Sug‘urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko‘lami va barcha jahon mamlakatlari miqyosida qo‘llaniladi. Jahon sug‘urta bozori o‘z tarkibiga rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalaridan tashkil topgan bo‘lib, jahon miqyosida markaziy jahon sug‘urta tashkiloti huquqiy jihatdan bir butun assotsiatsiya sifatida shakllanmagan bo‘lsa ham, lekin Yevropa miqyosida bunday yuridik assotsiatsiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar qabul qilingan.ug‘urtalovchi - bu tijorat tashkiloti hisoblanadigan, tegishli turdagi sug‘urtalashni amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta to‘lovi (sug‘urta puli) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladigan yuridik shaxs.
Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori qonunchilikda belgilanadi
Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) sug‘urta tashkilotining muassislari tomonidan kiritilgan pul mablag‘laridan tashkil topadi hamda milliy valyutada ifodalanadi.
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya olish to‘g‘risida ariza beriladigan paytga qadar sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ta’sischilari tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi kerak.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) boshqa sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) o‘zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish hollari mustasno.
Sug‘urtalovchilar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tashkil etiladi. Davlat sug‘urta tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida tashkil etiladi.
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomalarini tuzish va bajarish;
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urtalash;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) sohasida mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligi bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini moliyalashtirish;
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshirilayotgan sug‘urta turlari bo‘yicha qoidalar (shartlar)ni belgilash;
huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan va boshqa tashkilotlardan sug‘urta tovoni miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
sug‘urta agentlari, sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional qatnashchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish;
qonun hujjatlarida va yoki sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida belgilangan hollarda va tartibda sug‘urta tovonini tiklashni rad etish, sug‘urta shartnomasini muddatidan oldin bekor qilish;
sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda sug‘urtalanuvchi tomonidan ma’lum qilingan axborotni tekshirish, sug‘urtalanuvchi tomonidan sug‘urta shartnomasi talablari va shartlari bajarilishini nazorat qilish;
xorijiy sug‘urtalovchilarga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish;
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga berilgan mol-mulkni sotish yoki ijaraga berish;
Shuningdek, sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Sug‘urtalovchilarning huquqlari bilan bir qatorda tegishli majburiyatlari ham mavjud bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilish;
qonun hujjatlari talablariga muvofiq sug‘urta faoliyatini amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligini ta’minlash;
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlari reestrini yuritish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining talabi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan axborotni taqdim etish;
sug‘urta hodisasi yuz berganda qonun hujjatlarida yoki sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirish va sug‘urta tovoni to‘lash;
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan joyi o‘zgargan taqdirda bu haqdagi axborotni ommaviy axborot vositalari orqali sug‘urtalanuvchilar e’tiboriga yetkazish, o‘zi bajarayotgan bir yildan ortiq muddatli sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash) shartnomasi bo‘yicha esa - yozma shaklda yetkazish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tekshiruvdan o‘tish;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakllar bo‘yicha, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy, statistik, soliq axborotini va boshqa axborotni tuzish.
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas.
Sug‘urta qilish sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida tuziladigan sug‘urta shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida yozma yoki elektron shaklda tuzilgan bitim bo‘lib, sug‘urta qildiruvchi unga muvofiq sug‘urta mukofotini (sug‘urta badalini) sug‘urta shartnomasida belgilangan tartibda, muddatlarda va hajmda to‘laydi hamda sug‘urta shartnomasida yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajaradi, sug‘urtalovchi esa sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta shartnomasining yozma yoki elektron shaklini tuzishga doir talablarga rioya etmaslik ushbu shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo‘ladi.
Vakolatli davlat organi sug‘urta shartnomasi shartlariga qo‘yiladigan eng kam talablarni belgilash huquqiga ega.
Sug‘urta qildiruvchi (sug‘urtalangan shaxs, naf oluvchi) tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, muddatidan oldin tugatish uchun, sug‘urta qoidalarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) olish uchun elektron shakldagi axborotni (sug‘urta shartnomasini tuzish, o‘zgartirish, muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi arizani, sug‘urta hodisasi yuz berganligi haqidagi bildirishnomani, sug‘urta tovonini (sug‘urta to‘lovini) to‘lash to‘g‘risidagi arizani va (yoki) boshqa hujjatlarni) yaratish hamda jo‘natish sug‘urtalovchining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytidan, shuningdek mobil ilovalardan, elektron pochtadan va axborot almashishning boshqa usullaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchining rasmiy veb-saytidan ushbu axborot tizimining operatori bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvini ta’minlaydigan axborot tizimi sifatida foydalanilishi mumkin.
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta qildiruvchilar, sug‘urtalangan shaxslar, naf oluvchilar va manfaatdor shaxslar sug‘urta shartnomasining ishtirokchilari sifatida ish yuritishi mumkin.
Sug‘urtalovchi bilan sug‘urta shartnomasini tuzuvchi va sug‘urta mukofotini (sug‘urta badallarini) to‘lovchi yuridik shaxs yoki muomalaga layoqatli jismoniy shaxs sug‘urta qildiruvchidir.
Sug‘urta qildiruvchilar uchinchi shaxslarni (sug‘urtalangan shaxslarni) sug‘urta qilish to‘g‘risida faqat ularning roziligi mavjud bo‘lgan taqdirdagina sug‘urtalovchilar bilan shartnomalar tuzishi mumkin, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
Sug‘urtada ishtirok etayotgan, mulkiy manfaatlari sug‘urta himoyasining obyekti bo‘lgan jismoniy shaxs sug‘urtalangan shaxsdir.
Sug‘urtalangan shaxs, agar o‘ziga nisbatan sug‘urta shartnomasini tuzsa va hisoblangan sug‘urta mukofotini to‘lasa, sug‘urta qildiruvchi ham bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta qildiruvchi (sug‘urtalangan shaxs) tomonidan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta to‘lovini oluvchi sifatida tayinlangan jismoniy yoki yuridik shaxs naf oluvchidir.
Naf oluvchi sug‘urta shartnomasi haqidagi axborotni sug‘urta qildiruvchidan, sug‘urtalangan shaxsdan yoki sug‘urtalovchidan olishga haqli.
Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) va sug‘urta brokerining rahbari quyidagi malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak:
oliy ma’lumotga ega bo‘lish;
iqtisodiy, moliyaviy, yuridik ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar uchun sug‘urta sohasida kamida uch yillik ish stajining (sug‘urta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi;
boshqa ixtisoslikka ega bo‘lgan mutaxassislar uchun sug‘urta sohasida kamida yetti yillik ish stajining (sug‘urta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodim lavozimlaridagi ish stajini hisobga olmagan holda) mavjudligi.
Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) va sug‘urta brokerining bosh buxgalteri “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori qonunchilikda belgilanadi. Sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ustav fondi (ustav kapitali) sug‘urta tashkilotining muassislari tomonidan kiritilgan pul mablag‘laridan tashkil topadi hamda milliy valyutada ifodalanadi. Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya olish to‘g‘risida ariza beriladigan paytga qadar sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ta’sischilari tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi kerak. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) boshqa sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtaning boshqa tarmoqlaridagi sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) ustav fondida (ustav kapitalida) o‘zaro ishtirokini cheklash shartlarida ishtirok etish hollari mustasno.
Sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga hayotni sug‘urta qilish sohasida yoki umumiy sug‘urta sohasida yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi.
Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, bundan umumiy sug‘urta sohasining qonunchilikda belgilangan ayrim turlari (klasslari) mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshiruvchi sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas.
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni mo‘ljallayotgan sug‘urta turlari (klasslari) ko‘rsatiladi.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) litsenziyasining amal qilishini to‘xtatib turish uning yangi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini tuzishini, shu jumladan amaldagi sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalarini uzaytirishni taqiqlashga sabab bo‘ladi. Litsenziyasi to‘xtatib turilgan sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) ilgari tuzilgan sug‘urta (qayta sug‘urta) shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishi shart. Sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish vakolatli davlat organining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
muassislar (ishtirokchilar) yoki qayta tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis hujjatlarida qayta tashkil etish vakolati berilgan sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) boshqaruv organining qarorini;
tashkil etilayotgan sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) balansini va uning faoliyatining moliyaviy natijalari prognozini;
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasini (qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda).
Sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etishni amalga oshirishga doir ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak.
Vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) yozma ravishda yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda elektron hujjat shaklida xabardor qilishi shart.
Vakolatli davlat organi sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berishni quyidagi hollarda rad etishga haqli, agar:
sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin bo‘lsa;
sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etish uchun ruxsatnoma berilishini so‘rab taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar bo‘lsa yoki bu hujjatlar qonunchilikka muvofiq bo‘lmasa;
sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etish qonunchilikka zid bo‘lsa.
Sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etishni amalga oshirish uchun berilgan arizani takroran ko‘rib chiqishda sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) qayta tashkil etishni ushbu qayta tashkil etishni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi (sug‘urtalovchilar) (qayta sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangidan tuzilgan sug‘urtalovchilarga (qayta sug‘urtalovchilarga) litsenziyalar berish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan vaqt uchun va yangidan tuzilgan sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) tomonidan litsenziya olinadigan paytga qadar ular yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, bundan ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha ushbu sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) o‘z zimmasiga olgan, huquqiy vorislik tartibida ularning o‘ziga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari mustasno.
Agar qo‘shib olish natijasida litsenziya shartlari o‘zgarmasa, qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilganda o‘ziga boshqa sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qo‘shilgan sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) amaldagi litsenziyani saqlab qoladi.
O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi.
Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etilganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sug‘urtalovchilarda (qayta sug‘urtalovchilarda) yangidan vujudga kelgan sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
XULOSA Zamonaviy iqtisodiyotda sug'urta jamiyatga davlat, biznes va aholiga zarar yetkazadigan kutilmagan tasodifiy hodisalar natijasida yuzaga keladigan yo'qotishlarni qoplash imkonini beruvchi moliyaviy stabilizator vazifasini bajaradi. Bugun biz yashayotgan texnogen muhit, atrof-muhit va ijtimoiy sharoitlar odamlarga tahdid soluvchi xavf-xatarlarni ko'paytirmoqda va oldingi davrlarda misli ko'rilmagan halokatli yo'qotishlarni keltirib chiqarmoqda. Sug‘urta fondlari yaratilmasa, jamiyat yuzaga kelayotgan muammolarni yengib, iqtisodiyotga yetkazilgan jarohatlarni davolay olmas edi. Bundan tashqari, sug‘urta fondlarida to‘plangan moliyaviy resurslar milliy iqtisodiyotga sarmoya kiritishning muhim manbai hisoblanadi. Bu holatlar sug'urtani moliya tizimining muhim tarmog'iga aylantiradi. Zamonaviy sug'urta bozorining tendentsiyalari bo'yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan xulosalar va takliflar davlatning YaIM tarkibidagi sug'urta mukofotlari ulushining barqaror o'sishini ta'minlashga imkon beradi va natijada sug'urta institutining ahamiyatini oshiradi aholining moliyaviy savodxonligi darajasi va sug'urtalovchilar tomonidan sug'urta shartnomalari bo'yicha majburiyatlarning bajarilishi uchun davlat kafolatlari darajasi o'zgarmas o'sishi orqali aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratadi.
Sug'urta amaliyoti bozor haqiqatlari va sug'urta qildiruvchilar ehtiyojlarini o'rganish uchun yuqori sifatli marketing vositalariga muhtoj. Yangi sug'urta mahsulotlari tashkilotlarning va fuqarolarning sug'urtaga bo'lgan o'sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun zarurdir. Sug'urta tashkilotlari moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishga jiddiy yondashishni boshladilar. Sug'urtalovchilarning zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati va sug'urta biznesining turli yo'nalishlarini avtomatlashtirishga bo'lgan talabi tobora ortib bormoqda. Sug'urta tashkilotlari va sug'urta xizmatlari iste'molchilari o'rtasida o'zaro munosabatlarning yangi, yanada samarali shakllarini izlash mavjud. Yuqori sifatli sug'urta xizmati jiddiy raqobatdosh ustunlikka aylanmoqda. Sug'urta mahsulotlariga bo'lgan ichki to'lov qobiliyatiga bo'lgan talabning pastligi sug'urta badallari tarkibida majburiy va hisoblangan sug'urta turlari ulushining o'sishiga sharoit yaratadi, shu bilan birga mulkni sug'urtalashning klassik turlari ulushini kamaytiradi. Shunday qilib, sug'urta kompaniyasining faoliyati kontekst diagrammasi shaklida namoyish etilishi mumkin. Sug'urta kompaniyasi faoliyatining asosiy yo'nalishlarini tanlash, ularni yanada demarkatsiya qilish jarayoni biznes jarayonlarini belgilaydi va ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
So'nggi yillarda sug'urta bilan jamoatchilik bilan aloqalar yaxshilandi, fuqarolarning sug'urtalovchilarga bo'lgan ishonchi ortmoqda va ushbu xizmat jiddiy qabul qilinmoqda. Shu bilan bir qatorda, sug'urta mukofotlarining umumiy miqdori oshishi bilan uning mamlakat YaIMdagi ulushi, shuningdek sug'urta to'lovlari miqdori ortadi. Sug'urta kompaniyasining rivojlanishida bozor infratuzilmasining asosiy bo'g'ini sifatida sug'urta biznesining ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Sug'urta kompaniyalari institutsional investorlar sifatida harakat qilishadi, bu esa davlatda investitsiya faolligini rivojlanishiga turtki beradi.
Sug'urta kompaniyasining daromad modelini boshqaruvchi g'oya bu shaxs yoki kompaniya bilan tuzilgan biznes rejadir. Bu sug'urtalovchining sug'urtalangan shaxsga, odatda zarar, kasallik yoki hayot sug'urtasi, o'lim tufayli ma'lum bir aktivni yo'qotishi uchun ma'lum miqdorda pul to'lashga va'da bergan taqdirda sodir bo'ladi.
Sug‘urta kompaniyasi uzoq muddatli sug‘urta shartnomalarini tuzish yo‘li bilan aholidagi vaqtincha bo‘sh mablag‘larini sug‘urta fondiga jalb etadi. Xuddi shunday, ular korxona va banklar bilan ham mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha shartnomalar tuzib, katta miqdorda sug‘urta fondini shakllantiradi. o‘z navbatida, sug‘urta kompaniyasi bu fondning mablag‘larini iqtisodiyotning turli tarmoqlariga yo‘naltiradi.