Sug‘urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko‘lami va barcha jahon mamlakatlari miqyosida qo‘llaniladi. Jahon sug‘urta bozori o‘z tarkibiga rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug‘urta kompaniyalaridan tashkil topgan bo‘lib, jahon miqyosida markaziy jahon sug‘urta tashkiloti huquqiy jihatdan bir butun assotsiatsiya sifatida shakllanmagan bo‘lsa ham, lekin Yevropa miqyosida bunday yuridik assotsiatsiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar qabul qilingan.
Adjaster quyidagi huquqlarga ega:2 Adjaster xizmatlari ko‘rsatiladigan sug‘urtalovchini, sug‘urta qildiruvchini va boshqa buyurtmachilarni erkin tanlash;
Sug‘urta voqeasini (sug‘urta hodisasini) o‘rganish uchun sug‘urtalovchidan, sug‘urta qildiruvchidan va boshqa buyurtmachilardan zarur axborotni so‘rash hamda olish;
Sug‘urta hodisasi yuz berganidan keyin sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
O‘zi sug‘urta obyektini sirtdan (zarur bo‘lganda — texnika vositalarini qo‘llagan holda) ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish;
Sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta to‘lovi) miqdorini aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborotni va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlardan, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlaridan hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish.
Sug‘urta bozorining subyektlari professional va professional bo‘lmagan qatnashchilarga bo‘linadi.
Adjaster yoki adjaster tashkiloti - bu sug‘urtalovchining topshirig‘i bo‘yicha quyidagi xizmatlarni ko‘rsatadigan tegishli ravishda jismoniy yoki yuridik shaxs:
sug‘urta hodisasi yuz bergandan keyin sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
sug‘urta obyekti shikastlanishi sabablarini va sug‘urta hodisasi mavjudligini aniqlash;
sug‘urta hodisasi mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urta hodisasi oqibatida paydo bo‘lgan shikastlanish darajasi va zarar miqdorini aniqlash;
sug‘urtalovchining majburiyatlaridan kelib chiqib to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta tovoni summasini aniqlash;
sug‘urtalovchi uchun sug‘urta hodisasi bo‘yicha ekspert xulosasi tuzish.
Adjaster (adjaster tashkiloti) o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi) bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Adjaster (adjaster tashkiloti) quyidagi huquqlarga ega:
o‘zi adjaster xizmatlari ko‘rsatadigan sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi)ni erkin tanlash;
sug‘urta voqeasi (sug‘urta hodisasi)ni o‘rganish uchun sug‘urtalovchi (sug‘urtalanuvchi)dan zarur axborotni so‘rash va olish;
sug‘urta hodisasi yuz bergandan so‘ng sug‘urta obyektini ko‘zdan kechirish va tekshirish;
o‘zi obyektni sirtdan ko‘zdan kechirganligi to‘g‘risidagi dalolatnomani rasmiylashtirish (zaruriyat bo‘lganda texnik vositalarni qo‘llagan holda);
faoliyati sug‘urta obyektlariga daxldor bo‘lgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa huquqlar. Adjaster (adjaster tashkiloti) quyidagilarga majbur:
tegishli bilimlarga ega bo‘lish yoki o‘z shtatida tegishli professional bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan mutaxassislarga ega bo‘lish;
maxsus o‘rganishni talab etadigan ma’lumotlarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tahlil qilish uchun mumkin bo‘lgan chora-tadbirlarni ko‘rish;
qonun hujjatlarida va shartnomada belgilangan boshqa majburiyatlarni bajarish.
Adjaster xizmati ko‘rsatilishi natijalari ekspert hisobot shaklida rasmiylashtiriladi, undan sug‘urtalovchi tomonidan zararlarni to‘lashda va sud nizolarini hal etishda foydalanilishi mumkin. Adjaster (adjaster tashkiloti)ning ekspert hisobotidagi xulosalar mustaqil sug‘urta ekspertizasi davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
Aktuariy yoki aktuar tashkilot - bu tegishli ravishda quyidagilarni o‘z ichiga oladigan aktuar xizmatlar ko‘rsatuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs:
sug‘urta hodisasi yuz berishining matematik jihatdan muqarrarligi hisobini amalga oshirish, ham alohida tavakkalchilik guruhlarida, ham umuman jami sug‘urta bo‘yicha zarar yetkazish oqibatlari og‘irligi chastotalari va darajasini aniqlash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) zarur sug‘urta zaxiralari va fondlarini matematik asoslash va hisoblash, ularni shakllantirish metodlarini ishlab chiqish;
sug‘urtalovchi tomonidan investitsiyalar sifatida yig‘ilgan badallardan foydalanishda kapital qo‘yish normasi va netto-stavka miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, bu tarif stavkalarini investitsiya daromadi summasiga kamaytirishga ko‘maklashadi;
sug‘urtalash jarayonini tashkil etish uchun zarur xarajatlarni asoslash va sug‘urta xizmatlari tannarxini hisoblash;
sug‘urtalashning (qayta sug‘urtalashning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini sug‘urtalovchilar uchun ularni o‘tkazishning uzoq muddatli va qisqa muddatli xarakterini hisobga olgan holda belgilash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) investitsiya faoliyati natijalarini aktuar hisoblashdan foydalangan holda baholash;
sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) daromadlarini sug‘urtalash (qayta sug‘urtalash)ning har xil turlari bo‘yicha rejalashtirish.
Aktuariy (aktuar tashkilot) faqat aktuar faoliyatni amalga oshirishga haqlidir. Aktuariy (aktuar tashkilot) o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq amalga oshiradi.
Aktuariy (aktuar tashkilot) quyidagi huquqlarga ega:
sug‘urtalovchilar bilan aktuar xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha mustaqil ravishda shartnoma tuzish;
ishonchli aktuar xulosa tuzish uchun zarur bo‘lgan barcha axborotlar sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda aktuar tekshirish o‘tkazishni rad etish;
aktuar tekshirish o‘tkazishda qatnashishga boshqa aktuariylar va boshqa mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlar. Aktuariy (aktuar tashkilot) quyidagilarga majbur:
qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;
aktuar tekshirishni amalga oshirishda olingan axborotning mahfiyligiga rioya qilish;
aktuar xulosada aktuar hisoblashlarning kamchiliklarini va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni aks ettirish;
qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlarni bajarish.
Aktuariy, agar u aktuar tashkilot shtatida turgan bo‘lsa yoki uning bilan aktuar tashkilot o‘rtasida fuqarolik - huquqiy tusdagi shartnoma tuzilgan bo‘lsa aktuar tekshirishni o‘tkazishga jalb etilishi mumkin. Aktuariy aktuar tashkilot oldida sifatsiz aktuar tekshiruvni o‘tkazish, tijorat sirini oshkora qilish va aktuar tashkilot uchun zarar yetkazgan boshqa xatti-harakatlar natijasida yetkazilgan zarar yuzasidan javob beradi.