2. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni rejalashtirish usullari



Download 144,4 Kb.
bet4/15
Sana23.01.2022
Hajmi144,4 Kb.
#402846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KURS ishi TIM

1. Ezgu niyat, fikr;

2. Ezgu so‘z, xushmuomila;

3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Shu uchta sifat o‘qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maq­sadi hisoblanadi. Bu bosh maqsad insonlarda, ayniqsa, yosh- larda komillik sifatlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy bilim, malaka, ko‘nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxas- sislarda har bir sohaga mos ilm, bilim hosil qilishdan iborat bo‘lgan zamonaviy pedagogika fani asoslarining kengayganligini ko‘rsatadi. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ta’lim-tarbiyaning zamonaviy usullari va ularning mazmuni, vositalari bilan qurol- lantiruvchi fan bo‘lganligi uchun, uning metodologik asoslari, maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi qonuniyatlaridan kelib chiqadi. Ta’lim soha- sida o‘qitishning vazifasi yoshlarning eng asosiy konstitutsiyaviy huquqlaridan biri bo‘lgan har bir kishining aqliy-axloqiy imko- niyatlarini ro‘yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o‘zi xohlagan

kasbini tanlash, o‘zi xohlagan shu sohada faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy-didaktik shart-sharoit yara- tishdan iboratdir. Tarbiya ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyos. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini asta-sekin ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyati tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta- sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, iroda talab etiladi. Buning uchun bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini ko‘rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So‘ng asta-sekin qilayotgan ishlarining mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to‘g‘ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega. Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday usuldan foydalanishiga bog‘liq. Usul yunoncha atama bo‘lib, aynan qandaydir yo‘l or- qali maqsadga erishishni bildiradi. Usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi usullarga bo‘linadi:

1) so‘z orqali ifodalash usuli;

2) ko‘rgazmalilik usuli;

3) amaliy namuna usuli;

4) rag‘batlantirish va jazo usuli.

Yuqoridagi usullar, o‘z navbatida, quyidagi guruhchalarga bo‘linadi:

a) so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshi- tish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va hokazolar;

b) kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqalarni ko‘rish orqali tarbiyalash;

d) tarbiya ma’lumotlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalarning amaliy mehnatini mi- sol qilib ko‘rsatish;

e) o‘quvchilarning yaxshi bajargan ishlarini o‘rtoqlari oldida yoki ota-onalar majlisida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy yordam, maqtov yorliqlari topshirish, suratlarini hur- mat taxtasiga osish va boshqa og‘zaki „rahmat“, „barakalla“ kabi rag‘batlantirish usullarini kiritish mumkin.


Download 144,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish