Aim.uz
JAVOBLAR
1.
2. “Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” ўқув фанининг предмети, мақсад ва вазифалари.
“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazifasi – O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirishdir.
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida
3. 3“Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” фанини ўрганишнинг назарий-услубий асослари.
Insoniyat tarixida XX asrning so‘nggi choragi va – XXI asr boshi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning yangi pallasini boshlab berib, O‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Bu holat tarix fanida ham tub o‘zgarishlarni, nazariy va metodologik yangilanishni, bir so‘z bilan aytganda mustaqil O‘zbekiston nufuziga munosib bo‘lishni taqozo qildi. Mustaqillik yillarida tarix fani arsenali yangilanib, o‘zgardi. Tarix fanida kechgan chuqur ichki transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy, strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar ta’sirida ko‘pgina mavzular yangicha mushohada qilina boshladi. Haqqoniy talqini va tahliliga muhtoj bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi kunga qadar ba’zi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon davom etmoqda.
4. Юксак интеллектуал салоҳиятли, маънавий баркамол авлодни тарбиялаш, комил инсонни вояга етказишда мамлакат энг янги тарихининг тутган ўрни.
Har bir tarixiy jarayon shu jarayonlar sodir bo‘layotgan davrning mahsuli. Ma’lum bir davrda xalq tafakkuri, intellektual salohiyati, buyuk maqsadlari va ulug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchlari shakllanadi. Voqeahodisalar, xususan, jamiyat bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tayotgan, odamlar dunyoqarashida keskin burilishlar sodir bo‘layotgan, natijada yaxlit jamiyat, butun xalq hayoti yangi mazmun kashf etayotgan bir jarayonda tarixiy davrni butun ko‘lami, mahobati va mohiyati bilan o‘rganish fan oldidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari yangi sahifa ochdi. Mustaqillikning o‘tgan davri tarix bilan qiyoslaganda kapalak umridek qisqa. Biroq, ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
5. 5Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг маънавий етук шахсни тарбиялашда тарихий хотиранинг ўрни ва сабоқлари тўғрисидаги фикрлари.
Ta'lim funksiyasi ilmiy va tarixiy bilimlarni o'zlashtirish, tarixiy narsalarni ko'rish qobiliyatidan iborat zamonaviy O'zbekiston hududida jamiyatning rivojlanishi turli xil ilmiy nazariy va uslubiy yondashuvlar va tushunchalar prizmasi orqali amalga oshiriladi.Kognitiv va tarbiyaviy vazifa talabalarning mustaqil ish ko'nikmalarini shakllantirish, ma'lumot izlash, turli manbalar bilan ishlash, ularni baholash, attestatsiya, sharhlash va tahlil qilish tizimlari Ta'lim funktsiyasi fuqarolik pozitsiyasini, qadriyatlarga yo'naltirilgan tarixiy xotirani va vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish bilan bog'liq. Biz o'z tarixiga ega bo'lgan va ular bilan faxrlanadigan ko'plab o'zaro ta'sir ko'rsatuvchi davlatlar, xalqlar va madaniyatlardan tashkil topgan dunyoda yashayapmiz. Tarixiy ovozlarning ushbu polifoniyasi O'zbekiston ovozini o'z ichiga olishi kerak. Uning ahamiyati shundan iboratki, odamlar tomonidan tarixiy o'ziga xoslikni yo'qotishi va tarixiy xotirani beparvo qilish, boshqa xalqlarning ularga nisbatan munosabatiga ham ta'sir qiladi
6. XXI глобаллашув асрида таълим соҳасида “Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” фанини ўқитишдаги назарий-концептуал ёндашув.
Tarix fanida kechgan chuqur ichki transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy, strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar ta’sirida ko‘pgina mavzular yangicha mushohada qilina boshladi. Haqqoniy talqini va tahliliga muhtoj bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi kunga qadar ba’zi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon davom etmoqda.
7. “Ўзбекистоннинг энг янги тарихи” фанини ўқитишдаги илғор инновациялар.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nihoyatda dolzarblashuvi munosabati bilan 2012 yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Birinchi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilindi. Kengashning asosiy vazifalari qatoridan ―demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishda «o‘zbek modeli»ning mohiyati va mazmunini, inson huquqlari hamda erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, hozirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ko‘rsatib berish‖ ham muhim o‘rin oldi.
8. Мустақилликка эришиш арафасида Ўзбекистондаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар.
.Sovet davrida O‘zbekiston xom ashyo etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Paxta yakkahokimligi o‘rnatildi. Sobiq sovet davlatining markaziga xom ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlandi. Bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqardi
Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatildi, faolligi susayib bordi .Milliy g‘urur tushunchalariga zarba etdi. Barcha sohalarda davlat hukmronligining o‘rnatilishi egasizlik va o‘zibo‘larlikka olib keldi. Xalq ijodkorligiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazifalar faqat buyruq asosida belgilandi.Ziyolilarning qirib tashlanishi, yoxud iskanjaga olinishi milliy poklanish jarayonini pasaytirdi. Sovet davlatining beshafqat jazolovchi mashinasi xalq ko‘nglida qo‘rquv va umidsizlik uyg‘otdi.YUrtimizda ruslashtirish siyosati kuchaydi. Davlat tili rus tili deb belgilandi
O‘zbek xalqi ham sovet davlatida yashovchi boshqa xalqlar qatorida iskanjada ushlanib, dunyo miqyosida ro‘y berayotgan taraqqiyot va integratsiyadan uzib qo‘yildi.O‘zbek xalqining tarixi, buyuk ajdodlari hayotining xolisona o‘rganilishiga ataylab to‘siqlar o‘rnatildi. Bu borada maxsus qarorlar qabul qilindi.Islom dini va milliy bayramlarning yo‘q qilinishi ma’naviy bo‘shliq kelib chiqishiga zamin yaratdi
«Qayta qurish» siyosati va uning barbod bo'Iishi Markazdagi rahbarlar hamon sotsializm «afzallik»laridan foydalanib, jamiyatni «qayta qurish»ga, sotsializmni yaxshilashga umid bog'lar edi. Ammo ular mamlakatni sotsializmning o'zi, u yaratgan totalitar siyosiy, iqtisodiy tuzum inqirozga olib kelganligini pay-qamagan edi.
1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
9. ХХ аср 80-йиллари ўрталарида республика ижтимоий-сиёсий, иқтисодий ва маънавий ҳаётидаги инқирозли ҳолат.
1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.
To'g'ri, jamiyatni demokratlashtirish, oshkoralik, turli xil fikrlar bildirishga imkon berish tomon ijobiy qadamlar qo'yildi. Matbuotda, radio va televidenieda turli xil fikr-mulohazalar erkin yozilad
10. ХХ асрнинг 80- йилларида Марказнинг Ўзбекистонда амалга оширган қатағон сиёсати.
Qatag‘onlik siyosatining mohiyati
Xususiy mulk, asriy an’analar yo‘q qilindi. Davlat hukmronligi o‘rnatildi, mamlakatda partiya yakka hokimligini o‘rnatildi.Sovet tuzumiga qarshi bo‘lgan xalqning ilg‘or qatlamlarini davlat boshqaruviga yaqinlashtirmaslik siyosati olib borildi.Bolьsheviklarga xalaqit bermasligi uchun ziyolilar tag-tomiri bilan yo‘qotildi.Har qanday yo‘l bilan sovet davlatining kuch qudratini saqlab turish asosiy maqsad edi.Ilg‘or g‘oyalar yo‘qotildi.Ko‘zga ko‘ringan olimlar, shoir va davlat arboblari shafqatsiz yo‘q qilingan.Milliy g‘urur va o‘zlikni anglash g‘oyalari ildizi bilan quritiga intilgan.Xalqlarning tili, dili va asriy an’analariga tajovuz qilingan.Diniy qadriyatlar toptalgan.Pirovard natijada yagona sovet xalqini tashkil etishga harakat bo‘ldi.Xalqlarga nisbatan genotsid siyosati qo‘llanilgan Fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi cheklangan.Sovet xalqini boshqa xalqlardan ajratib iskanjada ushlangan, zo‘rlik orqali kamchiliklar yashirilgan.
igan, gapiriladigan bo'Idi
11. Ўзбекистонда амалга оширилган “Пахта иши”, “Ўзбек иши” номли кампаниялар.
Turg‘unlik yillarida O‘zbekistonda xalqni chalg‘itish maqsadida “paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” degan bahonalar o‘ylab topildi. Natijada, 80 -yillarning o‘rtalaridan O‘zbekistonda qonunsizlik, yashirin qatag‘onlik harakatlari kuchaydi;
Sobiq SSSR prokuraturasi, Xavfsizlik komiteti tashabbusi bilan bir necha tergov guruhlari tuzildi;
1983-1989 yillarda T.Gdlyan va Ivanovlar rahbarligida tuzilgan tergov guruhlari respublika huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda paxta etishtirishda qo‘shib yozish bilan bog‘liq 800 dan oshiq tergov ishlari olib bordilar;
SHu ishlar bo‘yicha 5 ming kishi qamoqa olindi, ularning 600 dan oshig‘i rahbar xodimlar, 10 tasi sotsialistik mehnat qahramonlari edilar. “Aybdorlar”dan 100 mln. so‘mdan oshiq pul yig‘ib olindi;
Qamoqa olinganlarning ko‘pchiligi qonunga xilof ravishda sudsiz, belgilanganidan oshiq muddatlarda qamoqxonalarda ushlab turildi;
Bu o‘zbek xalqining mavjud tuzumga nisbatan ishonchsizligini, rahbar xodimlar va huquq-tartibot organlariga nisbatan noroziligini kuchaytirdi;
O‘zbekistonda qo‘pol tarzda inson huquqlari poymol etildi.
12. ХХ асрнинг 80- йилларида аҳоли турмуш тарзининг оғирлашуви.
1980-yillarning boshlarida sovet siyosiy tizimi, xo‘jalik yuritish usuli o‘zining rivojlanish imkoniyatlarini batamom tugatdi.
Ma’muriy-siyosiy biqiqlik kuchaydi, jamiyat a’zolari mehnat intizomi pasaydi, loqaydlik, befarqlik kuchaydi. 80-yillar o‘rtalarida sovet jamiyatida «qayta qurish» boshlandi.
Qayta qurish haqida M. S. Gorbachev KPSS MK ning aprel (1985 yil) plenumida taklif kiritdi.
Unda Mahsulot ishlab chiqarish uchun 2 marta ko‘p tabiiy resurslar, energiya, inson mehnati sarf etilishi, temir, po‘lat, stanoklar ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda 1-o‘rinni egallashiga qaramasdan mamlakatda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilmaganligi qayd etildi.
80-yillarning o‘rtalarida SSSRning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida inqirozli vaziyatning yanada keskinlashuvi ro‘y bera boshladi. Qayta qurish konsepsiyasi cheklangan bo‘lib, u SSSRni taraqqiyotini ta’minlay olmas edi.
Qayta qurish yillarida O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy hayot yomonlashdi.
Respublikada milliy urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar toptaldi, buning oqibatida xalq orasida loqaydlik, ishonchsizlik va norozilik kuchaydi.
Farg‘ona fojeasi yuz berdi. Milliy o‘zlikni anglash boshlandi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berilishi, paxta yakkahokimligini tugatilishi, ekologik holatni sog‘lomlashtirilishi O‘zbekistonda dolzarb masala sifatida ko‘tarildi.
13. Орол фожиасини келтириб чиқарган омиллар.
.Sovet davrida O‘zbekiston xom ashyo etkazib beruvchi hududligicha qolib ketdi. Ishlab chiqarishga e’tibor qaratilmadi. Paxta yakkahokimligi o‘rnatildi. Sobiq sovet davlatining markaziga xom ashyoni ko‘proq etkazib berish maqsadida cho‘l zonalariga ham paxta ekila boshlandi. Bu esa Markaziy Osiyoda ekologik muammolarni, birinchi navbatda Orol fojeasini keltirib chiqardi
Xalq boqimandachilik va befarqlikka o‘rgatildi, faolligi susayib bordi .Milliy g‘urur tushunchalariga zarba etdi. Barcha sohalarda davlat hukmronligining o‘rnatilishi egasizlik va o‘zibo‘larlikka olib keldi. Xalq ijodkorligiga yo‘l qo‘yilmadi. Vazifalar faqat buyruq asosida belgilandi.Ziyolilarning qirib tashlanishi, yoxud iskanjaga olinishi milliy poklanish jarayonini pasaytirdi. Sovet davlatining beshafqat jazolovchi mashinasi xalq ko‘nglida qo‘rquv va umidsizlik uyg‘otdi.YUrtimizda ruslashtirish siyosati kuchaydi. Davlat tili rus tili deb belgilandi
14. ХХ асрнинг 80- йилларида Фарғона водийсидаги ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий вазият.
Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.
Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
15. ХХ асрнинг 80- йиллари охиридаги Фарғона воқеалари.
Farg'ona fojiasi. 1989— yilning may-iyun oylarida Farg'onada fojiali voqealar sodir bo'ldi. 45 yil muqaddam Stalin bedodligi natijasida o'z yeridan badarg'a qilingan mesxeti turklarini o'zbek xalqi o'z bag'riga olgan, ularga mehribonlik qilgan edi. Tub joy aholi bilan mesxeti turklari o'zaro qardoshlik rishtalarini bog'lab, inoq yashardilar.
Biroq 1989— yil 20-mayda Quvasoyda mahalliy aholi bilan mesxeti turklari guruhlari o'rtasida mushtlashuv sodir bo'ldi. Respublika rahbariyatining voqeani to'g'ri baholay olmaganligi va tezkorlik bilan zarur choralar ko'rmaganligi oqibatida vaziyat murakkablashdi va etnik mojaroga aylanib, qon to'kilishiga olib keldi. 3 iyun kuni kechqurun Toshloqda, so'ng Marg'ilonning mesxeti turklari zich yashaydigan «Komsomol» suv xo'jaligi quruvchilari posyolkasida ur-yiqit, uylarga o't qo'yish, qotillik, vaxshiylik sodir bo'ldi. Keyingi kunlarda beboshlik harakatlari Farg'ona shahri, uning atrofiga tarqaldi. Olomon tomonidan sanoat korxonalariga, temir yo'l stansiyasiga, aloqa uzeliga, miJitsiya binosiga hujum qilindi. Boshboshdoqlik partiya va sovetlarga qarshi tus olib bordi. Ana shunday favqulodda vaziyatda respublika hukumat komissiyasi tuzildi. 4 lyundan boshlab komen-dantlik soati joriy etildi. Farg'onaga shoshilinch ravishda SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 13 ming kishilik bo'linmasi keltirildi. Ur-yiqit 7- iyun kuni yana takrorlandi va tez orada Qo'qon shahriga, Rishton, O'zbekiston va Kirov (hozirgi Beshariq) tumanlariga tarqaldi. 8- iyunda Qo'qonda aholining tinch namoyishi SSSR ichki ishlar vaziriigi qo'shinlari tomonidan o'qqa tutildi, 50 dan ortiq kishi halok bo'ldi, 200 dan ortig'i yarador qilindi. Ommaviy tus olgan tartibsizlik, ur-yiqitlarnatijasidajami 103 kishi halok bo'ldi. 1011 kishi jarohatlandi va mayib bo'ldi. SSSR ichki ishlar vaziriigi ichki qo'shinlarining 137 xizmatchisi, 110 militsiya xodimi yarador bo'ldi, militsiya xodim-laridan biri vafot etdi. 757 uy, 27 davlat binosi, 275 avtotransport vositasi yondirildi va talon-taroj qilindi.
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va ma'muriy organlar mesxeti turklarini Farg'onadagi harbiy qism poligonidagi lagerga hamda Tojikistonning Leninobod viloyati Asht tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko'chirildi. Minglab odamlarni bunday lagerlarda uzoq saqlab bo'lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg'ona viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej viloyatlariga ko'chirib olib borib joylashtirildi.
Farg'ona fojiasining sabablari, uni harakatga keltirgan kuchlar kimlar edi? O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 23-iyunda bo'lgan XIV Plenumida Farg'ona fojiasi bilan bog'liq masalalarni o'rganish uchun maxsus komissiyasi tuzildi. Komissiyaning O'zbekiston Kompartiyasi MQning 1989— yil 29-iyulda bo'lgan XV Plenumi tomonidan ma'qullangan axborotida fojiani keltirib chiqargan sabablar ochib berildi.
Farg'ona viloyati, shahar, tuman partiya va sovet tashkilotla-rining, huquqni himoya qilish organlarining tashkilotchilik, siyosiy ishidagi jiddiy xatolar fojiali voqealarga sabab bo'ldi. Ular viloyatdagi keskin ijtimoiy, siyosiy vaziyatni kuchayishi xavfini o'z vaqtida anglab etmadilar, millatlararo adovatni keltirib chiqarishga uringan ekstre-mistlarga, poraga sotilganlarga o'z vaqtida zarba berolmadilar.
Farg'ona viloyatida o'n yillar davomida ijtimoiy-iqtisodiy keskinlik ortib bordi. Xo'jalik strukturasi buzilgan, larmoqlar xomashyo yetishtirish, yarim fabrikatlar ishlab chiqarishga moslashib qolgan edi, ishsizlar soni tobora oshib borar, odamlarni, yoshlarni ish bilan ta'minlash tadbirlari ko'rilmasdi.
Kadrlar tanlash, munosib ish bilan ta'minlash ishlari buzilgan, poraxo'rlik, xizmat mavqeyini suiiste'mol qilish avj olgan edi.
Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar.
Farg'onada sodir bo'lgan siyosiy ig'vogarlik Tbilisi, Tog'li Qorabog', Bokuda tashkil etilgan ig'vogarliklardan biri edi. Keyinchalik, 1990— yil fevral-mart oylarida Bo'ka va Parkent, 1990— yil iyunda O'sh va O'zganda ham shunday urinishlar bo'ldi. Yovuz kuchlar o'z maqsadiga erisha olmadilar. O'zbekistonning yangi rahbariyati tomonidan ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida keskinlik bartaraf qilindi.
16. 1989 йил ўрталарида республика ижтимоий-сиёсий ҳаётидаги ўзгаришлар.
O’zbekistonda bu fojialarni tekshirish uchun 1989 yil 23 iyunda tashkil etilgan komissiya xulosalarida esa Farg’onada yuz bergan voqealar yoshlar o’rtasida kelib chiqqan mojarolarning tasodifiy natijasi emas, balki ijtimo-iy, iqtisodiy ildizlarga ega bo’lganligi ta’kidlandi, uning sabablari qatorida partiya tashkilotlarining aholi o’rtasida keng ko’lamda tarbiyaviy, tashkiliy ishlar olib bormagani, xalqlar do’stligini mustahkamlashga e’tibor bermagani, ma’muriy organlar xodimlari esa sarosimaga tushib, mojar’ boshlangan birinchi kundanoq janjalning oldini olish uchun chora-tadbirlar ko’rmagani ko’rsatildi. SHuningdek, nizolar mahalliy millat o’rtasida kuchaygan «ashaddiy millatchilik» kayfiyatining natijasi bo’lib, bu respublikada yashayotgan xalqlarni bir-biriga qarama-qarshi qo’yishga qaratilgani ham qayd qilib o’tilgani holda, «vodiyda turk mesxetilari xatti-harakatlariga nisbatan ancha befarkdiklar bo’lgani, ular orasidagi ayrim shaxslar Gruziya SSRning janubiy rayonlariga tezroq qaytish muam-mosini hal etish maqsadida vaziyatni keskinlashtirishga uringani, bu esa vaziyatni ancha chigallashtirib yuborgani» ko’rsatib o’tiladi. SHubhasiz, bu xulosa tarixiy haqiqatga birmuncha mos kelsa-da, mesxeti turklari o’z talablaridan «kelib chiqqan mojarolar»da O’zbekiston rahbariyati, O’zbekiston SSR Prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligini mo-jarolarning oldini ololmaganlikda ayblash markazning yordami hamma vaqt kerak bo’lishini «isbotlab» qo’yish uchun qulay imkoniyat ham edi.
1989 yil 15 iyunda respublika partiya xo’jaligi faol-lari yig’ilishida harbiy mashq zonasiga joylashgan mes-xeti turklarini boshqa yerlarga ko’chirish masalasi ko’rib chiqildi. SSSR Ministrlar Sovetining Raisi N.I. Rijkov ma’ruzasida «Farg’ona yaqinidagi qochoqlar lagerida yashayotgan turk millatiga mansub grajdanlarga, ularning oila a’zolariga agar ixtiyor qilsalar, Rossiyaning noqo-ratuproq rayonlariga jo’nab ketish imkoniyati berilganligi» va bu «vaqtincha tadbir» ekanligi, ko’chirish uchun zarur bo’lgan barcha choralar boshlangani ta’kidlab o’tildi.
17. Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилиши.
1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq 11-sessiyasida «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilindi;
«O‘zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi»ni tayyorlashga kirishildi. Unga ko‘ra, «O‘zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiga o‘tishning asosiy prinsiplari» ishlab chiqildi va u 1990 yil 17 oktyabrda umumxalq muhokamasi uchun e’lon qilindi;
18. ХХ асрнинг 80- йилларида миллий манфаатлар устуворлигининг ўсиб бориши.
Ana shunday keskinlikdan, respublikada ijtimoiy-siyosiy beqarorlikni keltirib chiqarishdan manfaatdor siyosiy kuchlar allaqa-chon ishlab chiqilgan, puxta tayyorgarlik ko'rilgan reja asosida jg'vogarona harakat qildilar, olomonga oldindan tayyorlangan varaqalar tarqatdilar
19. Ўзбекистонда Президентлик лавозимининг жорий қилиниши.
Sobiq ittifoq Respublikalari orasida birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik lavozimi joriy etilgan edi. Davlat boshqaruvining Prezidentlik Instituti 1990 yilning 24 martida “O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish va O’zbekiston SSR Konstitusiyasi (asosiy qonuni)ga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish to’g’risidagi” qonun bilan joriy etilgan edi. O’z SSR Oliy Soveti o’n ikkinchi chaqiriq birinchi
sessiyasida I.A Karimov Prezident etib saylandi. O’sha sessiyada qilingan ma’ruzada I.A Karimov shunday degan edi “....Bugun yuzaga kelgan vaziyatda O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. .Respublikada yakka boshliq lavozimining joriy etilishi Ittifoq miqyosida bo’lganidek, qonunlar va davlatning boshqa qarorlarini ijro etish omillarini mustahkamlashga, demak, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalarda qayta qurish jarayonlarini tezlashtirishga ko’maklashishi shubhasizdir”
20. И.Каримов – Ўзбекистоннинг Биринчи Президенти.
1991 yil 29 dekabr va 2000 yil 9 yanvarda to’g’ridan-to’g’ri umumxalq saylovlari muqobillik asosida o’tkazilib, unda I.Karimov Prezident etib saylandi. O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitusiyasiga muvofiq Prezident – hokimiyatlar bo’linishi prinsipiga rioya qilinishida davlat mexanizmi uchun eng muhim institutdir.
Ma’lumki, “prezident” atamasi lotincha “praesidenso”, so’zidan olingan o’lib, aynan tarjimasi “oldinda o’tiradigan” degan ma’noni beradi. Bu tushuncha konstitusiyaviy-huquqiy ma’noda davlat boshlig’ini anglatadi. Hozirgi kunda dunyodagi 130 dan ortiq davlatlarning hokimiyat tizimida prezidentlik instituti mavjud. “Prezident” atamasi o’zining hozirgi ma’nosida 1787 yilgi AQSh konstitusiyasida mustahkamlanib, AQShda prezidentlik joriy etilganidan boshlab ishlatilib kelinmoqda. Prezidentni davlatning markaziy boshqaruv organlari tizimida tutgan o’rni davlat boshqaruvining shakliga bog’liq. Agar mamlakatda davlat boshqaruvining parlamentar respublika turi o’rnatilgan bo’lsa, u holda Prezident faqat davlat boshlig’i vazifasini bajaradi va u ijroiya hokimiyatiga rahbarlik qila olmaydi. Shuning uchun ham boshqaruvning parlamentar respublika shaklida Prezident davlat organlari tizimida markaziy o’rinni egallamaydi. Boshqaruvning Prezidentlik respublikasi shaklidagi davlatlarda esa Respublika Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig’i hisoblanadi. U davlat boshqaruv organlari tizimida markaziy o’rinni egallaydi. Davlat boshlig’i sifatida Prezident davlat hokimiyati boshqaruv organlarida yetakchi va muvofiqlashtiruvchi rol o’ynaydi. Prezident davlat ichida va xalqaro munosabatlarda O’zbekistonning Oliy vakilligini amalga oshiradi. Davlat boshlig’i o’zida u yoki bu hokimiyat tarmog’ini emas balki, davlat va butun davlat hokimiyatining birligini namoyon etadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 19-bobi “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti” deb nomlanadi. Bu bob 9 ta moddadan iborat bo’lib, ularda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Konstitusiyaviy maqomlari va vakolatlari belgilab berilgan.
21. Ўзбекистон Биринчи Президентининг ХХ аср 80- йилларининг охирида республикада ижтимоий-иқтисодий вазиятни барқарорлаштиришга қаратилган тадбирлари.
Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985— yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsep-siyasining asossizligi ma'lum bo'lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalari, qurilish va transport sohalarini, ko'pgina kolxoz va sovxozlarni xo'jalik hisobiga yoki brigada (jamoa) pudratiga o'tkazish samara bermadi. 1987— yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo'jalikni boshqarish va xo'jalik mexanizmini isloh qilish, ma'muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o'tish tadbirlari ham natija bermadi. Ma'muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlayotgan vaziriiklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo'qqa chiqardi, iqtisodiyot taraqqiyotiga to'g'anoq bo'lib qolaverdi. Respublikaning tog'-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo'lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko'rsatkichlarni, awalgidek, Markaz belgilab berardi.
22. Ўзбекистон Биринчи Президентининг ХХ аср 80- йилларининг охирида республикада сиёсий вазиятни барқарорлаштиришга қаратилган тадбирлари.
Mamlakatimizda so’ngi 29 yil ichida erishgan yutuq va marralarimizni holis va munosib baholash uchun mustaqillik ostonasida ijtimoiy-siyosiy hayot qanday murakkab vaziyatda bo’lganini, bu vaziyatni tubdan yangilangan yo’nalishga burib yuborish uchun ulkan donishmandlik va jasorat , insoniylik va ezgulik tamoyillariga yo’g’rilgan, ko’pchilikka ibrat va namuna bo’ladigan vazmin siyosat talab etilganini esga olishimiz va o’zimizga aniq tasavvur etishimiz muhimdir.1
Demak mamlakatimiz mustaqillikka erishishi arafasida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy holatlarning fojiali tus olishi, qaror topgan xo’jalik, ishlab chiqarish va moilaviy aloqalarning butunlay izdan chiqishiga barham berish, ishsizlikning yanada kuchayishiga yo’l qo’ymaslik nihoyatda muhim zaruriyat edi.
Quyidagi muammolarning negizi, ularning mohiyat mazmunini hal etishdek mas’uliyatli ish Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov zimmasida edi yurtboshimiz bu murakkab muammolarni o’z donishmandligi sababli samarali hal etdi. O’zbekiston mustaqillikka erishish arafasida mamkakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan edi.
50-80 yillarning birinchi yarmi vatanimiz tarixidagi eng murakkab davrlardan biridir.Bir tomondan mehnatkashlarning fidokorona mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti rivojlandi.Ikkinchi tomondan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy hayotda muammolar, noxush holatlar to’planib borib pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.2
Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanish batamom to’xtab qolmagan bo’lsada, siljish suratlari tobora pasayib sekinlashib bordi.Biroq 1956-yilda ijtimoiy hayotda iqtisodiyotni qayta qurish demokratik jamiyatni yarayish uchun urinishlar bo’lda.
Bu urinishlar natejasida jamiyatda biroz bo’lsada boshqaruv respublika ixtiyoriga berildi. Demokratlashgan jamiyat vujudga kela boshladi, korxona va tashkilotlarda xo’jalik mustaqilligi kengaytirildi, boshqaruv apparati qisqardi va shu kabi bir qator o’zgarishlar jamiyatning barcha qatlamlariga yetib bormadi va konservativ kuchlarning qarshiligiga duch keldi.
Jamiyatning siyosiy ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuzaga kelgan inqirozli holatning sabablari va ildizi fikrlashning orqada qolganligida, muayyan tarixiy sharoitga yetarli siyosiy baho bera olmaganlikda edi. 3
Ijtimoiy munosabatlar mehnatni rag’batlantirish tizimining buzilishi oqibatida murakkab vaziyat vujudga keldi. Malakali mehnatga haq to’lamasdan kamsitildi. Barcha ishchilar misol uchun vrach va sanitar bir xil maosh olardi. Natejada aholining mehnatga bo’lgan qiziqishi pasayib bordi bu esa unumning pasayishiga olib keldi, mazkur holat yillar davomida o’sib bordi mahsulot tanqisligini keltirib chiqardi.
23. Мустақиллик декларацияси ва унинг тарихий аҳамияти.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O'zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990— yil 20-iyun kuni «Mustaqillik Deklara-tsiyasbni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O'zbekiston SSRning davlat suvereniteti e'lon qilindi.
Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo'lib, quyidagilar bayon etilgan:
• O'zbekiston SSR davlat suvereriiteti;
• O'zbekiston SSR demokratik davlatining o'z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligi;
• O'zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib o'zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O'zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O'zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O'zbekiston hududida kuchga ega bo'ladi;
• O'zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O'zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo.
O'zbekiston mustaqilligi to'g'risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo'lib, mamlakatimizning o'z davlat mustaqiltigini qo'lga kiritish yo'lida yana bir yangi qadam bo'ldi.
24. 1991 йил август воқеалари. ГКЧП.
1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991- yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSRda Favqulodda holat davlat qo'mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanayev - SSSR vitse-prezidenti, O.D.Baklanov - SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o'rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo'mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo ~ SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov -SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, T.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo'l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o'zlari hokimiyatni egallab oldilar.
25. Совет давлатининг таназзулга юз тутиши.
Sobiq SSSRga kiruvchi respublikalar rasman teng va suvcren deb yuritilsa-da, amalda qaram edi. Ular o'z yerlari, suvlari, o'rmon-lari va yer osti boyliklariga, ko'pdan-ko'p korxonalariga o'zlari egalik qilolmas edilar. 80— yiHarning oxirlari 90— yillarning boshlarida ko'pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o'zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar.
O’zbekiston Respublikasining rahbari I.Karimov 1989-yil 20-sentabrda Moskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenimida so’zlangan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishi ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: “Biz ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq- ravshan btlgilab qo’yish, respublikalat mustaqilligini har jihatran mustahkamlash ratafdorimiz”,-degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik bensh haqidagi talab-takliflarni e'tiborga olmadi, to'g'rirog'i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoat-
chiligining ta'siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990— yil bahorida Boltiqbo'yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e'lon qildilar.
26. Мустақиллик арафасида Ўзбекистондаги ижтимоий-иқтисодий ва сиёсий аҳвол.
Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo’ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo’linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo’lgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo’ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O’zbekiston ham o’z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo’linishi asosida tashkil etgan.Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo’lgan hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi O’zbekiston Konstitusiyasining 11 moddasida “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo’yilgan. Hokimiyatlarga bo’linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo’lib, bu tizimning xuquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog’i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko’rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.O’zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi.O’zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o’z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Konstitusiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo’ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo’lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko’zlab o’z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.
27. ХХ асрнинг 80- йилларида Ўзбекистонда ўзликни англашга интилишнинг кучайиши.
1989-yil 23-iyun kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug'aniyevich Karimov O'zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o'zbek xalqining milliy o'zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo'l olindi.
Respublikada kadrlarni tanlash, joy~joyiga qo'yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta'minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o'z mavqeyini yo'qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimJariga ko'tarildi.
28. ХХ асрнинг 80- йилларида Ўзбекистон сиёсий тизимидаги ўзгаришлар.
1987— yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urinish ham samara bermadi. Iqtisodiy islohotlar tez orada qotib qolgan ijtimoiy-siyosiy tizimga urilib barbod bo'Idi, hech qanday samara bermadi.
1980— yillarning oxirlarida siyosiy tizimni isloh qilishga, birinchi navbatda KPSSning siyosiy va mafkuraviy hukmronligini cheklashga, davlat va xo'jalik organlarini kompartiya hukmronligidan chiqarishga, xalq deputatlari sovetining to'la hokimiyatini ta'minlashga urinish bo'Idi. Ammo bu sa'y-harakatlar ham behuda ketdi.
29. Ўзбекистон Мустақиллигининг эълон қилиниши.
1991— yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O'zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O'zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qildi va uni mustaqillik to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi:
"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi".
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |