Inson taraqqiyotini boshqarish jarayonida funksional yuklamalarni doimiy suratda yuksaltirib borish zaruriyati tugʻilishi yuqorida koʻrsatib oʻtildi. Bu sport mashgʻuloti uchun nihoyatda toʻgʻridir, chunki sport yutuqlarining darajasi (boshqa sharoitlar teng boʻlganda) mashgʻulot talablari darajasiga mutanosibdir. Sport mashgʻulotlari jarayonida jismoniy yuklamalar ham, texnik, taktik va iroda tayyorgarligi sohasidagi talablar ham ortib boradi. Sportchining tobora mukammalroq va murakkabroq malaka va koʻnikmalarni egallab borishga, jismoniy va ma’naviy kuch-quvvatini tobora koʻproq namoyon qilishga safarbar etadigan vazifalarni izchillik bilan bajarishi ana shundan dalolat beradi.
Sport mashgʻulotlarida, jismoniy tarbiyaning boshqa turlaridan farqli oʻlaroq, yuklamalar asta-sekingina emas, balki maksimal suratda ham oʻsib boradi.
«Maksimum» soʻzini bu erda sport bilan koʻp yillar davomida shugʻullanilganda yuklamaning perspektiv koʻpaya borishi ma’nosida ham, sport taraqqiyotining har bir yangi bosqichida eng koʻp yuklamalardan sistemali ravishda foydalanib borish ma’nosida ham tushunmoq kerak. Sport mashgʻulotlarining mazkur xususiyati uning ilmiy prinsipi sifatida birinchi marta A.N. Krestovnikov tomonidan ta’riflangan. Mashgʻulot yuklamalarining ta’siri ostida organizmda sodir boʻladigan oʻzgarishlarning miqdori ish qobiliyati «oʻta tiklanishi»ga bogʻliq ekanining topilishi bu prinsipni tasdiqlagan eng muhim faqat boʻldi (G.F.Folbort, M.YA.Gorkin, D.Matveyevlar hamkorliklari bilan, N.N.Yakovlev, L.I.Yampolskaya va boshqalar).
«Maksimalyuklama» deganda koʻpincha «haddantashqarikoʻp», batamom charchatib tashlaydigan yuklama tushuniladi. Uni organizmning funksional qobiliyatlari chegarasidagi, hech qachon uning moslashuv imkoniyatlaridan tashqari chiqmaydigan yuklama deyish toʻgʻriroq boʻladi. Agar sportchi mashq qila turib oʻzining moslashuv imkoniyatlari me’yoridan chiqib,
«haddan tashqari charchab qolsa» va buning natijasida oʻta mashq bilan chiniqqanlik holatiga tushib qolsa, unda mazkur yuklama maksimal emas, balki haddan tashqari yuklama boʻladi. Maksimal yuklama esa organizmga uning fiziologik normalariga toʻla mos tushadigan talablar qoʻyib, mashq bilan chiniqqanlik eng yuqori darajaga koʻtaruvchi omil hisob-lanadi.
Maksimal yuklamaning aniq miqdor oʻlchami, tabiiyki, sportchining oldindan qay darajada mashq bilan chiniqqanligiga, uning individual xususiyatlariga hamda sport turining xususiyatlariga bogʻliq. Masalan, yugurishga endi oʻrganayotgan stayer uchun bir mashgʻulotda 10-15 kilometr atrofida yugurish maksimal hisoblansa, yuksak malakali stayerlar bir mashgʻulotda 60 kilometr va undan ortiq masofani bemalol bosib oʻtadilar, kichik razryadli shtangachilarning mashgʻulotlari vaqtida maksimal yuklama kamdan-kam 10 tonnaga boradi, eng kuchli ogʻir atletikachilar esa bu miqdorni 20-30 tonnaga va undan ortiq darajaga (ogʻirlik kategor-iyasiga qarab) etkazadilar. Bunda shtanganing oʻrtacha ogʻirligi 130-180 kilogramm va undan ortiq boʻladi. Hozirgi zamon sport amaliyoti mashgʻulot
yuklamalarining ratsional miqdori haqi-dagi ilgarigi tasavvurlarni ancha oʻzgartirib yubordi. Insonning imkoniyatlari va ularning taraqqiy etish darajasi eng dadil taxminlardan ham yuksakroq boʻlib chiqdi. Shu munosabat bilan oshirilgan mashgʻulot yuklamalari amalda tobora kengroq va dadil qoʻllanilmoqda. Yuklamalar miqdori ayrim mashgʻulotlarda ham, haftalik, oylik va yillik jami mashgʻulotar ma’nosida ham ortib bormoqda. Yaqindagina faqat yetakchi sportchilar ishlatib kelgan yillik yuklama hajmi endilikda oʻrta malakali sportchilar uchun me’yor boʻlib qolmokda.
Yuklamani oshirishda asta-sekinlik va maksimal yuklamani qoʻllash, garchi ular oʻrtasida qarama-qarshiliklar boʻlishi mumkin boʻlsada, bir-birini inkor etmaydi. Maksimal yuklamalardan foydalanish dastlabki tayyorgarlik jarayonida ularning asta-sekin yuksala borishining natijasi boʻlmogʻi kerak. Aks holda maksimal yuklamalar salomatlikni mustahkamlash va sport yutuqlarini oʻstirish ishiga qarama-qarshi boʻlib chiqadi. Yuklamaning chegarasi har doim organizmning mazkur taraqqiyot bosqichidagi imkoniyatlariga muvofiq ravishda belgilanishi kerak. Mashgʻulot natijasida funksional va moslashuv imkoniyatlarining osha borishiga qarab yuklamaning maksimumi asta-sekin ortib boradi: oldingi bosqichda maksimal boʻlgan koʻrsatkich undan keyingi bosqichda oddiy yuklama boʻlib qoladi.
Mashgʻulot yuklamalarining ortib borishi jarayonida, yuqorida aytib oʻtilganidek, ularning hajmi va intensivligi oʻzgaradi. Lekin ularning oʻsa borishi barcha boskiqlarda birdek parallel ravishda boʻlmaydi. Ma’lum bosqichlarda hajm koʻproq yuksalsa, boshqalarida intensivlik ortadi. Bu nisbatan uncha katta boʻlmagan mashgʻulot jarayonlari uchun ham, koʻp yillik sport faoliyat uchun ham harakterlidir.
Biroq sportchi butun umri davomida yuklamani cheksiz ort-tirib bora olmaydi. Sportchining asosiy faoliyati - yaratuvchi mehnat. Ana shu mehnat bilan sport mashgʻuloti muvofiqlashmogʻi kerak. Yosh oʻtishi bilan organizm funksional imkoniyatlarining tabiiy suratda pasayib borishini ham hisobga olmoq kerak. Bularning hammasi mashgʻulot yuklamalarini ma’lum qolipga solib qoʻyadi. Lekin amalda ana shu qolip doirasidagi barcha imkoniyat-larni toʻla ishlatib boʻlgan bironta ham sportchi topilmasa kerak. Aslida eng avval yuklamalarning umumiy hajmi chegarasiga etishi kerak, chunki u eng koʻp vaqt sarflash bilan bogʻliq. Intensivlik esa (juda boʻlmaganda ayrim koʻrsatkichlari boʻyicha) yosh ulgʻayishi natijasida cheklovchi faktorlar paydo boʻlguncha oʻsib boraveradi. Bunday faktorlar paydo boʻlgandan keyin yuklamalarni faqat mashgʻulot bosqichlari chegarasidagina orttira borish mumkin.
Sport mashgʻulotining koʻzdan kechirib chiqilgan qonuniyatlari bemalollik va individuallashtirish prinsiplariga alohida ahamiyat berish kerakligini taqozo etadi. Organizm funksional imkoniyatlariga nihoyat darajada yuksak talablar qoʻyilishi munosabati bilan yosh taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida, shuningdek, salomatligi bir muncha zaif boʻlgan shaxslar uchun yohud etarli darajada tayyorgarlik koʻrmagan kishilar uchun sport mashgʻuloti jismoniy tarbiyaning yaroqli formasi hisoblanmaydi. Binobarin, bemalollik muammosi sportga tadbiq etilganda, jismoniy tarbiyaning boshqa vositalaridan foydalanilgandagiga qaraganda
koʻproq qat’iy cheklashlar shart ekanini hisobga olgan holda hal qilinishi zarur. Shuningdek, sport mashgʻulotlariga kirishishdan avval dastlabki umumiy jismoniy tayyorgarlik va chuqur vrach-pedagog nazoratidan oʻtish asosiy shart ekanligi oʻz- oʻzidan koʻrinib turibdi.
Tibbiy-pedagog nazoratining ahamiyati sport yutuqlarining oʻsishi bilan birga yuksala boradi. Sportchi oʻz imkoniyatlarining absolyut maksimumiga qanchalik yaqinlashsa, mashgʻulot effektiga chuqur baho berishning va shu asosda bundan keyingi taraqqiyot vosita va metodlarini tanlashda qat’iy individuallashtirishning roli shunchalik katta boʻladi. Murabbiy, olim, vrach, va sportchining doimiy hamkorligi hozirgi kunda ilgʻor sport amaliyotining tipik hodisasiga aylanib qolayotgani bejiz emas.
Asta-sekinyuklamanioshirishuchun:
yillik ish hajmini 10-200 dan 1300-1500 soatga koʻpaytirish kerak:
mikrosikllar ichida mashgʻulotlar 2-9 tadan 15-20 va undan koʻpga koʻpaytirish:
mashgʻulotlarni bir kun ichida 1 dan 3-4 martaga koʻpaytirish:
katta yuklamali mashgʻulotlarni hafta mikrosikli ichida 5-7 taga oshirish:
tanlangan yoʻnalishda mashgʻulotlar sonini koʻpaytirish sportchi organizmini funksional imkoniyatlarini jalb qiladi:
«qattiq» rejimda umumiy hajmni oshishi maxsus chidamlilikni oshishiga yordam beradi.
Maksimal yuklamadan foydalanish faqat sistemalilik prinsipiga qat’iy amal qilingan sharoitdagina mumkin, faqat mashgʻulotlar davomiyligining chuqur oʻylangan tizimnigina, mashgʻulot jarayonining uzluksizligi hamda yuklama bilan dam olishning ratsional suratda almashlab turilishigina bunday yuklamalarning ijobiy samara berishini ta’minlashi mumkin.