Islom Karimov O’zbekistonning birinchi Prezidenti: O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi Prezidentlik respublika boshqaruvi shakli rivojlantirishga kirishildi. Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18 noyabndagi VIII sessiyasida umumxalq referendumini o’tkazish qarori bilan birga «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida»gi Qonuni, shuningdek, «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to’g’risida» qaror qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko’rilib, 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. Oliy lavozimga ikki nomzod - O’zbekiston XDP va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi nomzodi I.A.Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo’yildi.
1991-yil 29-dekabrda bo’lib o’tgan saylovlar yakuniga ko’ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, million 220 ming 474 saylovchi (12,3%) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi.
1991-yil 30-dekabrda Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko’rib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug’aniyevich Karimovni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. Shunday qilib mamlakatimizda birinchi marta yashirin ovoz berish yo’li bilan o’tkazilgan to’g’ridan to’g’ri umumiy va altemativ asosdagi saylovda I.A.Karimov 5 yil muddatga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
37. Мустақил Ўзбекистон давлатининг юзага келиши ва мустаҳкамланишида И.Каримовнинг тарихий хизматлари.
Markaz va respublikalar o’rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz boshqaruv qobiliyatini yo’qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o’z holiga tashlab qo’yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to’g’ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi.
Oliy Kengash sessiyasi «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda:
1. Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin;
2. 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |