2. Sug’urta bozori ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari


Sug’urta bozori ishtirokchilari faoliyatini huquqiy tartibga solishning zarurligi



Download 100,2 Kb.
bet2/14
Sana27.06.2022
Hajmi100,2 Kb.
#708632
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5215313907756832490

Sug’urta bozori ishtirokchilari faoliyatini huquqiy tartibga solishning zarurligi

Har qanday jamiyatda fuqarolar va ularning jamoasi o‘z faoliyatlari jarayonida bir-birlari bilan tegishli ijtimoiy munosabatda bo‘ladilar. Ushbu munosabatlarni bir qolipga solish uchun ularni tartibga keltirish, ya’ni fuqarolar va tashkilotlarning xatti-harakat qilish doirasini belgilash zarur. Bayon etilganlar to‘laligacha sug‘urtaga ham taalluqlidir. Sug‘urta ijtimoiy-iqtisodiy qonuniyat sifatida huquqiy tomondan mustahkam- lanishni talab etadi. Sug‘urta fondini tashkil etish va undan foydalanish jarayonida paydo bo‘ladigan munosabatlar huquqiy tartibga solinadi.
Sug‘urta sohasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlar fuqarolik-huquqiy munosabatlar tarkibiga kiradi. Bunday munosabatlar fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, shartnoma majburiyatlarini, shuning- dek, mulkiy hamda shaxsiy nomulkiy munosabatlarni tartibga soladi.
Sug‘urta sohasidagi fuqarolik-huquqiy munosabatlar quyidagi yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi:

  • fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida shakllanadigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;

  • sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar;

  • fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar;

  • sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar.

Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqa- rolik-huquqiy munosabatlar tegishli shartnoma qoidalariga asoslanadi. Bunda bir tomondan sug‘urta tashkilotining fuqaro oldida, ikkinchi tomondan fuqaroning sug‘urta tashkiloti oldidagi burch va majburiyat- lari paydo bo‘ladi. Ya’ni tuzilgan shartnomaga ko‘ra, fuqaro o‘z vaqtida sug‘urta mukofotini to‘lashi shart. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda esa, sug‘urta tashkiloti sug‘urta shartnomasida qayd etilgan shart va muddatlarda sug‘urta qoplamasi (summasi)ni fuqaroga to‘lab berishi lozim. Ko‘rinib turibdiki, shartnoma – fuqarolik-huquqiy hujjat sifatida taraflarning o‘zaro munosabatini huquqiy tartibga solyapti.
Sug‘urta tashkilotlarining bir-birlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlari sug‘urta pulini va qayta sug‘urta qilish bilan bog‘liq tuzilgan shartnomalar doirasida shakllanadi. Amaldagi qonun hujjatlariga ko‘ra, sug‘urta tashkiloti moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, binobarin, sug‘urtalanuvchilar oldida o‘z majburiyatini bajarishini ta’minlash maqsadida sug‘urta pulida ishtirok etishi yoxud boshqa sug‘urta tashkilotlari yoki ixtisoslashgan qayta sug‘urta tashkilotlari bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 959-moddasida «sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi o‘z zimmasiga olgan sug‘urta tovonini yoki sug‘urta pulini to‘lash xavfi uning tomonidan to‘liq yoki qisman boshqa sug‘urtalovchida (sug‘urtalovchilarda) u bilan tuzilgan qayta sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanishi mumkin» deb alohida qayd etilgan.
Qayta sug‘urta qilish shartnomasiga nisbatan, agar qayta sug‘urta qilish shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, Fuqarolik kodeksining tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish borasida qo‘llanishi lozim bo‘lgan qoidalari tatbiq etiladi. Qayta sug‘urta qilish shartnomasini tuzgan sug‘urta shartnomasi (asosiy shartnoma) bo‘yicha sug‘urtalovchi keyingi shartnomada sug‘urta qildiruvchi hisoblanadi.
Fuqarolar va maxsus davlat organlari o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar maxsus vakolatli davlat organining sug‘urtalanuvchilar bo‘lgan – fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya etish bilan bog‘liq. Amaliyotda shunday holatlar bo‘ladiki, sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchiga sug‘urta hodisasi tufayli ko‘rilgan zararni qoplashdan asossiz voz kechishi mumkin. Bunday paytda o‘z manfaatlarini huquqiy himoya etish maqsadida sug‘urtalanuvchi maxsus vakolatli davlat organiga murojaat etishi mumkin. Sug‘urta tashkilotlari va maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabatlar qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi. Maxsus vakolatli organning sug‘urta tashkilotlariga nisbatan paydo bo‘ladigan fuqarolik-huquqiy munosabat- lari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va «Sug‘urta faoli- yati to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan. Maxsus vakolatli davlat organi qonunda belgilangan tartibda sug‘urta tashkilotlarining faoliyatini nazorat etib boradi. Zaruriyat bo‘lganda esa, sug‘urtalanuvchilarning manfaatini himoya etish maqsadida undan sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olish huquqiga ega.
Sug‘urtani huquqiy tartibga solish davlat tomonidan sug‘urta munosabati qatnashchilarining xatti-harakatini huquqiy normalar vositasida amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy huquqlarini har xil oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan sug‘urtaviy himoya qilish uchun ko‘pchilik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan maxsus fond hisobidan amalga oshiriladigan sug‘urta faoliyati jarayonida paydo bo‘ladigan ijtimoiy munosabatlar mavjud. Ushbu munosabatlarni tartibga soladigan normalar yig‘indisiga sug‘urta huquqi deyiladi.
O‘zbekiston Respublikasining «Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni sug‘urta faoliyatini tartibga soluvchi maxsus hujjat hisoblanadi.
Sug‘urta munosabatlari, avvalo, fuqarolik-huquqiy munosabatga oid bo‘lganligi tufayli 1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi sug‘urtaga bag‘ishlangan. Hozirgi kunga qadar amaliyotda sug‘urta tashkilotlari o‘z faoliyatlarini amalga oshirishlarida mazkur kodeksning talab-qoidalariga qatiy rioya etadilar. Fuqarolik kodeksining sug‘urtaga oid bobida jami 47 ta modda mavjud bo‘lib, ularning har biri sug‘urta munosabatlarining u yoki bu jihatlarini tartibga soladi. Kodeksda ixtiyoriy va majburiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta shartnomasi, sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar, mol-mulkni sug‘urta qilish, shartnoma bo‘yicha javobgar- likni sug‘urta qilish, majburiy sug‘urta va uni amalga oshirish tartibi kabi huquqiy normalar o‘z aksini topgan. Kodeksning 916-moddasida sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydigan manfaatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, ular quyidagilardan iborat:
G‘ayriqonuniy manfaatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Qimor, lotereyalar va garov o‘yinlarida ishtirok etishda ko‘riladigan zararni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni sug‘urtalashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, Fuqarolik kodeksida majburiy sug‘urtani amalga oshirish tartibi ko‘rsatilgan. Chunonchi, Majburiy sug‘urta bunday su- g‘urta qilish majburiyati yuklangan shaxs (sug‘urta qildiruvchi) sug‘ur- talovchi bilan sug‘urta shartnomasi tuzishi vositasida amalga oshiriladi.
Majburiy sug‘urta sug‘urta qildiruvchi hisobidan amalga oshiriladi, yo‘lovchilarni majburiy sug‘urtalash bundan mustasno bo‘lib, bu sug‘urta qonunda nazarda tutilgan hollarda ularning o‘z hisobidan amal- ga oshirilishi mumkin.
Majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar, ular sug‘urtala- nishga sabab bo‘ladigan xavflar va sug‘urta pulining eng kam miqdorlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Bunga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi «Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirish chora- tadbirlari haqida» 141-sonli qarorini keltirish mumkin. Mazkur qarorga muvofiq transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta puli 3 ming AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda belgilangan. Bundan tashqari, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish qoidalari ham mazkur qarorga bilan tasdiqlangan. Sug‘urtalovchi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasida tuziladigan sug‘urta shartnomasining shakli va uning mazmuni bo‘yicha talablar Fuqarolik kodeksida keltirib o‘tilgan. Sug‘urta shartnomasi yozma shaklda tuzilishi lozim. Bu talabga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Sug‘urta shartnomasi bitta hujjatni tuzish yoxud sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta qildiruvchiga uning yozma yoki og‘zaki arizasiga binoan sug‘urtalovchi imzolagan, sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘z ichiga olgan sug‘urta polisi (shahodatnomasi, sertifikati, kvitansi- yasi)ni topshirish yo‘li bilan tuzilishi mumkin. Bu holda sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalovchi taklif etgan shartlarda shartnoma tuzishga rozi ekanligi sug‘urtalovchidan ko‘rsatilgan hujjatlarni qabul qilib olish va sug‘urta mukofoti to‘lash yoxud sug‘urta mukofoti bo‘lib-bo‘lib to‘langanda - birinchi badalni to‘lash orqali tasdiqlanadi. Sug‘urtalovchi shartnoma tuzish chog‘ida sug‘urtaning alohida turlari bo‘yicha sug‘urta shartnomasi (sug‘urta polisi)ning o‘zi ishlab chiqqan standart shakllarini qo‘llanishga haqli.
Fuqarolik kodeksining 929-moddasida sug‘urta shartnomasining muhim shartlari ko‘rsatilgan bo‘lib, sug‘urta tashkilotlari sug‘urta shartnomalarini tuzishda mazkur shartlarni e’tiborga olishlari lozim. Bu shartlar quyidagilardan iborat:
Mulkiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:

  • sug‘urta obyekti bo‘lgan muayyan mol-mulk yoxud boshqa mulkiy manfaat to‘g‘risida;

  • yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;

  • sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;

  • sug‘urta tovoni miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida, agar shartnomada uni sug‘urta pulidan oz miqdorda to‘lash mumkinligi nazarda tutilgan bo‘lsa;

  • sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;

  • shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.

Shaxsiy sug‘urta shartnomasi tuzishda sug‘urta qildiruvchi bilan sug‘urtalovchi o‘rtasida quyidagilar to‘g‘risida kelishuvga erishilishi lozim:

  • sug‘urtalangan shaxs to‘g‘risida;

  • sug‘urtalangan shaxs hayotida yuz berishi ehtimol tutilib sug‘urta amalga oshirilayotgan voqea (sug‘urta hodisasi)ning xususiyati to‘g‘risida;

  • sug‘urta puli miqdori to‘g‘risida;

  • sug‘urta mukofotining miqdori va uni to‘lash muddati (muddatlari) to‘g‘risida;

  • shartnomaning amal qilish muddati to‘g‘risida.

Taraflarning kelishuviga binoan shartnomaga boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin. Agar sug‘urta shartnomasi sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs yoki naf oluvchi hisoblangan fuqaroning ahvolini qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga nisbatan yomonlashtiradigan shartlarni o‘z ichiga olsa, shartnomaning ana shu shartlari o‘rniga qonun hujjatlarining tegishli qoidalari qo‘llaniladi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sug‘urta siri, sug‘urta puli, sug‘urta mukofoti va sug‘urta badallari, sug‘urta shartnomasining haqiqiy emasligi to‘g‘risida me’yorlar qayd etilgan.



  1. Download 100,2 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish