Aslida yuklamalarni asta-sekin oshira borish toʻgʻri chiziqli, bosqichli yoki toʻlqinsimon boʻlishi mumkin. Sport mashgʻuloti uchun koʻproq toʻlqinsimon dinamika harakterli hisoblanadi. Bunga sabab avvalo sportchi organizmining funksional va adaptatsion imkoniyatlariga qoʻyiladigan talablarning nihoyat darajada yuksakligidir.
Sport mashgʻulotining mazkur xususiyatiga faqat keyingi oʻn yilliklardagina jiddiy e’tibor beriladigan boʻldi (V.M.Dyachkov, L.P.Matveyev, L.Prokop, V.D. Shaposhnikov va boshqalar). Shunga qaramay, hozirning oʻzida yuklamalarning mashgʻulot jarayoni turli boʻlaklaridagi umumiy tendensiyasiga xos taxminiy sxemani tasavvur etish mumkin. Mazkur sxemaga muvofiq quyidagicha masshtablardagi «toʻlqinlar» ajralib turadi:
turli hollarda ikki kundan etti kungacha va undan koʻproq vaqtni oʻz ichiga oladigan mikrosikllardagi yuklamalar dinamikasini ifodalovchi kichik «toʻlqin»lar:
mashgʻulot bosqichlari doirasida bir nechta kichik «toʻlqin»lar (masalan, 3-6) yuklamasining umumiy tendensiyasini ifoda etuvi oʻrtacha «toʻlqin»lar.
v) mashgʻulot davrlaridagi oʻrta «toʻlqin»larning umumiy tendeniyasini harakterlovchi katta «toʻlqin»lar.
Sport mashgʻulotini tashkil etish san’ati koʻp jihatdan ana shu
«toʻlqin»larning barchasini bir-biriga mutanosib qila bilishga bogʻliq, ya’ni mikrosikllardagi yuklamalar dinamikasi bilan u yoki bu bosqichlar va davrlar uchun harakterli boʻlgan mashgʻulot jarayonining eng umumiy tendensiyalari oʻrtasidagi zarur muvofiqlikni ta’minlashdan iborat.
Toʻlqinsimon tebranishlar yuklamalarning hajmi dinamika-siga ham, intensivligi dinamikasiga ham xos, lekin hajm dinami-kasi tebranishlari bilan intensivlik tebranishlari parametrla-rining maksimal qiymati odatda bir-biriga mos kelmaydi. Oʻrtacha va ayniqsa, katta «toʻlqin»larda dastlab hajm koʻrsatkichlari (bir hafta va bir oy ichidagi mashgʻulot ishlarining umumiy miqdori) apogeyga etadi, keyin hajm stabillashadi va kamaya boradi, ana shu fondda esa, intensivlikning har xil koʻrsatkichlari (mashgʻulotlarning harakterli zichligi, harakatlarning tezkorlik va kuch-quvvat harakteristikasi va boshqalar) eng yuqori qiymatga etadi.
Kichik «toʻlqin»larda odatda buning aksini koʻramiz: dastlab tezkorlik - kuch harakteridagi (ya’ni intensivrok) mashgʻulotlar, keyinroq esa hajmi koʻproq mashgʻulotlar oʻtkaziladi. Bu umumiy tendensiyalar mashgʻulot jarayonidagi u yoki bu mashqlarning oʻrni va roliga qarab turlicha namoyon boʻladi.
Sport mashgʻulotidagi yuklamaning toʻlqinsimon oʻzgarishining sabablari ilgari jismoniy tarbiyaning umumiy prinsip-larining bayon etilishi munosabati bilan qisman tushuntirib oʻtilgan edi. Bunda kichik «toʻlqin» lar avvalo charchash va kuch-quvvatni tiklash jarayonlarining oʻzaro aloqasi natijasida paydo boʻlishini hisobga olish kerak. Bu jarayonlar sportchi organizmida mashgʻulot ta’siri ostida hosil boʻladi va mikrosikllarda yuklama hamda dam olishni almashtirib turish, shuningdek, yuklama miqdori va harakterini oʻzgartira borish zaruratini koʻrsatadi. Shu bilan bir qatorda hayot va faoliyatning umumiy rejimi, fiziologik jarayonlarning tabiiy ritmi tufayli organizm funksional holati vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turishi ham muhim rol oʻynaydi.
Katta va kichik «toʻlqin» lar avvalo kechikib sodir boʻladigan transformatsiya qonuniyatlari tufayli paydo boʻladi. Organizmdagi turli organlar va sistemalarning moslashuv oʻzgarishlari mashgʻulot yuklamalari dinamikasidan orqada qolib ketayotgandek yuz beradi. Shuning uchun organizm funksional imkoniyatlarini mutanosib orttirish maqsidada yuklamalarni sistematik oʻzgartirib turish zarur boʻlib qoladi. Kechikib sodir boʻladigan transformatsiyani, jumladan, yuklamaning oylik hajmlari dinamikasi bilan sport natijalari dinamikasini solishtirib, rasmda keltirilgandek tashqi koʻrinishda kuzatish mumkin. Natijalarning eng koʻp yuksala borishi yuklama hajmining eng koʻpaygan davriga mos kelmaydi - qilingan ish hajmi sport natijalarini yuksaltirishga oʻtishga qadar anchagina vaqt oʻtishi talab etiladi. Shu misolning oʻzida yuklamalar intensivligining dinamikasi sport natijalari dinamikasi bilan koʻproq bevosita aloqador ekani ham koʻrinib turibdi: natijaning oʻzgarishi deyarli shu zahoti intensivlikning xuddi shu yoʻnalishda oʻzgarishini aks ettiradi. Biroq bundan yuklama hajmi kamroq rol oʻynaydi, degan xulosa chiqmasligi kerak. Sport natijasi pirovardida hajmga ham, intensivlikka ham birdek, lekin turlicha nisbatda bogʻliqdir. Yuklamalar hajmining oʻsib borishi keyingi yutuqlar uchun poydevor yaratishda koʻproq rol oʻynaydi, intensivlikning oʻsib
borishi esa, oʻzlashtirilgan hajm-lar bazasida spot yutuqlarini amalga oshirish ishida etakchi rol oʻynaydi.
Mashgʻulot yuklamalarining toʻlqinsimon oʻzgarishi ular hajmi bilan intensivligi oʻrtasidagi qarama-qarshilikni eng yaxshi hal etish imkonini beradi. Bunday dinamika hajmi «toʻlqini» apogeyi bilan intensivlik «toʻlqini» apogeyini vaqt jihatidan bir-biridan ajratib, yuklama barcha predmetlarining qiymati eng katta boʻlishiga erishish imkonini beradi. Shu bilan birga bunday dinamika mashgʻulot talablarini haddan tashqari jamlab yuborishga monelik qiladi, chunki yuklamani nisbatan kamaytirib turishni sistematik oʻz ichiga oladi va shu bilan ish qobiliyatini toʻliq tiklab olish uchun hamda mashq koʻrganlik toʻxtovsiz oʻsa borishi uchun zarur shart-sharoitni ta’min etadi.
Amalda yuklamalar dinamikasidan u yoki bu «toʻlqin» larning «tushibqolish» xodisasini kuzatish mumkin. Buni barcha hollarda mashgʻulot qonuniyatlaridan chekinish, deb boʻlmaydi. Mashgʻulot jarayonining ba’zi bir boʻlaklarida kichik va oʻrta «toʻlqin»larni yuklamalar dinamikasining boshqa shakllari «bosqichli»,
«toʻgʻri chiziqli» bilan almashtirilishi ham mumkin. Biroq bunga faqat ay-rim hol sifatida yoʻl qoʻyiladi. Umumiy tendensiyada esa, yuklamalar dinamikasi, albatta, toʻlqinsimon yoki shunga oʻxshash shaklga kiradi, «toʻlqin» larning turli elementlari orasidagi nisbat esa, mashgʻulotning bosqich va davrlariga qarab oʻzgarib turadi.
Mashgʻulot yuklamalari dinamikasining toʻlqinsimon harakteri sport trener mashgʻulotining yuqorida koʻrib chiqilgan boshqa qonuniyatlari bilan, ularning oliy koʻrsatkichlarga yoʻnaltirilganligi, mashgʻulot talablarining asta-sekin va ayni vaqtda maksimal orta borishi, yuklamalar uzluksizligi va dam olish bilan ratsional suratda almashinib turishi bilan bevosita aloqadordir. Mana shu qonuniyatlarning barchasi sport mashgʻulotini tashkil etishning eng muhim asosi sifatida, ayniqsa, sistematiklik hamda rivojlana borish tamoyillari munosabati bilan doimo xisobga olib turilishi turilishi kerak.