2 Тошкент давлат



Download 3,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/159
Sana14.06.2022
Hajmi3,53 Mb.
#671235
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159
Bog'liq
Конференция тўплами 123 шўъбалар-1

 
дастури ҳам
 
мавжуд. Бу дастур тармоқда содир 
этилаётган ҳодисалар, масалан, хакерларнинг ҳужумларини қайд қилиш билан биргаликда 
фаол ҳимоя чора-тадбирларини ташкиллаштириши мумкин. Real Secure дастури йирик 
ташкилотлар учун мўлжалланган бўлиб, ҳар куни тинимсиз ишлашга мулжалланган. Reаl 
Secure дастури икки қисмдан иборат: фильтрлаш ва фойлаланувчининг график ннтерфейси.
 
Фильтрлаш қисми тармоқда содир этилаётган ҳодисаларни фаол кузатиш ва бошқариш учун 
хизмат килади. Фильтрлаш ва содир этилаётган ҳодисаларга нисбатан ҳимоя тадбирларини 
автоматик равишда амалга ошириш мумкин бўлади, масалан, қайд қилиш, дисплейга 
чиқариш, ҳодисани ман этиш ва бошқалар. 
Булардан ташқари барча кайд этилган ҳодисалар ҳақидаги маьлумотларни кейинчалик 
реал масштабда ёки тезкор ёки секинлашган режимларда кўриб чиқиш мумкин бўлади. Real 
Secure дастури бевосита Sun OS, Solaris ва Linux операцион тизимларида ишлаш учун 
мўлжалланган. 
 
Фойдаланилган адабиётлар: 
1. Гулямов С.С. и др. Дистанционное экономическое образование. Т.: “Шарк”, 2004 г. 
С. 124. 
2. Абдуқодиров А.А., Пардаев А.Х. Масофали ўқитиш назарияси ва амалиёти. 
Монография. Т.: “Фан”, 2009 й. 86 б. 
3. Рахимов О.Д. Ахборотлашган жамият таълим тизимида замонавий хборот ва 
педагогик технологиялар. Монография. Т.: “Фан ва технологиялар” 2014 й. 78 б. 
4. А. Абдуллаев ва бошқалар. “Ахборот хавфсизлиги асослари”. Андижон. 2005 й. 54 б. 
Allayorov Isroil Xaykalovich 
Nizomiy nomidagi TDPU 
O’ZBEKISTON MARKAZIY OSIYO GEOSIYOSIY MAYDONIDA ASOSIY 
DAVLAT 
Taraqqiyotning hozirgi bosqichida mamlakatlarning iqtisodiy xavfsizligi muhim ahamiyat 
kasb etadi. Negaki, iqtisodiyotning xavfsizligi holati turli ijtimoiy - iqtisodiy qarorlar qabul qilishda
orientir bo’lib xizmat qiladi. Iqtisodiy tizimdagi har qanday o’zgarishlar turli xavf-xatar va 
tahdidlarning namoyon bo’lishi bilan birga kechadi. SHuning uchun ham mamlakat iqtisodiy 
xavfsizligini ta’minlash, unga bo’ladigan turli tahdidlarning oldini olish masalasi yuzaga keladi.
Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovning «O’zbekiston XXI asr 
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarining 


34 
muqaddimasida “xavfsizlik”, “barqarorlik” va “sobitqadam rivojlanish” kabi tushunchalar do’stlik 
va hamkorlikning ramzi ekanligi va “aynan ana shu tushunchalar har bir mamlakatning, har bir 
xalqning tinchligi, farovonligi, ravnaqi uchun mustahkam poydevor” yaratishini alohida ta’kidlab 
o’tganlar. SHuning uchun ham O’zbekiston o’zining mustaqil taraqqiyoti davomida xavfsizlikni, 
barcha sohalarda barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlash borasida izchil siyosat olib bordi va bu 
ishlar davom ettirilmoqda. Inson hayot faoliyatining barcha sohalarida u yoki bu darajada ta’sir 
ko’rsatadigan xavf-xatarlar mavjud bo’lib, shu faoliyatni amalga oshirishda, yaqin va uzoqni 
ko’zlab, maqsadlar qo’yishda ularni hisobga olish kerak bo’ladi. Aks holda ushbu xavf-xatarlar real 
tahdidga aylanib, jamiyatdagi barqarorlikka putur yetkazishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotining 
rivojlanish yo’nalishlarini belgilashda, ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ularning 
oqibatlarini xavfsizlik nuqtai-nazaridan tahlil qilmasdan va baholamasdan turib biror bir 
yo’nalishga ustuvorlik berish davlat va jamiyatning hayot faoliyatini ta’minlovchi tizimlarning 
parokandaligiga olib kelishi mumkin. Mintaqaviy va lokal urushlar, texnogen xarakterga ega 
bo’lgan halokatlar, dunyoning bir mamlakatida boshlanib, tezlik bilan boshqa mamlakatlarga ham 
tarqalayotgan inqirozlar, terroristik aktlar ham milliy, ham xalqaro darajalarda xavfsizlikni 
ta’minlashning zaruriyatini cheksiz oshirmoqda. 
Keyingi yillarda iqtisodiy xavfsizlik muammolari siyosiy arboblar, olimlar va 
tadqiqotchilarning e’tiborini jalb qilib kelmoqda. Xavfsizlik masalalari qadimdan faylasuflar, 
iqtisodchi va siyosatchilar, jumladan, Demokrit, Aristotel, Platon kabi allomalarni ham 
o’ylantirgan. O’zbekiston Respublikasining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mamlakatning har 
sohasida yuksalishini asosiy shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Mutaxassislarning fikricha, “ushbu 
dolzarb masalada yengil fikrlash yoki muqarrar xavfga bepisandlik bilan qarash, uni kamaytirib 
ko’rsatish qanday oqibatlarga olib kelganligi haqida tarixdan istalgancha misollar keltirish 
mumkin”. 
Tahlilchilar nazarida Markaziy Osiyo qudratli davlatlarning geosiyosiy manfaatlari doirasida 
qolmoqda. Mintaqada Amerika, Rossiya va Xitoy o’rtasida o’ziga xos kurash ketmoqda. Strategik 
joylashuv har bir respublika taraqqiyotiga ham, tanazzuliga ham sabab bo’lishi mumkin, deydi bir 
gurux kuzatuvchilar.Tojik yozuvchisi Muhiddin Xo’jazod bugungi dunyo syosatiga baho berarkan, 
yangi texnologiyalar tufayli qurol, bosqin shart emas deydi u xalqlarni asoratga solishning 
boshqacha yo’llari paydo bo’lganini ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo davlatlari kuchsizligini urg’ulaydi. 
"XXI asrda davlat kuchli bo’lmasa, xalqi ahil bo’lmasa, qo’lga qurol olib, pahlavon bo’lib 
o’zganing yurtiga bostirib borish shart emas. Yuz yilcha oldin o’lkamizning boy va ziyolilari, 
jadidlar yo’q qilindi, yangicha mafkura o’rnatishdi. Hozir ham shunday bo’lmoqda. Biz endi 
Amerika, Rossiya, Yevropa va Xitoy o’rtasida hashakdek bir narsa, har maqomga solishadi", - 
deydu Xo’jazod. 
Moskvadan tahlilchi Leonid Gusev AQShning Markaziy Osiyodagi siyosati uzoq yillarga 
mo’ljallangan, maqsad - Xitoyga yaqin mintaqadan foydalanish deydi."1990-yillarning oxiri, 2000-
yillar boshidan Markaziy Osiyo AQSh diqqat markazida edi. Region mamlakatlarining asosiy qismi 
Xitoy bilan chegaradosh, Xitoy esa Amerika tashqi siyosatida juda muhim ahamiyat kasb etadi. 
AQSh Markaziy Osiyo davlatlarida demokratiya targ’iboti va ustuvorligi yo’lida pragmatik 
qarashlarga ega. Ular bu yerdagi davlatlarning uzoq yillardan beri hukmronlik qilayotgan rahbarlari 
siyosatiga panja orasidan qarashadi. Iqtisodiy-energetik va geosiyosiy omillar muhim, hammani 
hammasi qoniqtiradi. Dunyoning bu burchagida ko’pgina mamlakatlar manfaati tutashadi, shuning 
uchun ham inson huquqlariga ko’z yumish holatlari bor", - deydi Gusev. 
Yevropa xalq partiyasi» prezidenti siyosiy maslahatchisi Xorxe Mestre-Xordaning (Ispaniya 
strategik tadqiqotlar instituti) fikriga ko‘ra, O‘zbekistondagi siyosiy barqarorlikning asosini tashqi 
aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan jipslashgan tashqi siyosat tashkil qiladi.Ukrainadagi voqealar 
sababli Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar darajasida pasayish kuzatildi. Bundan tashqari, 
sobiq ittifoq davlatlari, jumladan Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik ittifoqiga a’zo-davlatlarning 
Rossiyaga nisbatan ishonchsizligi ortmoqda. Ular o‘rtasida masofa saqlashga harakat qilmoqda. 
Qayd etish kerakki, O‘zbekistonning dengizga chiqish yo‘li mavjud emas, u bevosita Xitoy va 


35 
Rossiya yaqinida joylashgan, shuningdek Afg‘oniston bilan chegaradoshdir.Ma’lumki, O‘zbekiston 
Rossiya va mintaqa bo‘ylab boshqa qo‘shni davlatlar bilan umumiy tarixga ega. Shunga qaramay, 
mamlakatning har qanday shakldagi tashqi aralashuvlarga qarshi yo‘naltirilgan tashqi siyosati 
siyosiy barqarorlik kafolatining asosi sifatida xizmat qilmoqda.Ukraina va Qrimdagi so‘nggi 
voqealar Markaziy Osiyo davlatlarining ma’lum darajadagi xavotiriga sabab bo‘ldi, shuningdek 
ushbu mintaqadagi davlatlar to‘rtta yadroviy mamlakat (Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston) 
bilan o‘ralgan dunyodagi yagona hududlardir.O‘zbekiston sobiq ittifoqning boshqa davlatlari uchun 
namuna sifatida xizmat qila oladi, chunki u barcha yirik davlatlar bilan teng masofada 
shakllantirilgan ko‘p asrlik tashqi siyosatini saqlab qolishga erishdi.1991 yilda mustaqillika 
erishgan paytidan boshlab O‘zbekiston (qo‘shni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistondan farqli 
tarzda) Xitoy foydasiga strategik tanlovni amalga oshirmadi va Rossiya geosiyosati kun tartibiga 
ham qo‘shilmadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston da’volariga 
qaramay) Yevroosiyo iqtisodiy hamkorligiga kirmadi.So‘nggi yillarda O‘zbekiston o‘z iqtisodiyoti 
va mahsulot bozorlarini diversifikatsiya qilishga urinmoqda. Muvozanatlashgan tashqi siyosat va 
yetarlicha tabiiy resurslar zaxiralari tufayli mamlakatimiz biron marotaba tashqi aralashuvlarga 
to‘qnash kelmadi. Biroq, hech bir mamlakat to‘liq himoyalana olmaydigan tahdidlar ham mavjud 
Geografik nuqtai nazardan O‘zbekiston Xitoy va Rossiyadan qalqon shaklidagi davlatlar bilan 
yaxshi himoyalangan. Biroq, bu holat o‘zini to‘liq himoyada his qilishga asos bo‘lmaydi, chunki 
Rossiya Qirg‘iziston va Tojikistonda harbiy bazalarga ega. Janubda esa O‘zbekiston turli 
terrorchilik guruhlari uchun bandargohga aylangan Afg‘oniston bilan chegaradosh. Bundan 
tashqari, O‘zbekiston ochiq dengiz yo‘llariga chiqa olmaydi va Yevropa hamda Osiyodagi boshqa 
davlatlar bilan o‘zaro hamkorlikka kirishish imkonini beradigan infratuzilma tarmog‘iga 
muxtoj.Beqarorlik xususidagi turli taxminlarga qaramay, Markaziy Osiyodagi vaziyat barqaror 
bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda jahonning ko‘plab davlatlari mintaqadagi mamlakatlar bilan ikki 
tomonlama hamkorlik borasida ijobiy tajriba to‘plashga erishdi. Shu ma’noda, O‘zbekiston 
muammolarni hal qilish va qo‘shni davlatlar bilan nizolarga barham berish yo‘lida ogohlantiruvchi 
diplomatiyaga tayanmoqda.Si Szinpin rahbarligi ostida Markaziy Osiyoda Xitoy tashqi siyosatining 
faollashishi mintaqada Rossiyaning ta’siriga qarama-qarshi kuch sifatida xizmat qilmoqda... 
Energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyoj tufayli Pekin energetik masalada mintaqadagi davlatlar bilan 
hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga tayyor. 
O‘zbekistonning mintaqadagi barqarorlikka sodiqligi quyidagi asosiy jihatlardan iborat 
bo‘lgan «Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi» orqali izohlanadi: 
1. O‘zbekiston mamlakatdagi milliy manfaatlarga zid kelmaslik sharti bilan ittifoqlar va 
tashkilotlarda ishtirok etish huquqini o‘zida qoldiradi.
2. O‘zbekiston turli harbiy bloklarda ishtirok etmaydi va tashkilot harbiylashtirilgan taqdirda 
undan chiqib ketish huquqiga ega. 
3. O‘zbekiston o‘z hududida har qanday xorijiy bazalar yoki ob’ektlarni joylashtirmaydi. 
4. O‘zbekiston Qurolli kuchlari chet eldagi harbiy operatsiyalarda ishtirok etmaydi. 
Sovet ittifoqi tarqalib ketganidan so‘ng, O‘zbekiston va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlar 
uchta asosiy bosqichni bosib o‘tdi. 1992-2001 yillarda asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi 
suvereniteti va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, davlat mulkini xususiylashtirish va bozor 
iqtisodiyotiga o‘tish, zamonaviy armiyani tashkil qilish va O‘zbekistonni asosiy xalqaro ta’limlarga 
integrallashtirishdan iborat bo‘ldi.O‘zbekiston suverenitetini hech qanday aralashuvlarsiz, Yevropa 
va Amerika ko‘magisiz amalga oshirishga qaror qildi. O‘zbekiston shuningdek, Markaziy Osiyo 
mintaqasida RF va XXR ta’siri o‘rtasida doim muvozanatni saqlovchi davlat hisoblanadi. 
O‘zbekistonning foydali geosiyosiy holati, shuningdek strategik ahamiyatga ega tabiiy 
resurslar zaxirasi hisobga olinsa, bu davlatda bir nechta buyuk mamlakatlarning manfaatlari 
to‘qnashadi. Ayrim davlatlar go‘yoki mintaqadagi barqarorlik va rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash 
uchun turli chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Aslida esa, ular beqarorlikning omili sifatida xizmat 
qilmoqda. Mintaqada iqtisodiy ishtirok uchun o‘sib borayotgan raqobat, siyosiy va harbiy 


36 
yetakchilik hamda biznes manfaatlarni kengaytirish hozirda ko‘rib chiqish zarur bo‘lgan omillar 
emas. 
Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston kabi ayrim qo‘shni davlatlar Rossiyaga geosiyosat 
kun tartibidagi muhim yo‘nalish sifatida qaramoqda.O‘zbekiston esa xususiy yo‘nalishga amal 
qilishni afzal ko‘rdi. Vaholanki, uning zamonaviy barqaror pozitsiyasi mintaqa hamda umuman 
dunyoda tezkor o‘zgarib borayotgan siyosiy iqlim hisobiga o‘zgarishi mumkin. 
Markaziy Osiyo to‘rtta yadroviy davlat, Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston bilan qurshab 
olingan. So‘nggi 25 yil davomida mintaqadagi yadroviy qurol sohasi bo‘yicha masalalar Hindiston 
va Pokistondan farqli o‘laroq diplomatiya yo‘li orqali samarali yechim topdi.Shu sababdan
mustaqillikning birinchi yillaridanoq O‘zbekiston tiyilish siyosatining faol tarafdorlaridan biri 
bo‘lib keldi. Mamlakat prezidenti tomonidan mintaqa va umuman jahondagi barqarorlikni qo‘llab-
quvvatlash sohasidagi sezilarli qadam bo‘lgan «Markaziy Osiyoda yadroviy quroldan holi hudud 
to‘g‘risidagi bitim» (SAZSYaO) tashabbusi ilgari surildi.Mazkur bitim shuningdek, mintaqadagi 
davlatlar o‘rtasida qulay muhitni yaratishga ham xizmat qiladi. Bitim mintaqada terrorizmga qarshi 
kurashish va yadroviy qurolni terrorchilar qo‘liga tushib qolishdan saqlash kabi qator o‘ziga xos 
jihatlarga ega. Markaziy Osiyoda yadroviy qurol tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik borasida 
O‘zbekistonning yetakchi roli alohida e’tiborga loyiq va G‘arb bilan o‘zaro munosabatlarda ustuvor 
yo‘nalishga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston elektr energiyasi ishlab chiqarishda 
ham ancha ilg‘or bo‘lib, o‘rtacha narxlarda rivojlangan davlatlarning ehtiyojini qondira oladi. 
Bugungi kunda Afg‘oniston poytaxti Qobulning elektr energiyasi ta’minoti butunlay O‘zbekistonga 
bog‘liq. Geografik va etnik omillar tufayli yuzaga kelgan mintaqaviy masalalar O‘zbekiston uchun 
asosiy xavf hisoblanadi. Sovet davridan beri meros bo‘lib qolgan umumiy muammolar, eski 
xo‘jalik tizimlari va ulkan ob’ektlarni barpo qilish bo‘yicha rejalar mintaqaviy «nizo sababi» bo‘lib 
qolmoqda.O‘zbekiston an’anaga muvofiq ravishda Afg‘oniston muammosining tarixiy yechimiga 
nazar tashlashga chaqiradi, chunki ikkala davlat ham azaldan yagona madaniy maydonda yashab 
kelgan.O‘zbekiston qo‘shni davlat sifatida Afg‘onistonning yangi hukumatiga ko‘mak berish va 
uning ichki ishlariga aralashmaslik tamoyilini tanladi hamda munosabatlarni faqatgina ikki 
tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Hozirda O‘zbekiston milliy manfaatlarni hisobga olgan 
holda,Afg‘oniston bilan aloqalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda va ular tomonidan 
rivojlanish bo‘yicha tanlangan yo‘lni hurmat qiladi. Shu tariqa, O‘zbekiston qo‘shnisidagi ichki 
nizolarga aralashib qolish yoki har qanday harakatlarni qo‘llab-quvvatlash borasida betaraf bo‘lib 
qolmoqda.O‘zbekiston mazkur mamlakatda tinchlikni va tanazzulga yuz tutgan iqtisodiyotni 
tiklashga oid turli tashabbuslar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda. 2011 yilda ishga tushirilgan 
«Xayraton-Mazari-Sharif» temir yo‘li liniyasi mintaqaning kelgusi hayotida muhim o‘ringa ega 
bo‘ldi, chunki ushbu yo‘nalish Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlariga chiqishida muhim 
bo‘g‘im hisoblanadi.So‘nggi 50 yil ichida Orol dengizining hajmi 8 barobarga, suv hajmi esa 13 
barobarga qisqardi. Bunda vaziyatni yanada keskinlashtiradigan xatar mavjud, chunki Qirg‘iziston 
va Tojikiston Rog‘un GES (balandligi 335 m.) va Qambarota GES (275 m.) kabi 
gidroelektrstansiyalari qurilganligi ikkala to‘g‘onning ishlatilishi ayniqsa ekinlar o‘sishi davrida 
Amudaryo va Sirdaryoga suv oqimini sezilarli ravishda kamaytiradi va qurg‘oqchilikka sabab 
bo‘ladi.O‘zbekiston o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ko‘p asrlik mustaqil va teng 
masofadagi tashqi siyosatni yuritishga qaror qildi. Natijada Toshkent mintaqadagi barqarorlik 
kafolatiga aylandi.YeI va AQSh mintaqada o‘zaro munosabatlarning qo‘shma maydonini yaratishga 
urinmoqda. Bu maydon Markaziy Osiyoning 19-asrda bo‘lgani kabi Katta o‘yin kurashi arenasiga 
aylanishiga yo‘l qo‘ymaydi. G‘arbning mintaqa ishlarida O‘zbekistonning strategik ahamiyatini 
hisobga olishiga to‘g‘ri keladi. 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik borasidagi tahdidlarni bartaraf qilishning eng oqilona yo‘li 
davlatlar va ularning mintaqaviy integrallashuvini mustahkamlashdir. Buning asosida kafolati va 
markazi O‘zbekiston bo‘lgan mintaqa barqarorligini ta’minlovchi birlashmani yaratish yotadi. 
Chunki, istalgan hudud, jumladan Markaziy Osiyoda geosiyosiy vakuum hosil bo‘lgan taqdirda, 



Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish