2.3. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan urg’ochi tanalarni oziqlantirish, asrash texnologiyasi. Todani taminlovchi yosh urg’ochi tanalar o’z guruhlarida bog’lovsiz saqlanadi. Guruhda saqlangan mollar yoshining farqlanishi 1.5-2 oylikdan va tirik vazni 25-30 kg dan oshmasligi kerak.
Urg’ochi tanalarni oziqlantirishda guruhlar bo’yicha nazorat normalashadi. Ularni oziqlantirish meyori xo’jalikda qabul qilingan o’stirish rejasiga moslashib oziqlanishini normalashtirishda oziqa tarkibidagi quruq modda e’tiborga olinadi. Oziqa tarkibidagi quruq moddalar tanalarni mahsuldor bo’lishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular har xil yoshdagi jinsdagi va zotdagi yosh mollarni oziqlantirish yaxshi o’stirish va oziqlantirish rejasida zot va zotdorligiga hisobga olgan holda yosh mollarni jadal parvarishlash ishlab chiqarish jarayoni to’la mexanizatsiyalash va soha ichida ixtisoslashtirish asosida saqlash tizimi kabi kompleks tadbirlardan iborat. Har xil yoshdagi va jinsdagi zotlardagi yosh mollarni oziqlantirish meyorga va saqlash usullariga har xil talablar qo’yiladi.
Asosiy vazifa urg’ochi tanalar tirik vazning 16 yoshligida 350 kg ga va naslador buqachalari 450 kg yetkazish belgilanadi.
7-8 oylik urg’ochi tanalarni oziqlantirish darajasi
6-11 EOB, 16- oylikgacha buqachalarda 6-9 EOB 1kg vazn ortishi uchun sarflanadi. Urg’ochi tanalarning 100 kg tirik vazniga 7-12 oyligida 2.4-3 kg quruq modda 13-18 oyligida 2.1-2.5; buqachalarga 7-12 oyligida 2.2-2.8, 13-16 oyligida 2-2.2 kg quruq modda sarflanadi. Urg’ochi tanalar iste’mol qilinadigan 1 kg quruq modda tarkibidagi 0.7-0.9 Eob, yosh nasldor qoramollarni o’stirishda vitaminlar alohida o’rin tutadi. Karotinga talab, 30-35 mg, D vitaminga 8 EOB da 50 mg bo’lishi lozim. Ratsionda yetishmagan mineral moddalar va vitaminlar omuxta yemlar va 1kg ratsion quruq moddasiga 10 gr perimiks qo’shib berish bilan qondiriladi.
2.4. 6 oylikdan 1 yoshgacha bo’lgan erkak va urg’ochi tanalarni oziqlantirish va asrash texnologiyasi. Yosh buzoqlarni yaxshi o’stirish va oziqlantirish rejasida zot va zotdorligi hisobga olgan holda yosh mollarni parvarishlash saqlash tizimi kabi kompleks tadbirlardan iborat. Buzoqlarni oziqlantirish texnologiyasi va uni tashkil qilish mahsuldor mollar yetishtirishga mo’ljallangan. Buzoqlarni oziqlantirishga sog’lom sigirlardan foydalaniladi. Sut berish davomiyligi 3-5 oy bo’ladi. Buzoqlar issiqxonalarda saqlanadi. Yosh mollarni yuqori oziqlantirish darajasida boqish ular tanasida erta semirishni chiqarib, urchish qobilyatiga salbiy tasir tasir qiladi. Yosh qoramollar qisqa davrda o’sishdan qolsa, uni keying davrlarda ma’lum darajada tiklash xususiyatiga ega. Buning sababi, biroz vaqt o’sish xususiyati keyin tanada jadal o’sishga moyillik tug’iladi. Yosh qoramollarni sut bilan boqish tugagandan keyin 7 oyligidan boshlab to’yimli to’la qiymatli ratsion bilan oziqlantirish zarur. Ularni karoten E va D vitaminlarga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirishdir. Yosh buzoqlarning ratsionida quruq modda tarkibida xom klechatka miqdorini ham hisobga olish zarur. 7-12 oylik davrida 21-22 %. Yosh qoramollarni oziqlantirishda ratsionda makro va mikroelementalar va vitaminlarning qishgi ratsionda 7-16 oylik davrida yuqori sifatli pichan, silos, senoj va o’t kesmalaridan tashkil topishi maqsadga muvofiqdir. Urg’ochi tanalar 7-9 oylikda 18-21 kg , 10-12 oylikda 22-26 kg , 13-18 oylikda 26-30 kg ko’k oziqa iste’mol qilish mumkin silosli, senojli va aralash ratsion tarkibida kuchli ozuqa 15-25% ini tashkil qiladi. Yosh davrida yaylov oziqalari bilan oziqlantirish maqsadga muvofiqdir, bu davrda yaxshi yaylovda boqiladi. Kuchli ozuqasiz kunlik o’sish 700-800 gr ni tashkil etish mumkin. Ularning 100 kg tirik vaznga 2-3 pichan, 5-6 silos, 6-12 oyligida 7-8 senoj 1 yoshdan keyin esa 15 kg gacha senoj berish mumkin. Irg’ochi tanalar ratsionida silos va senojning bolganda kunlik o’sish 600 gr ni tashkil qiladi.