28
Bunda, elektron hukumatning yagona identifikatorlari davlat tashkilotlariga (ularning axborot
tizimlariga) subyektni (fuqaro, davlat tashkiloti) va obyektni (koʼchmas mulk, avtotransport va h.k)
aniqlash (identifikatsiya qilish) imkonini beradi hamda davlat xizmatlarini koʼrsatadi va idoralararo
hamkorlikni taʼminlaydi.
Dunyo bo’yicha elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (EGDI) Birlashgan Millatlar
Tashkilotiga a'zo davlatlarning elektron hukumatini rivojlantirish holatini taqdim etadi. Mamlakatda
veb-sahifalarining rivojlanish tendentsiyasini baholash bilan bir qatorda, elektron hukumatni
rivojlantirish indeksida mamlakatning o’z aholisining infratuzilma va ta’lim darajalari, ularning
axborot texnologiyalaridan qay darajada foydalanganliklarini aks ettiradi. Elektron hukumatni
rivojlantirish indeksining (EGDI) uchta muhim yo'nalishini mavjud:
OSI – onlayn xizmatlarni taqdim etish,
TII – telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi;
HDI – inson kapitali indeksi.
Qisqacha aytganda, mazkur koʻrsatkich elektron xizmatlarning rivojlanish darajasini,
axborot kommunikatsion tizimlar infratuzilmasi va inson kapitalining rivojlanishiga
umumiy baho beradi.
Elektron hukumat rivojlanishi indeksini (EGDI) mutlaq ma'noda qamrab olmaydi, balki u
mamlakatlarning bir-biriga nisbatan ish faoliyatini baholaydi.
Inson kapitali indeksi (HCI) butun mamlakatda inson kapitalining har bir tarkibiy qismi, jinsi
bo’yicha ma’lumotlarni tahlil qiladi. Bu indeks bugun tug’ilgan bola 18 yoshga kelib mamlakatdagi
sog’liqni saqlash va ta’limning yomonligi xavfini hisobga olgan holda erishishi mumkin bo’lgan
inson kapitali miqdorini o’lchaydi.
Telekommunikatsiya infratuzilmasi indeksi (TII) mamlakatning axborot kommunikatsion
tizimlari faoliyatini belgilaydigan asosiy infratuzilma va ular ko'rsatkichlariga asoslangan oltita
boshlang'ich indekslarning yig'ilgan o'rtacha ko'rsatkichidir. Bunda har ming kishiga to’g’ri
keladigan axborot texnologiyalarini o’z ichiga oladi: kompyuter; internet foydalanuvchilari; telefon
liniyalari; onlayn aholi soni; uyali telefonlar; televizor
Indikatorlar uchun oltita alohida indekslarni tuzish mamlakatlar bo'yicha ma'lumotlarni
standartlashtiradi.
Onlayn xizmatlar indeksi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan hukumatning onlayn
xizmatlarining ko'lami va sifatini baholash uchun ishlab chiqilgan. Quyidagi keltirilgan veb-
sahifalar tarkib va xususiyatlar uchun baholandi, shuningdek butun dunyo bo'ylab veb-
konsorsiumning veb-tarkibga kirishning minimal darajasi sinovdan o'tkazildi:
1. Har bir mamlakatning milliy veb-sahifai, shu jumladan milliy markaziy portal, elektron
xizmatlar portali va elektron ishtirok etish portali;
2. Tegishli ta'lim, mehnat, ijtimoiy xizmatlar, sog'liqni saqlash, moliya va atrof-muhit
vazirliklarining veb-sahifalari.
Do'stlaringiz bilan baham: