2. "Ўзбекистоннинг энг янги тарихи" ўқув фанининг предмети, мақсад ва вазифалари


O’zb resda kichik korxonalar va xususuy tadbirkorlikning rivojlanishi



Download 96,1 Kb.
bet11/11
Sana27.08.2021
Hajmi96,1 Kb.
#157279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
O’zbekistonda xristianlik

96.O’zb resda kichik korxonalar va xususuy tadbirkorlikning rivojlanishi

Kichik biznes. Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichikbiznesni rivojlantirishga ko'maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko'maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko'maklashuv jamiyati O'zbekistonda kichik biznesni qo'llab-quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko'maklashdilar. Faqat 1999-yili kichik biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSH dollaridan ortiq kredit mablag'lari jalb etildi va o'zlashtirildi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog'i 1991- yilda 1,5 foizni, 1999— yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2005— yilda 38,2 foizga yetdi. 2005— yilda faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 310 mingtaga yetdi. Faqat 2004— yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o'rinlari yaratildi. 2004— yil 1-oktabrida mazkur sektorda ish bilan band bo'lganlar soni 6,4 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo'l-ganlarning 65 foizini tashkil etdi. Bu sohani rivojlantirish maqsadida kiyingi 3 eilda ham katta ishlar amalga oshirildi. Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasida “Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish bo‘yicha barcha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni qabul qildik. Hukumat ushbu tadbirlarning amaliy ijrosini samarali tashkil etishi zarur.

97.Ozbda tog’ kon sanoating rivojlanishi

. Ayrim sohalarda-kimyo, oltin qazish, paxta tozalash, tog‘-kon sanoatida-51% aksiya davlat ixtiyorida qoladigan bo‘ldi.

1998 yil ayrim rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy krizis, jahon bozorida O‘zbekistonning muhim eksport mahsulotlari-paxta tolasi, rangli metallarning narxini tushib ketishi mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmay qolmadi. Jahon iqtisodiy krizisi sharoitida Respublika rahbari qayd etganidek, muhim strategik vazifani hal qilishga muvaffaq bo‘lindi. Jahon bozorida oltin, paxta, mis narhiniing tushib ketishiga qaramasdan mamlakatimizning oltin valyutasi zahirasi o‘tgan yilgi darajasida saqlanib qoldi. Bu borada Navoiy, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasining hal qiluvchi rolini ko‘rsatish o‘rinlidir.

Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati oltin rudasini qazib olishdan to zargarlik bezaklarini tayyorlaydigan jahonda siklda ishlaydigan yagona korxonaga aylandi.

98.Ozb resda makro iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish

O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik davom etmoqda. Hatto, 1998 yili ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,4 foiz, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishi 5,8 foizga ortdi. Iste’mol mollarini ishlab chiqarish 7,2 foiz ko‘paydi. Avvalgi yillardagi kabi qat’iy moliya-kredit siyosati amalga oshirildi. Natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keldi.O‘zbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Ichki va tashqi sarmoyalarning muntazam ravishda o‘sib borishi natijasida 2004 yil yalpi ichki mahsulot 7.7 foizga, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 9.4 iste’mol mollarini ishlab chiqarish 13.4 foizga oshdi. Inflyatsiya 3.7 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlarni 2003 yil bilan taqqoslansa, iqtisodiyotdagi o‘sish yana ham ko‘zga tashlanadi. Yalpi ichki mahsulot 4%ga, sanoatni ishlab chiqirish 6.2%ga, ijtimoiy maxsulot8.4 %ga o‘sgan edi. MDHning boshqa davlatlarida 2004 yili inflyatsiya darajasi quyidagicha bo‘ldi:

Qozog‘iston 6.7%, Rossiya 8.5%, Ukrayinada 9.7%, Belorussiyada 14.1%ni tashkil qilgan.

Iqtisodiyotdagi barqarorlik O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida, eksport va import tuzilmasida katta sifat o‘zgarishiga olib keldi: agar 1991 yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 77,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998 yilda uning ulushi 38,6 foizga tushdi.

Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O'zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qodir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yoilaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlar uchun zarur mablag'lar davlat buyudjiti va aholi jamg'armalari hisobidan ajratildi. 1994-2003— yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi.

99.O’zb resda bank moliya tizimini mustaxkamlash borasidagi chora tadbirlar

Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002— yilda 37 ta bank, shu jumladan, 13 ta xususiy bank faoliyat ko'rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o'rnatgan.

Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug'urta», «O'zbekinvest» kabi yirik sug'urta kompaniyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Ko'plab xususiy sug'urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo'shma sug'urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko'rsatmoqda.

Iqtisodiy islohotlar borasida qo'yilgan yana bir muhim qadam – 1994-yil 1- iyuldan milliy valyutamiz - so'mnmg muomalaga kiritilishi bo'ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e'tiborga molik, chunki o'z milliy valyutasiga ega bo'lmagan davlat chinakam mustaqil bo'la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003— yil 15-oktabrdan boshlab so'm qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko'tarildi..

100. 2008 yilda jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabab va oqibatlari

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi globallashuv jarayonlarining jadal rivojlanishi orqali tavsiflanadi. Globallashuvni iqtisodiy jihatdan qaraydigan bo’lsak, u jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.

Globallashuv jarayonlarining kеngayishi jahon mamlakatlari o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning yanada takomillashuviga olib kеladi. Jumladan, globallashuv natijasida transmilliy korporatsiyalar, ularning turli ko’rinishdagi xalqaro birlashmalari faoliyatining tarkib topishi va kеngayishi, xalqaro ishlab chiqarish koopеratsiyasi va mеhnat taqsimotining nisbatan yuqori darajaga o’tishi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining yanada kuchayishi ro’y bеradi.

Umuman olganda, globallashuv jarayonlari jahon xo’jaligining yaxlit iqtisodiy tizim sifatida rivojlanishida sifat bosqichi qisoblanib, yangi imkoniyatlarni ochib bеradi.

Biroq, globallashuv jarayonini mutlaqlashtirish va unga bir tomonlama qarash to’qri bo’lmaydi. Chunki, mazkur jarayon o’zining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda ziddiyatli tomonlariga ham ega. Jaqonning bir mamlakatida ro’y bеrayotgan ijtimoiy-iqtisodiy larzalarning muqarrar ravishda boshqa mamlakatlarga ham o’z ta'sirini o’tkazishi shulardan biri qisoblanib, bugungi kunda ro’y bеrayotgan moliyaviy inqiroz ham aynan shu ma'noda globallashuv jarayonlarining oqibati qisoblanadi.

Shunga ko’ra, Prеzidеntimiz oz asarlarini bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008 yilda boshlangan jaqon moliyaviy inqirozi, uning ta'siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kеlayotgan vaziyatdan chiqish yўllarini izlashdan iborat ekanligidan boshlab, jaqon moliyaviy inqirozining mazmun-moqiyati, kеlib chiqish sabablariga batafsil to’xtalib o’tdilar.

“Bu inqiroz Amеrika Qo’shma Shtatlarida ipotеkali krеditlash tizimida ro’y bеrgan tanglik qolatidan boshlandi. So’ngra bu jarayonning miqyosi kеngayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to’lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib kеtdi. Dunyoning еtakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indеkslari va aktsiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib kеtishiga olib kеldi. Bularning barchasi, o’z navbatida, ko’plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o’sish sur'atlarining kеskin pasayib kеtishi bilan bog’liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni kеltirib chiqardi”1.

Bundan ko’rinadiki, dastlab AQSh ipotеka bozorlarida namoyon bo’lgan mazkur inqiroz еtarlicha to’lov layoqatiga ega bo’lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bp’lgan qarzdorlarga ipotеka krеditlari bеrish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro’y bеrdi.




Download 96,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish