Sikllilik, ya’ni ma’lum mashgʻulotlarning, bosqichlarning, nisbatan toʻla takrorlanib turishi mashgʻulot jarayonining butun strukturasi uchun harakterlidir. Mashgʻulotning katta (jumladan, yillik va yarim yillik) hamda kichik (mikrosikl) sikllari boʻladi.
Mikrosikllar bir necha kun, koʻpincha bir hafta davom etadi. Ularning strukturasiga ta’sir etadigan juda koʻp shart-sharoitlardan eng muhimlarini koʻrsatib oʻtamiz. Bulardan birinchisi yuklamalar dinamikasining kichik «toʻlqin» larini. hosil qiladigan omillarning oʻzidir.
Ikkinchidan, oʻzaro optimal aloqada boʻlgan turli yoʻna-lishdagi mashqlarni takror tadbiq etish zaruriyatidir. Mashgʻulotda nimagadir ortiqroq qaratilgan turli mashqlar bir qancha mashqlardan foydalaniladi, bunda ularning mashgʻulotlarda qanday toʻplangani va bir-biri bilan qanday tartibda almashinib turishiga ham aslo befarq qarab boʻlmaydi. Masalan, tezkorlik mashqlarini koʻp hollarda chidamlilik mashqlari bilan bir mashgʻulotda bajarish toʻgʻri boʻlmaydi. Ular turli mashgʻulotlarda toʻplangan boʻlsa, tezkorlikni rivojlantirishga moʻljallangan mashqlar bajariladigan mashgʻulotlar asosan chidamlilikka ahamiyat beriladigan
mashgʻulotlardan oldin boʻlsa, eng yaxshi samara beradi. Boshqa mashgʻulotlarga nisbatan ham shu kabi ma’lum navbat tartibi saqlanishi kerak. Bular bari mikrosikllar strukturasida oʻz ifodasini topadi.
Uchinchidan, mehnat va oʻquv faoliyatining umumiy rejimi gʻoyat muhim ta’sir koʻrsatadi. Shuning uchun mashgʻulot mikrosikllarining koʻpincha bir haftalik boʻlishi ham tasodifiy emas. Bu mashgʻulot jarayonini optimal tashkil etish talablariga hamisha ham javob bermasada, mehnat va oʻquv haftasining ritmiga osonroq mos tushadi.
Nihoyat, mashgʻulotning struktura va mazmuni umuman muntazam suratda oʻzgarib turgani uchun, mikrosikllar mashgʻulot jarayonining bosqich va davrlari xususiyatlariga qarab qayta tuzilib turadi. Mikrosikllar, aslini olganda, mashgʻulot strukturasining eng variativ elementidir. Murabbiy bilan sportchi mikrosikllarning mazmuni va strukturasiga zarur oʻzgarishlar kiritish bilan (ya’ni mashqlar kompleksini, mashgʻulotlarni hamda dam olish kunlari miqdorini, ularni almashtirib turish tartibini, yuklamalar kattaligini, ular hajmi hamda inten- sivligining dinamikasini va xokazolarni oʻzgartirish bilan) mashq koʻrganlikni taraqqiy ettirishga halaqit berishi mumkin boʻlgan xilma-xil tashqi ta’sirlarga barham beradi va shu yoʻl bilan mashgʻulot jarayonining umumiy tendensiyasini ta’min etadi.
Sport mashgʻulotining katta sikllari mazkur bobning ke-yingi boʻlimida qarab chiqiladi. Bu erda esa, faqat ularning sport formasini rivojlantirishning sikllari bilan bogʻliq ekanligini hamda mazkur jarayonning turli bosqichlarida sport formasi taraqqiyotini boshqarish xususiyatlarini ifoda etuvchi davrlardan tashkil topishini aytib oʻtamiz. Navbatdagi har bir sikl oʻzidan oldingisini shunchaki takrorlab qolmay, balki yangi asosga, shu jumladan, mashgʻulot vosita va metodlarini qisman yangilash asosiga qoʻriladi hamda odatda mashgʻulot yuklama-larining yuksakroq darajasida oʻtadi (yuklamani koʻpaytirish yosh xususiyatiga qarab mashgʻulotlar yuklamasining umumiy hajmi stabillashib, keyinchalik esa pasaya borishi hollariga taalluqli emas.
Sikllilik sport mashgʻulotining asosiy qonuniyatlaridan biri sifatida tizimlilik va ilgarilab borish tamoyilaridan foydalanishga bevosita aloqadordir. Bu qonuniyat mashgʻulotlarning ketma-ketligini belgilashda ham, yuklama va dam olish tizimini tuzishda ham va mashgʻulot jarayonlari tuzilishiga aloqador boshqa barcha muammolarni hal etishda ham muntazam ravishda hisobga olib borilishi kerak.
Shunday qilib, sport mashgʻuloti murabbiy va sportchi faoliyatining natijalari belgilaydigan oʻziga xos spetsifik qonuniyatlarga ega ekan. Faqat ana shu qonuniyatlarni bilib olgandagina hamda ulardan ta’lim va tarbiyaning umumiy tamoyillari bilan birgalikda mahorat bilan foydalanilgandagina sport taraqqiyotining choʻqqilari sari ishonch bilan borish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |