliqqa tortish tizimi va soliq ma’muriyatchiligini tubdan isloh qilish;

asosiy resurslarni taqsimlashda bozor tamoyillarini keng joriy qilish asosida respublikaning raqobatbardosh bozor iqtisodiyotiga o‘tishi jarayonlarini tezlashtirish;

fuqarolarning ijtimoiy himoyasi va ularga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini mustahkamlash, aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini himoya qilish hajmlari va turlarini ko‘paytirish;

davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini yanada oshirish, xususiy sektorni rivojlantirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;

tabiiy boyliklardan foydalanish samaradorligini oshirish, atrof-muhit muhofazasini ta’minlash, suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish, irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilish.

2. Quyidagilar:

2019 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida tarkibiy islohotlar asosiy yo‘nalishlarining “Yo‘l xaritasi”ni amalga oshirishni ta’minlash bo‘yicha Iqtisodiy kengash (keyingi o‘rinlarda — Iqtisodiy kengash) 2-ilovaga muvofiq;

Iqtisodiy kengash huzurida “Islohotlar yo‘l xaritasi”dagi aniq chora-tadbirlarning eng muhim yo‘nalishlarini ekspertizadan o‘tkazuvchi, xorijiy mutaxassislardan iborat Xalqaro ekspertlar guruhi tashkil etilsin.

Iqtisodiy kengash (A. Aripov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda bir hafta muddatda “Islohotlar yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tarkibiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert guruhlari tarkiblarini tasdiqlasin hamda ularni vazirlik va idoralarning mas’uliyatli, istiqbolli va yuksak kasbiy mahoratga ega yosh kadrlar bilan to‘ldirsin.

3. Quyidagilar Iqtisodiy kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni va xatarlarni tahlil qilish va aniqlash, tahlil natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda kelgusida amalga oshiriladigan yangilanishlar yuzasidan takliflar tayyorlash;

“Islohotlar yo‘l xaritasi”ning aniq yo‘nalishlari bo‘yicha strategiyalar, konsepsiyalar, dasturlar, “yo‘l xaritalari” va boshqa hujjatlarning belgilangan muddatlarda ishlab chiqilishini ta’minlash hamda kompleks masalalarni puxta o‘rgangan holda hal etib borish;

Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning a’zolari va jalb qilingan mutaxassislar faoliyatini tashkil etish, “Islohotlar yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan eng muhim dasturlar va chora-tadbirlarni ekspertizadan o‘tkazishni ta’minlash;

“Islohotlar yo‘l xaritasi”ni ijro etish davomida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini idoraviy ko‘lamda va keng jamoatchilik ishtirokida har tomonlama muhokama qilinishini ta’minlash;

mutasaddi vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish, “Islohotlar yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi ustidan tizimli monitoring olib borilishi va nazorat qilinishini tashkil etish, zarur hollarda belgilangan chora-tadbirlarning so‘zsiz bajarilishi uchun tezkor choralar ko‘rish;

xalqaro moliya institutlari, ekspertlar hamjamiyati va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatish, shu maqsadlarda seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish.

4. Shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:

mas’ul idora “Islohotlar yo‘l xaritasi”ga kiritilgan masalalar yuzasidan materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oldindan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan Iqtisodiy kengash Kotibiyatiga (keyingi o‘rinlarda — Kotibiyat) taqdim etadi;

Kotibiyat Iqtisodiy kengash a’zolari va Xalqaro ekspertlar guruhi bilan birga materiallar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rganib chiqadi;

qayta ishlangan materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va jalb qilingan ekspertlar, shu jumladan Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolarining xulosalari Iqtisodiy kengash yig‘ilishida muhokama qilinadi va tegishli qarorlar qabul qilinadi;

Iqtisodiy kengash “Islohotlar yo‘l xaritasi”ga kiritilgan masalalar bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, keng muhokama qilish, tasdiqlash va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga kiritishni ta’minlaydi.

5. Iqtisodiy kengash (A. Aripov) mas’ul idoralar bilan birgalikda quyidagi loyihalarning tayyorlanishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritilishini ta’minlasin:

a) Strategiyalar:

davlat ulushiga ega bo‘lgan korxonalarni isloh qilish bo‘yicha — 2019-yil 1-iyungacha;

milliy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish (Raqamli O‘zbekiston-2030) bo‘yicha — 2019-yil 1-dekabrgacha;

ta’limni rivojlantirish bo‘yicha — 2020-yil 1-martgacha;

suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirish bo‘yicha — 2020-yil 1-sentabrgacha;

b) Konsepsiyalar:

O‘zbekiston Respublikasini 2030-yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha — 2019-yil 1-aprelgacha;

qishloq xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha — 2019-yil 1-oktabrgacha;

monetar siyosatni kuchaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha — 2019-yil 1-oktabrgacha;

davlat pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha — 2020-yil 1-yanvargacha;

moliyaviy sektorni yanada rivojlantirish bo‘yicha — 2020-yil 1-iyungacha;

v) “Yo‘l xaritalari”:

investitsion muhitni yaxshilash bo‘yicha — 2019-yil 1-aprelgacha;

yerdan foydalanishda moslashuvchanlik va shaffoflikni oshirish bo‘yicha — 2019-yil 1-noyabrgacha;

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha — 2020-yil 1-sentabrgacha.

6. Belgilab qo‘yilsinki, Xalqaro ekspertlar guruhi a’zolari va boshqa jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar bilan shartnomalar tuzish va ular mehnatiga haq to‘lash, Iqtisodiy kengashning faoliyati bilan bog‘liq boshqa xarajatlar Iqtisodiy kengash kotibiyati taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti hamda jalb qilingan grantlar, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning texnik ko‘maklari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

7. Iqtisodiy kengash kotibi — O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi o‘rinbosari A.Y. Xaydarovga quyidagilar uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin:

“Islohotlar yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq amalga oshirilishini tizimli monitoring qilishni tashkillashtirish;

belgilangan tadbirlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;

Iqtisodiy kengash huzuridagi Xalqaro ekspertlar guruhi, uning a’zolari va jalb qilingan xorijiy ekspertlar faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

har 15 kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyaga “Islohotlar yo‘l xaritasi”ni amalga oshirish bo‘yicha batafsil axborotni tegishli ilovalari bilan kiritib borish.




Download 96,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish